Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Boboxo‘jayev Sarvar Najimovich TATU rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TATU axborot xizmati

Foto: TATU axborot xizmati

Sarvar Boboxo‘jayev 1978-yilda tug‘ilgan. U Toshkent davlat texnika universiteti (1998) va Yaponiya xalqaro universitetini (2002) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997-yili Bakri Uzbekistan Telecom xorijiy korxonasida tarjimon sifatida boshlagan. 1998–2016-yillarda O‘zbekinvest kompaniyasi tizimi, Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish institutida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Boboxo‘jayev 2016–2018-yillarda Toshkentdagi Inha universitetiga rektorlik qilgan, 2017-yil martidan to hozirgi kunga qadar O‘zbekiston—Janubiy Koreya do‘stlik jamiyati kengashi raisi hisoblanadi. 2017–2019- yillarda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan. Joriy tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shu vaqtga qadar TATU rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Teshaboyev To‘lqin Zokirovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan.

Avvalroq Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga yangi rektor tayinlangani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj