“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh xayrli ishga qo‘l urdi, deya xabar qilmoqda The Sun.
“Enfild”dan uzoq bo‘lmagan yoqilg‘i quyish shahobchasida misrlik futbolchi bezorilar to‘dasi tazyiqiga yo‘liqqan uysiz kishiga yordam bergan. U sobiq xizmatchi Devid Kreyg bo‘lib chiqdi. 50 yoshli erkak oilasi bilan janjal tufayli uydan bosh olib chiqib ketgan va olti yildan buyon ko‘chada tunaydi.
“Muhammad xuddi maydonda bo‘lgani kabi ajoyib edi. U o‘sha yigitlarning menga aytgan gaplarini eshitdi va ularga qarata shunday dedi: ‘Bir necha yildan keyin siz ham uning holatiga tushishingiz mumkin’. U menga 100 ming funt berganidan keyin bu o‘ngimda sodir bo‘layotganini tushundim. Bu aqlbovar qilmas hodisa edi, u shunchaki afsona. Men uchun Muhammad — haqiqiy qahramon va undan minnatdorman”, — deydi Kreyg.
Misrlik futbolchi Angliya Premyer Ligasi 2020/21-yilgi mavsumida 4 ta o‘yin o‘tkazib beshta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)