O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nikaragua prezidenti Xose Daniel Ortega Saavedraga mazkur mamlakatning Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Markaziy Amerikada joylashgan Nikaragua 1821-yil 15-sentabrda Ispaniyadan ajralib chiqib, o‘z mustaqilligiga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Nikaragua prezidenti Xose Daniel Ortega Saavedra O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevni tabriklagandi. Bunga javoban Shavkat Mirziyoyev Nikaragua prezidentiga minnatdorlik bildirgandi.
Izoh (0)