Deloitte konsalting kompaniyasi 2019/20-yilgi mavsumda eng ko‘p daromad qilgan futbol klublari reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, “Barselona” klubi o‘zi uchun rekord natija hisoblangan 840,8 million yevro daromad bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Katalon klubi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 22 foizga ko‘proq daromad qilgan va ilk bor mazkur reytingda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ikkini o‘rinda Madridning “Real” (757,3 million yevro) jamoasi qayd etilgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” (711,5) kuchli uchlikka yakun yasagan.
2019/20-yilgi mavsumda eng ko‘p daromad qilgan klublar:
1. “Barselona” — 840,8 million yevro;
2. “Real” — 757,3 mln;
3. “Manchester Yunayted” — 711,5 mln;
4. “Bavariya” — 660,1 mln;
5. PSJ — 635,9 mln;
6. “Manchester Siti” — 610,6 mln;
7. “Liverpul” — 604,7 mln;
8. “Tottenhem” — 521,1 mln;
9. “Chelsi” — 513,1 mln;
10. “Yuventus” — 459,7 mln.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)