“Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar yana jarohat oldi. Bu haqda madridliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Belgiyalik futbolchi o‘ng oyog‘i mushaklarini shikastlab olgan. Klub shifokorlari o‘yinchini tiklashda davom etadi.
Marca’ning xabar qilishicha, Azar 3-4 hafta maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa Eden Belgiya terma jamoasining Millatlar Ligasidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Azar 2019/20-yilgi mavsumda “Real” safida La Ligada 16 o‘yin o‘tkazib, bita gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi. U mavsum davomida uch bor jarohat oldi va ularning ikkitasi jiddiy jarohat edi.
Azar 2020/21-yilgi mavsumda hali o‘yin o‘tkazmagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)