UEFA Millatlar Ligasidan o‘rin olgan Chexiya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Chexiyada koronavirus infeksiyasi avj olgani tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.
Chexiya futbol federatsiyasining xabariga ko‘ra, terma jamoa yig‘inidagi futbolchilarning barchasiga javob berib yuborilgan.
Qayd etish joiz, so‘nggi bir necha kun ichida Chexiyada kasallanish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd etilgan, shu sababli uchrashuvni o‘tkazish sportchilar va murabbiylarning sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi degan fikrga kelingan. O‘yinning yangi sanasi va vaqti hali e’lon qilinmagan.
Chexiya va Shotlandiya o‘rtasidagi uchrashuv 7-sentabr kuni o‘tkazilishi kerak edi. Guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Chexiya Slovakiyani mag‘lub etgan bo‘lsa (3:1), Shotlandiya Isroil bilan murosa yo‘lini tanlagan (1:1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)