Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining qoldirilgan 1-tur bahsida “Inter” 30-sentabr, chorshanba kuni “Benevento” uyida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 28-soniyasidayoq Romelu Lukaku milanliklarni oldinga olib chiqdi. 25-daqiqada Roberto Galyardini jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Lukaku hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Bunga maydon egalari birinchi bo‘limda Janluka Kaprarining goli bilan javob qaytardi. Birinchi bo‘lim oxirlab borayotgan bir vaqtda Ashraf Hakimi “Inter” safidagi debyut golini urdi.
Ikkinchi bo‘limda darvozalar yana ikki bor ishg‘ol etildi. 71-daqiqada Lautaro Martines “Inter”ning navbatdagi goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, 75-daqiqada Kaprari dublni rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
A Seriyaning yana bir debyutanti “Spetsiya” kamchilik bo‘lib o‘ynaganiga qaramay “Udineze” maydonidan g‘alaba bilan qaytdi.
A Seriya
1-tur bahslari
30-sentabr, chorshanba
“Benevento” — “Inter” 2:5
Gollar: 0:1 – 1 Lukaku, 0:2 – 25 Galyardini, 0:3 – 28 Lukaku, 1:3 – 34 Kaprari, 1:4 – 42 Hakimi, 1:5 – 71 Martines, 2:5 – 76 Kaprari.“Benevento”: Montipo, Barba (Letitsia, 37), Glik, Majo (Fulon, 46), Kaldirola, Dabo (Xetemay, 70), Skyattarella, Kaprari, Ionitse, Insinye (Tuyya, 46), Monchini (Lapadula, 63).
“Inter”: Handanovich, Hakimi, Kolarov, Shkrinyar, Yang (Perishich, 65), Vidal (Barella, 52), Sensi (Brozovich, 65), Sanches, Galyardini (Eriksen, 81), de Vrey, Lukaku (Martines, 65).
Ogohlantirish: Skyattarella (73).
“Udineze” — “Spetsiya” 0:2
Gollar: 0:1 – 29 Galabinov, 0:2 – 90 Galabinov.Chetlatish: Tersi (65).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)