Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘ga tutash hudud hisoblanuvchi Madagiz qishlog‘ini nazorati ostiga oldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qilgan.
“Bugun Ozarbayjon qo‘shini Madagizga mamlakat bayrog‘ini o‘rnatdi. Madagiz endi bizniki”, — deb yozgan Aliyev Twitter’da.
Tog‘li Qorabog‘dagi ikki davlat, ya’ni Armaniston hamda Ozarbayjonning keng miqyosdagi harbiy harakatlari 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Nizoga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas, Ozarbayjon ham Armaniston ham bir-birini provakatsiya qilganlikda ayblamoqda.
Aliyevning bayonotigacha ikkala davlat vakillari tomonidan muayyan hududning egallab olingani borasida xabarlar berilmagandi.
Izoh (0)