• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    3-oktabr – nemis millati birlashgan kun. Kommunistik Germaniyaning tugatilishi va bugungi Germaniyaning vujudga kelishi tarixi

    1990-yilning 3-oktabr sanasida Germaniya Demokratik Respublikasi xalqaro huquqning subyekti sifatida o‘z mavjudligini yo‘qotdi va Germaniya Federativ Respublikasining konstitutsiyasiga muvofiq ushbu kundan boshlab Germaniya Federativ Respublikasi bilan birlashganini e’lon qildi. “Daryo” sana munosabati bilan Berlin devorining qulashi tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mavzuga doir:

    • Ikki Germaniyaning vujudga kelishi. Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari Berlinning nega okkupatsion zonalarga bo‘lib olgandi?
    • Bir shaharda ikki davlat. Berlin devori va uning qulatilishi haqida
    1990-yilning 31-avgust sanasida Germaniya Federativ Respublikasining ichki ishlar vaziri Volfgang Shoyble va Germaniya Demokratik Respublikasining parlament kotibi Gunter Krauze Berlindagi uchrashuv chog‘ida ikki nemis davlatining GFR konstitutsiyasining 23-moddasiga binoan birlashtirishga kelishib oldi. 1990-yil 12-sentabrda Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi, AQSh, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vazirlari Moskva shahrida ikki nemis davlatini birlashtirishga kelishib oldi.

    1990-yil 3-oktabrda GFR va GDR rasmiy birlashuvi yuz berdi. GDR mustaqil davlat sifatida barham topdi. GDR hududida GFRning 1949-yilda qabul qilingan konstitutsiyasi amal qila boshlaydi. Birlashuv natijasida sobiq GDR tarkibidagi Brandenburg, Meklenburg – old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya Anxadt, Tyurngiya va Berlin shahri hududlari GFR tarkibiga kirdi. 12-sentabrda imzolangan Moskva shartnomasida nazarda tutilgan bandlarga muvofiq birlashgan Germaniyaning ichki va tashqi siyosatdagi suvereniteti kafolatlandi. 3-oktabr sanasidan e’tiboran mazkur sana Germaniyada Birlashuv kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

    Germaniya qanday bo‘linib ketgan edi?

    Gitler Germaniyasi Ikkinchi jahon urushida tor-mor bo‘lgach, ittifoqchilar qo‘shinlari Germaniyani o‘z ta’sir doirasiga olish uchun murakkab diplomatik o‘yin olib bordi. Taslim bo‘lgan mamlakat hududi sovet, amerika, ingliz va fransuz hukumatlarining ixtiyorida qolayotgandi. 1949-yilning 23-may sanasida ingliz, amerika va fransuzlar bosib olgan Germaniya hududida yangi Germaniya Federativ Respublikasi, sovetlar bosib olgan qismida sotsialistik Germaniya Demokratik Respublikasi tashkil topdi.

    Sharqiy Germaniya tasarrufida bo‘lgan Berlin ham ana shu tamoyilga asosan ikki qismga bo‘lib olindi. Urushning dastlabki davrlarida Sovet davlati rahbari Iosif Stalin Germaniyaning birlashuvini istashini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, g‘arbdagi ittifoqchilar Stalinga ishonqiramay qarar va sotsializmdek parazit g‘oyani butun g‘arbga yoyilishidan cho‘chir ham edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    GFR tashkil etilganda Konrad Adenauer yangi Germaniyaning birinchi kansleri bo‘ldi. Birinchi kansler ham g‘arbning xavotirlariga befarq bo‘lmaydi. Stalin vafotidan so‘ng siyosiy vaziyat o‘zgardi. Yangi sovet rahbariyati GDRni saqlab qolish va undan Sovet Ittifoqining g‘arbdagi forposti sifatida foydalanishni maqsad qildi. GDRda sotsialistik davlatchilik tartibi o‘rnatilishidan xafsalasi pir bo‘lgan nemislar ommaviy ravishda GFRga ko‘chib o‘tishga intilardi. Shunda GDR va Sovet Ittifoqi kelishilgan holda 1961-yilda Berlin devorini o‘rnatdi. Mazkur devor esa to qulatilguniga qadar millati bir davlatchiligi ikki bo‘lgan nemislarni bir-biridan ayiruvchi, sotsializmni ihotalovchi ramzga aylandi.

    Gorbachyovning “Perestroyka” islohoti va Berlin devorining qulashi

    1985-yilda Mixail Gorbachyov Leningrad shahri faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda “o‘rtoqlar, nazarimda, barchamizda qayta qurishni o‘tkazish kerak”, deb murojaat qildi. Sovet Ittifoqi rahbari mazkur chiqishi bilan mamlakatda ayrim ijtimoiy va iqtisodiy tizim asoslarini isloh qilishni nazarda tutdi. Keyinchalik esa uning bu nutqi rus tilidagi “perestroyka” – qayta qurish deb nomlanadi. GDRning o‘sha vaqtdagi rahbari Erik Xoneker esa jamiyatni demokratlashtirish amaldagi hukumatni barbod qilishini yaxshi anglar va nemis matbuotida sovet Rossiyasidagi perestroika haqida axborot berilmasdi.

    Bundan tashqari, Gorbachyov hukumati GDRga endilikda Sovet Ittifoqining g‘arbdagi forposti sifatida qaramas, GDR Sovet Ittifoqi iqtisodiyoti uchun ortiqcha yuk ekanini anglab yetgandi. Natijada, GDR Sovet Ittifoqidan iqtisodiy yordam olishi hajmi qisqarib ketadi va sotsialistik Germaniya og‘ir iqtisodiy tanglikda qoldi. Sharqiy nemis davlatining milliy xavfsizlik xizmati Shtazi mamlakatdagi dissidentlarga qarshi samarali kurash olib borayotgan bo‘lsa-da, sharqiy nemis davlati aholisini g‘arbga qochib ketishga urinishlariga barham bera olmaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    GDRning katta shaharlarida xalqning norozilik namoyishlari uyushtirildi. GFRda ham GDRda ham ko‘p sonli aholi Berlin devoriga oqib kela boshlaydi. Sovet Ittifoqi esa bu paytda oktabr inqilobining navbatdagi yubileyini nishonlash ishlari bilan band, GDRda bo‘layotgan voqealarga befarq edi. GDRda to‘ntarish yuz berdi va Xoneker hokimiyatdan chetlashtirildi, Birlashgan Germaniya Sotsialistik partiyasi Moskvaning ruxsatisiz chegaralarni ochishga qaror qildi. Va nihoyat, Berlin devori qulagan edi.

    Berlin devorining qulashi - Mitteranning qo‘rquvi va Tetcherning xavotiri

    Berlin devorining qulashini AQSh rahbariyati xursandchilik bilan kutib olgan bo‘lsa, Sovet Ittifoqi bu voqeaga befarqlik bilan yondashdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher voqea ortidan qanday siyosiy voqealar yuzaga kelishidan xavotirga tushgan bo‘lsa, Fransiya prezidenti Fransua Mitteran nahotki birlashgan Germaniyaning hududi Fransiyanikidan katta bo‘ladi, degan qo‘rquvga bordi.

    Tetcher o‘z kundaliklarida 80-yillarning o‘rtalarida nemis xalqining birlashuvini qo‘llab-quvvatlagani, ammo bu voqeaning hali yuz berishiga ishonmasligini yozib qoldiradi. Fransua Mitteran bilan muloqoti chog‘ida Temir xonim stol ustiga Yevropaning 1937-yildagi xaritasini qo‘yar ekan, Germaniyaning “milliy xarakater”i Yevropa markazida yana siyosiy barqarorlikni izdan chiqaradi, deya o‘z xavotirlarini ma’lum qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1989-yilda tor doiradagi Yevropa rahbarlari uchrashuvi chog‘ida esa Tetcher xonim “Biz Germaniyani ikki marta mag‘lub qildik. Bugun ular yana qarshimizda”, deya ta’kidlaydi va hattoki bir qator siyosatshunoslar va jamiyatshunoslarni o‘z oldiga chaqirib, bugungi Germaniya qanchalik xavf tug‘dirishi mumkin degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

    Fransuz rahbari Fransua Mitteran ham Margaret Tetcherning munosabatlariga qo‘shilgan holda Germaniya birlashuvini siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Germaniyaning birlashuvi haqiqatga aylangach, kelajakda bu Yevropa kelajagiga qanday ta’sir qilishi borasida o‘z qo‘rquvlarini bildirdi. Hattoki Mitteran Buyuk Britaniyaga yangi ANTANTA tuzish haqidagi taklifni ham berdi. Lekin g‘isht qolipdan ko‘chgan, ikki nemis xalqini ikki qutbga aylantirib qo‘ygan Berlin devori qulaydi. Nemis xalqi g‘alaba qozondi.

    Oradan 30 yil vaqt o‘tib, Margaret Tetcher va Fransua Mitteranlarning xavotir va qo‘rquvlari o‘z isbotini topmadi. Germaniya esa sharqiy Germaniyada tub islohotlarni o‘tkazdi. Davlat tomonidan beriladigan dotatsiyalarni qisqartirdi, davlat mablag‘ini ta’limni rivojlantirishga jalb qildi, iqtisodiyotda xususiylashtirish siyosatini olib bordi va eng asosiysi, sharqiy nemis aholisining og‘ir iqtisodiy ahvolini ijobiy tarafga o‘zgartira oldi. Bugun birlashgan Germaniya dunyoning har jabhada raqobatbardosh to‘rtinchi o‘rinda mustahkam o‘rnashib olgan iqtisodiy qudratli davlatlaridan biri sanaladi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    04.10.2020, 12:40   Izoh (0)   63146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada yaratilgan “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi Venesuelaga yuborildi

    04.10.2020, 11:04

    Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ga tutash hududdagi qishloq qo‘lga kiritilganini ma’lum qildi

    03.10.2020, 23:30

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat aholisiga murojaat qilib, Ozarbayjon va Turkiyaning maqsadi armanlarni qirib tashlash ekanini aytdi

    03.10.2020, 23:21

    Ozarbayjonda Armaniston tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 19 nafar tinch aholi halok bo‘lgan

    03.10.2020, 22:45

    SpaceX Falcon 9 raketasi parvozini uchishga ikki soniya qolganda bekor qildi

    03.10.2020, 21:22

    Ukrainada qatorasiga to‘rtinchi kun koronavirus bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi

    03.10.2020, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari oshiriladi

    O‘zbekiston | 22 may, 10:06

    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

    Reklama | 22 may, 09:00

    “Roma” APL klubi ustozi bilan shartnoma imzolamoqchi

    Sport | 22 may, 09:45

    Isroil harbiylari xorijlik diplomatlarga o‘t ochdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:40

    O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklariga yangi huquqlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 22 may, 09:17

    AQSH Rossiyaga yetib bora oladigan raketani sinovdan o‘tkazdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:00

    Son Xyon Min: “Men afsonaman”

    Sport | 22 may, 08:45

    Putin maslahatchisi SSSR “yuridik jihatdan” mavjudligini ta’kidladi

    Dunyo | 22 may, 08:32

    Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Yevropa Ligasi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 22 may, 07:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.