• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mehnat vazirligi Samarqand viloyati hokimining ayollarni oqsochlikka o‘qitish haqidagi fikriga munosabat bildirdi

    8-oktabr kuni Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oqsoch ayollarga talab ortib borayotgani sabab ayollarni bu kasbga tayyorlash tizimini shakllantirish taklifini bergan edi. Turdimovning bu gaplari jamoatchilik orasida keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Samarqand viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga munosabat bildirib, Turdimov ushbu fikri bilan aslida nima demoqchi bo‘lganini tushuntirdi. Blogerlar va ijtimoiy faol fuqarolar Samarqand viloyat hokimi jo‘yali taklif bergani, uni noto‘g‘ri talqin qilmaslik kerakligi haqida postlar qoldirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan oqsoch ayollar mavzusiga munosabat bildirdi. Vazirlik axborot xizmati e’lon qilgan postda Turdimovning gaplari eslatib o‘tilmagan, ammo postning mazmuni oqsochlar, umuman, mehnat muhojirlarini kasbga tayyorlash va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

    “Oxirgi kunlarda oqsoch ayollar bilan bog‘liq masalalar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni xorijga ishga jalb qilishdan oldin chet tillari va turli zaruriy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha mexanizm yaratilgan.

    11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorlari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-avgust kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar bu boradagi ishlar qamrovini yanada kengaytirdi.

    Xususan, respublikada 30 ta kasbga o‘rgatish markazlari, 14 ta monomarkaz, mahallalarda 136 ta kasbga o‘rgatish o‘quv markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur markazlarda fuqarolar mamlakatimiz va xorij mehnat bozorida eng zarur bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘qitiladi.

    Bundan tashqari, Rossiyaning yirik shaharlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasblarga bepul o‘qitish boshlandi.

    Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida yosh bolalar uchun enaga va tarbiyachi yordamchisi mutaxassislari tayyorlanmoqda. Kurs davomida tinglovchilar bog‘cha yoshidagi bolalar psixologiyasi, ularni parvarishlash va individual yondashish usullarini o‘rganadi. Kurs yakunida ularga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Viloyatlarda tashkil etiladigan monomarkazlarda ham xuddi shu kabi mutaxassisliklar bo‘yicha xotin-qizlar o‘qitiladi.

    Bugungi kunda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan kelishuv shartnomalar mavjud va ushbu hujjatlar doirasida hamkorlik qilib kelinmoqda.

    Shuningdek, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, buning uchun mehnat masalalari bo‘yicha attashe lavozimlari joriy qilingan. Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibirsk, Yekaterinburg shaharlarida va Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari ochilgan, yaqin vaqtlarda Yaponiya, Qozog‘iston, BAA va Turkiyada ham vakolatxonalar ochish rejalashtirilgan.

    Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2020-yilning o‘tgan davrida xorijda yurgan 50 ming nafarga yaqin fuqarolarga turli ko‘rinishda huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan.

    Albatta, sohada yechimini kutayotgan muammolar talaygina, shu bilan birga mavjud muammolarni ijobiy hal qilishga qaratilgan amaliy ishlar ham olib borilmoqda. Xorijga ishlash uchun ketishdan oldin turli kasb va chet tillarini o‘rganish istagidagi fuqarolarimiz tumanlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyatlar filiallariga murojaat qilishlari so‘raladi”, – deyilgan vazirlikning oqsoch ayollar, umuman, mehnat muhojirlariga yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi bayonotida.

    12.10.2020, 15:26   Izoh (0)   30313
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi

    12.10.2020, 14:12

    “Oxirgi umidim Senat raisidan”. Samarqandda adolatsizlikka duch kelgan ayol viloyat mas’ullari bilan uchrasholmayotganini aytmoqda

    12.10.2020, 13:41

    MIB direktori Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi

    12.10.2020, 13:26

    Ayoliga bolasining axlatini yedirgan erkak holat qanday yuz berganini gapirib berdi (video)

    12.10.2020, 13:11

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

    12.10.2020, 12:50

    Samarqand viloyatiga yangi bosh arxitektor tayinlandi

    12.10.2020, 11:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.