Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov tuman respublikadagi 33 ta “qoniqarsiz” hudud safidan joy olgani uchun Prezident hamda tuman aholisidan uzr so‘radi va mazkur ishda aybdor bo‘lgan uch-to‘rtta tashkilot rahbarini ishdan olishini ma’lum qildi. Bu haqda sessiyada qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Sessiyada ta’kidlanishicha, 2019-yil yakunlari bo‘yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholash reytingida Nishon tumani 13 ta ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa hududlardan past natija ko‘rsatib, “qizil” hududga tushib qolgan. Baholashning asosiy 21 ta ustuvor yo‘nalishidan 8 tasi bo‘yicha past ko‘rsatkich qayd etilgan.

Ma’lumot berilishicha, tumanning 2019-yildagi eksport rejasi 1 million 454 ming dollar bo‘lib, reja 1 million 486,8 ming dollar yoki 102 foizga bajarilgan. Belgilangan eksport ko‘rsatkichi bajarilgan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan eksport miqdori 10 dollarni tashkil etgan. Bu viloyatda 14-o‘rin degani.

Tumanda iqtisodiy faol aholining umumiy soni 61 ming kishi bo‘lsa, vaqtincha ishlash uchun xorijga ketganlar soni 12 ming kishini tashkil qilgan. Vaqtincha ishlash uchun xorijga ketgan iqtisodiy faol aholining umumiy sonidagi ulushi 20,2 foizni tashkil etgan va viloyat bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni ko‘rsatgan.

“Biz belgilangan ishlarni vijdonan bajarganmiz, ammo raqamlar statistikada qanday aks etayotgani bilan qiziqmaganmiz. Bu bizning aybimiz, albatta. Ammo bu bilan tuman ‘qizil’ hududga kirishiga statistika aybdor deyish fikridan yiroqman”, — deydi tuman hokimi.

Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov tumanni 2020-yil yakuniga qadar reytingda “o‘rta”ga, 2021-yil esa “yaxshi”lar safiga qo‘shishga va’da berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hokim jurnalist va blogerlar bilan suhbatda tumanning “qizil”ga tushib qolishida hissasi bor rahbarlarni mehnat ta’tilidan qaytgach, ishdan olishini aytdi.

“Aybimizni tan olib uzr so‘rayapmiz. Ammo javobgarlik masalasini ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Tuman hokimi sifatida sektor rahbarlari bilan birga xalqdan uzr so‘radik. Ammo bu degani mazkur ishda aybdor bo‘lganlar jazosiz qoladi deganimas. ‘Orgotdel’ga topshiriq berdim, uch-to‘rtta tashkilot rahbarini ishdan oladi. Ular mas’uliyatsizligi uchun javob berishi kerak. Qolganlar esa bundan xulosa chiqarsin”, — dedi hokim.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Buxoroning Jondor va Shofirkon, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Mingbuloq, Andijon viloyatining Baliqchi, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani hokimlari hudud “qizil”ga tushib qolgani uchun xalqdan, davlat rahbaridan uzr so‘ragandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi