• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jamshid Qo‘chqorov: Odamlarga pul tarqatish orqali kambag‘allikni qisqartirib bo‘lmaydi

    Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro press klubning 26-sentabr kuni o‘tkazilgan sessiyasida davlatning kambag‘allikka qarshi kurash siyosati yuzasidan ma’lumot berdi.

    Jamshid Qo‘chqorov

    Jamshid Qo‘chqorov
    Foto: “Daryo”

    “Kambag‘allikni odamlarga pul tarqatish orqali qisqartirib bo‘lmaydi. Kambag‘allikni qisqartiradigan omillari bu — iqtisodiyot, tadbirkorlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarining rivojlanishi. Shu sababli pandemiya sharoitida ham iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladigan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirilsa bu qashshoqlikka qarshi kurashdan dalolat beradi”, — degan Qo‘chqorov.

    Bosh vazir o‘rinbosari ta’lim hamda sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoni bo‘lmasa, oilalar yana ham kambag‘allashib, iqtisodiyotda talab ya’ni ehtiyoj kamayib, mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tushib ketishini qayd etdi.

    “Agar iqtisodiy taraqqiyot past bo‘ladigan bo‘lsa, aholining kambag‘alligi kamayishi ham juda sekin kechadi, boshqa tomondan kambag‘allikning qisqarishi iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi. Xo‘sh, bu qanday yuz beradi? Kambag‘al oilalarda sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoni bo‘lmasa, ular yana ham qashshoqlashadi, iqtisodiyotda esa talab kamayadi. Iqtisodiyot o‘z ehtiyojlarini yuqori sifatli kadrlar bilan qoplay olmaydi, sohaning ko‘rsatkichlari keskin pasayib ketadi”, — deya ta’kidlagan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri.

    Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida aprel, may va iyunda hukumat, asosan, ishlab chiqarish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan, avgust oyidan boshlab esa aholining kam ta’minlangan qatlamiga ko‘mak berildi.

    Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida 182 ming kishiga jami 154 milliard so‘m, ya’ni o‘rtacha 850-900 ming so‘mdan pul, keyingi bosqichda 280 ming oilaga 220 ming so‘mdan pul tarqatilgan. Shuningdek, 41 ming nafar tibbiyot xodimlariga ham yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Musulmonlar idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 150 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. 845 ming nafar bolalar uchun 422 milliard so‘m (har biriga 500 ming so‘mdan) berilgan.

    Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda 2020-yil boshida 552 mingta kam ta’minlangan oilalarga oylik ijtimoiy to‘lovlar to‘langani, iyunda ushbu ko‘rsatkich 774 mingta oilaga, iyulda esa 876 mingtaga yetgani, yil oxirigacha ijtimoiy nafaqalar to‘lanadigan oilalar sonini 1,2 millionga yetkazish ko‘zda tutilganini bildirdi.

    “O‘zbekistonda taxminan 8 millionta oila borligi hisobga olinsa, ularning 15 foizi dekabrgacha ijtimoiy nafaqalarini oladi… Masalan, Qoraqalpog‘istonda har to‘rtinchi oila davlatdan ijtimoiy to‘lov oladi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida har beshinchi oilaga ijtimoiy nafaqa to‘lanadi”, — degan Qo‘chqorov.

    Vazir pandemiyaning ijtimoiy himoya borasidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish choralarini amalga oshirishga yordam bergan deb hisoblashini bildirgan.

    “Orol dengizi bo‘yidagi Xorazm viloyatida iqlim va boshqa muammolar sabab sharoiti og‘irroq hudud hisoblanadi. Yil boshida viloyatdagi oilalarning 5 foiziga nafaqa berilgan, Navoiy viloyatida ham qariyb 5 foiz – aniqroq aytilsa 4,6 foiz. Navoiy viloyati Toshkent shahri va poytaxt viloyatidan keyin kambag‘allik ko‘rsatkichining pastligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Lekin ikki viloyatda (Xorazm va Navoiy) nafaqa oluvchilar soni deyarli bir xil. Bu boradagi xatoni to‘g‘rilayapmiz, endi Xorazm viloyatidagi 17 foiz oilalar ijtimoiy nafaqa bilan qamrab olinadi”, — deydi Jamshid Qo‘chqorov.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonning olis hududlaridagi budjet tashkilotlariga ishga boradigan OTM bitiruvchilariga bir martalik boshlang‘ich yordam puli beriladi

    Davlat granti asosida ta’lim olayotganlar, qizlar uchun alohida grantlar ajratish, oliy ta’limga qamrab olingan aholi sonini oshirish va sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa chora-tadbirlar ham kambag‘allikni bevosita qisqartirishga qaratilgan.

    “Sog‘liqni saqlash tizimiga kelsak, daromadi o‘rtacha bo‘lgan muayyan oilada kimdir og‘ir, surunkali kasallikka chalinsa, ushbu oilaning kambag‘al oilaga aylanish ehtimoli ham ortadi. Shu sababli ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalari kambag‘allikka qarshi kurashishda asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi”, — deydi vazir.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini o‘rganish ilmiy markazi tashkil etiladi

    28.09.2020, 08:09   Izoh (0)   19452
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odam o‘ldirishda ayblanib, 13 yil qidiruvda bo‘lgan andijonlik erkak 19 yilga qamaldi

    28.09.2020, 07:37

    Kattaqo‘rg‘onda hukumat qarori bilan ikkita universitet filiali tashkil etiladi

    28.09.2020, 07:08

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qimmatbaho yombi va tangalarni xorijga cheklovlarsiz olib chiqish huquqi berildi

    28.09.2020, 06:29

    Bo‘stonliqda tog‘ turizmini rivojlantirishga 500 mln dollargacha investitsiya jalb qilinadi

    28.09.2020, 06:05

    Qashqadaryoda baxtsiz hodisa sabab bir qo‘lidan ayrilgan qiz kuniga 130-150 kg paxta terib, odamlarga o‘rnak bo‘lmoqda

    27.09.2020, 23:39

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga 20-avgustdan 20-sentabrgacha bo‘lgan muddat uchun ish haqlari to‘lab beriladi

    27.09.2020, 23:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.