O‘zbekistonga 6-oktabr kuni Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamol tezligi oshadi. Tunda iliq, 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 7-12 darajagacha pasayadi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich kun me’yoridan 4-6 darajaga pastdir. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
7—10-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.
Kunduzgi harorat 7—8-oktabrda 17-22 darajani, 9—10-oktabrda 15-20 darajani tashkil qiladi.
Izoh (0)