• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva qamoqdan chiqqan kuni shifoxonaning boshqa shifokori hibsga olindi

    Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, uy qamog‘iga o‘tkazilgan kuni (6-oktabr) shifoxonaning boshqa infeksionisti — Shixnazar Ro‘zmetov qamoqqa olindi, deya ma’lum qilmoqda “Xabar.uz”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Unga ko‘ra, Shixnazar Ro‘zmetovga Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (shaxsning og‘ir oqibatga sabab bo‘ladigan darajada o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi) va 228-moddasi (hujjatlarni soxtalashtirish) bilan ayb e’lon qilinib, 2020-yilning 6-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi ajrimi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Qayd etilishicha, e’lon qilingan asosiy ayblov (116-moddasi 3-qismi) ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Ayni ayblov sudda tasdiqlangan taqdirda ham eng katta jazo besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish ekani inobatga olinsa, qo‘llangan ehtiyot chora katta savol tug‘diradi.

    Chunki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha besh yildan ortiq jazo tayinlanishi ehtimoli bo‘lgan taqdirdagina shaxsga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llanishi mumkinligi Oliy sud Plenumi qarorida alohida qayd etilgan.

    Avvalroq JIB Chirchiq shahar sudi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori G.Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llanilgan hibsga olish to‘g‘risidagi ehtiyot chorasini uy qamog‘iga o‘zgartirish kiritilganda uning “ayol ekani, olti nafar voyaga yetmagan farzandning onasiligi” e’tiborga olingan edi.

    E’tiborli jihati, Sh.Ro‘zmetov ham deyarli G.Yo‘ldosheva singari maqomda. Xususan, Ro‘zmetov kasalxonada endigina shifokor sifatida ish boshlagan. Bundan tashqari u ikki nafar voyaga yetmagan farzandning (ikkinchi farzandi endigina bir oylik bo‘lgan) otasi, oilaning yagona boquvchisi hisoblanadi.

    Yuqoridagi jihatlar inobatga olinsa, Ro‘zmetovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash qay darajada to‘g‘ri?

    Eslatib o‘tamiz, Guljahon Yo‘ldosheva 6-oktabr kuni uy qamog‘iga o‘tkazildi. Bundan avval Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 2-oktabr kuni Guljahon Yo‘ldoshevaga qo‘llanilgan ehtiyot chorasiga munosabat bildirib, uning ayol kishi ekanligi va kichkina bolasi borligini e’tiborga olib, hozircha qamoqqa olmaslik mumkinligini aytgandi.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Guljahon Yo‘ldosheva bilan 3-oktabr kuni Ombudsman huzuridagi milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida suhbat tashkil etilgani, vazirlik Guljahon Yo‘ldoshevaning qamoqqa olinganidan tashvishdaligini bildirgandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Saida Mirziyoyeva 5-oktabr kuni viloyat bosh infeksionisti bilan bog‘liq ishni kuzatib borayotganini ma’lum qildi hamda prokuraturadan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab chiqdi.

    Bosh prokuratura 6-oktabr kuni Guljahon Yo‘ldoshevaga qo‘llanilgan hibsga olish to‘g‘risidagi ehtiyot chorasini uy qamog‘iga o‘zgartirish masalasi Chirchiq prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Bosh prokuratura mazkur ish bo‘yicha qamoqqa olish ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirilishi kutilayotganini ma’lum qilib bo‘lganidan keyin prokuratura idoralaridan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan boshqa ehtiyot chorasini tanlash masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi.

    09.10.2020, 18:10   Izoh (0)   47801
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors navbatdagi sud ishida tovarlar narxini shakllantirishda maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirdi

    09.10.2020, 16:58

    O‘zbekistonda dam olish kunlari ham sovuq ob-havo saqlanib qoladi

    09.10.2020, 16:12

    Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari yakuniga yetmasdan, yo‘l chiziqlari chizib qo‘yilganiga izoh berildi

    09.10.2020, 15:59

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Qoraqalpog‘istonga borib, o‘z tajribasini Nukus hokimi bilan bo‘lishdi

    09.10.2020, 15:12

    Jahongir Hotamov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi

    09.10.2020, 14:26

    Sarvar Boboxo‘jayev TATU rektori etib tayinlandi

    09.10.2020, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.