Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hukumatning “Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga ishga boradigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnatini yana-da rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi berish hamda ularni uy-joy bilan ta’minlash tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

a) mazkur qarorda olis hudud deb Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi;

b) olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi mexanizm 2021-yil 1-yanvardan boshlab joriy qilinadi;

v) olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga beriladigan bir martalik boshlang‘ich yordam puli bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga hamda uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravariga tenglashtiriladi;

g) mazkur qaror bilan belgilangan bir martalik boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha imtiyozlardan oliy ta’lim muassasasining bakalavriati va magistraturasini (ta’lim shaklidan qat’iy nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega;

d) har oylik pul kompensatsiyasi oliy ma’lumotli mutaxassis ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oy mobaynida to‘lanishi, bunda xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash to‘xtatiladi;

e) oliy ma’lumotli mutaxassis pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda tegishli budjet tashkiloti rahbariga ariza berishi shu asosida tegishli budjet tashkilotining uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini ko‘rsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash to‘g‘risida buyrug‘i chiqarilishi hamda tegishli budjet tashkilotining buxgalteriyasi tomonidan ushbu buyruq asosida, ish haqi to‘lash bilan birgalikda o‘tgan kalendar oyi uchun to‘lov vedomosti bo‘yicha to‘lanadi;

j) ayrim davlat hokimiyat organlari va davlat xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lashda ushbu masalada ilgari qabul qilingan qoidalar qo‘llaniladi;

z) oliy ma’lumotli mutaxassis olis hudud tarkibidagi bir budjet tashkilotidan boshqa budjet tashkilotiga o‘tkazilganida unga nisbatan belgilangan barcha imtiyozlar saqlab qolinadi va muddati davom ettiriladi;

i) oliy ma’lumotli mutaxassis olis hududda joylashgan budjet tashkilotidagi faoliyatini 3 yilgacha bo‘lgan muddat ichida to‘xtatgan taqdirda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanishi to‘xtatiladi hamda boshlang‘ich yordam puli to‘liq hajmda budjetga qaytariladi.

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga beriladigan:

  • bir martalik boshlang‘ich yordam puli tegishli budjet tashkilotining hududiy moliya organiga bergan so‘roviga asosan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining, tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining o‘z mablag‘lari yetishmagan taqdirda yuqori turuvchi viloyat mahalliy budjet va Qoraqalpog‘iston budjetining qo‘shimcha daromad manbalari hisobidan qoplab beriladi;
  • har oylik pul kompensatsiyasi uchun talab qilinadigan mablag‘lar tegishli budjet tashkilotining xarajatlar smetasida ko‘zda tutiladi. Bunda, oliy ma’lumotli mutaxassisning ishga qabul qilinishi joriy moliya yilida ro‘y bergan holatda budjet tashkilotining xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritiladi.
O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxatiga hamda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlariga “Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar” mezonini kiritilishi bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

  • yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki uy-joy xarid qilish, jumladan ikkilamchi bozordan xarid uchun bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek iste’mol kreditlarini belgilangan tartibda taqdim etilishini ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
  • joylarda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni chekka hududlarda joylashgan, pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan budjet tashkilotlariga jalb etish, yosh mutaxassislarga faoliyat yuritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi;
  • joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislarning arizasi asosida ularga tegishli hududlardagi davlat zaxirasiga olingan yer maydonlari hisobidan qonunchilikka muvofiq uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini nazoratga oladi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik