Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buxoro viloyatining Shofirkor tumani hokimi Shukrulla Hakimov tuman respublikadagi 33 ta “qoniqarsiz” hududlardan biri sifatida e’tirof etilgani uchun, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni tan olib xalqdan, Prezidentdan uzr so‘rayotgan paytda mudragan mas’ullardan biri tumanning sobiq hokimi bo‘lgani ochiqlandi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zavqiddin Zokirov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

2020-yilning 3-oktabr kuni “Daryo”da Shofirkon tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tgani, sessiyada yosh hokim jon kuydirib, gapirayotgan paytda ayrim mas’ullarning uyquni afzal bilgani yoritilgandi.

Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zavqiddin Zokirovga ko‘ra, mas’ullarning mudroq holatdagi surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng tuman hokimi ular bilan yig‘ilish o‘tkazgan.

“Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uyg‘un G‘afforovdan (sobiq hokim) tushuntirish xati olindi. U o‘z tushuntirish xatida tumanning navbatidagi sessiyasidan bir kun oldin zimmasidagi vazifasi, ya’ni paxta yig‘im-terimi mavsumini tashkil etishdagi ish ko‘lami nihoyatda ko‘payganini aytib, o‘sha kuni umuman uxlamaganini bildirgan. Charchoq va uyqusizlik esa sessiyada mudrashiga sabab bo‘lgan”, — deydi Zavqiddin Zokirov.

Sessiyada mudragan mas’ullardan yana biri tuman investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Rajabov uxlamaganini, bosh egib yozayotganini bildirgan bo‘lsa, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi Yashin Olimov esa uxlamaganini, ko‘zi yumuq holda o‘tirganini aytgan.

Surishtiruvlarga ko‘ra, sessiyada kresloga suyanganicha bemalol mudroqqa ketgan mas’ul Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat Kengashi ma’suli Umid Sultonov ekanligi aniq bo‘lgan.

“Daryo” muxbiri ushbu holat bo‘yicha kengash raisi Asqar Nozimovdan munosabat so‘raganda, u xalq muammolari yechim talab qilayotgan paytda o‘z ishiga va vazifasiga loqayd qaragan mas’ul xodim Umid Sultonovga nisbatan intizomiy chora qo‘llanishini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi