• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha yangi ish tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.

    Qayd etilishicha, mamlakatda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati, ya’ni “temir daftar” tuzilgan edi. Endi har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantiriladi. Bu ro‘yxatlar “temir daftar”dan alohida bo‘ladi. Unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritiladi. Buning natijasida ular bilan tizimli, manzilli ish yo‘lga qo‘yiladi.

    Yig‘ilishda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi Xatirchi tumani va Yangiyer shahri misolida muhokama qilindi.

    Mutasaddilarga ushbu tizimning namunaviy shaklini ishlab chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va har bir viloyatning bittadan shahar va tumanida, ya’ni 28 ta hududda sinovdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

    Sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar vakillariga har bir mahalladagi holatni o‘rganish, yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlash hamda shu asosda manzilli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Ishsiz yoshlar va xotin-qizlarda motivatsiya uyg‘otib, kasbiy ko‘nikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko‘mak berish muhimligi ta’kidlandi.

    Ta’kidlanishicha, oilaviy psixolog xizmati va tuman adliya bo‘limi orqali huquqiy maslahatlarni bepul tashkil qilish mumkin. Yolg‘iz keksa ayollar bilan patronaj hamshiralar, yoshlar, mahalla va oila bo‘limlari ishlashi lozimligi qayd etildi.

    Ishsiz yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash hokimning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari, tuman va shahar bandlik bo‘limi, Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Bosh vazir qabulxonalari va banklarning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerakligi aytildi.

    “O‘z mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan mashhur shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, yoshlar va xotin-qizlarga kuchli motivatsiya berish, chet tili, kasb-hunar va biznesga o‘rgatadigan audio va video materiallar tayyorlab, tarqatish ham yaxshi samara beradi”, — deyiladi xabarda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda “ijtimoiy shartnoma” tajribasini keng qo‘llash muhimligi aytildi. Bunda, avvalo, fuqaro kasb o‘rganishi, ishga joylashishi, o‘zini o‘zi band qilishi uchun davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatiladi.

    “Daftar”lar bilan ishlashda nodavlat notijorat tashkilotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozimligi qayd etildi. Ular bilan hamkorlikni kengaytirib, jazoni o‘tab qaytganlarning ijtimoiy moslashuvi, yoshlar va ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish muhimligi aytildi.

    Bu ishlarga “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining salohiyati safarbar etiladi. Bundan tashqari, aholini tadbirkorlikka o‘qitish va mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarga yillik 4 foiz stavkada qarz mablag‘lari ajratiladi.

    Yig‘ilishda mo‘ljaldagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ularni barqaror moliyaviy manbalar bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, ehtiyojmand xotin-qizlarning 55 foizi o‘rta ma’lumotli. Ishsiz yoshlarning ham ko‘pchiligi zamonaviy bilim va hunarlarni egallamagan.

    “Yoshlar va xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘ysak, ularning munosib ish topishiga ko‘maklashsak, ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hal bo‘ladi. Buning uchun nafaqat davlat ta’lim muassasalari, balki mingdan ziyod nodavlat kasb-hunar ta’limi markazlarini ham jalb qilish zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Qayd etilishicha, bu borada mutlaqo yangi tizim joriy qilinib, nodavlat kasb-hunar ta’limi markazlari orqali yoshlar va ayollarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuning 10 millioni yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga, 90 millioni esa o‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun sarflanadi. “Ijtimoiy shartnoma” orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

    Ta’kidlanishicha, Kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmaydi. Misol uchun, unda 2484 ta, ya’ni 70 foiz xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma’lumot talab etiladi. Xususan, ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan mutaxassis, veb-dizayner kabi ixtisosliklarga oliy malaka talabi qo‘yilgan. Ushbu kasblarni IT-markazlarda yarim yilda yaxshi o‘rganish mumkin.

    Kutubxonachi, tarjimon, bank agenti, reklama mutaxassisi kabi ko‘plab vazifalarga ham oliy ma’lumot talabi qo‘yilgan. Mehnat bozorida bunday kasblar bo‘yicha 4 mingga yaqin vakansiya mavjud.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma’lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo‘yildi.

    Hokimlarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari “yoshlar daftari” bo‘yicha, mahalla va oila masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari “ayollar daftari” bo‘yicha mas’ulligi belgilandi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishsiz yoshlar “yoshlar daftari”ga, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar “ayollar daftari”ga kiritilishi haqida birinchi marta Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingandi.

    08.10.2020, 21:12   Izoh (0)   51361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 15 kishining tovuq kabobidan zaharlanishi sababi ma’lum qilindi

    08.10.2020, 20:42

    Amerikalik ayol O‘zbekistondan yuborilgan “posilka”dagi sovg‘a o‘g‘irlanganini aytdi. “O‘zbekiston pochtasi” bunga munosabat bildirdi

    08.10.2020, 20:27

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Qirg‘izistondagi voqealarni muhokama qildi

    08.10.2020, 19:41

    Toshkentda xotinini bolasining axlatini yeyishga majbur qilgan erkak qo‘lga olindi

    08.10.2020, 19:26

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 60 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    08.10.2020, 19:09

    Navoiyda bo‘yniga arqon bog‘lanib “samosud” qilingan fuqaro videosi tarqaldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    08.10.2020, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.