Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 27-sentabrdan beri 19 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda Ozarbayjon Bosh prokurori Kamran Aliyevga tayanib “Interfaks”.
Bosh prokurorning aytishicha, vafot etganlarning orasida uch ayol va ikki bola bo‘lgan. Bundan tashqari, Aliyevning ta’kidlashicha, shu vaqtgacha 63 kishi jarohat olgan.
Unga ko‘ra, Ozarbayjon fuqarolarining o‘limi, ularning yaralanishi, mol-mulkiga zarar yetkazilishi faktlari bo‘yicha mamlakatning beshta mintaqasida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha 12 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘dagi janglar boshlanganidan buyon ko‘rgan yo‘qotishlari ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 1280 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 2700 nafar askar yaralangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)