Eronda o‘quvchi va talabalar shanba kunidan boshlab bir necha oy avval COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga qaytdi, deb xabar bermoqda Associated Press.
“Mamlakatimizda ta’lim eng og‘ir vaziyatlarda ham yopilmaydi”, — degan mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy o‘z videomurojaatida.
U Erondagi 15 million nafar talaba va maktab o‘quvchilarining bilim olishi ahamiyati muvofiqlashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimidan kam emasligini ta’kidlagan. Shuningdek, ta’lim muassasalarida jiddiy himoya choralari ko‘rilishi lozimligini ham qo‘shimcha qilgan.
Bundan avval Eronda masofaviy ta’lim tizimi qo‘llanilgan edi.
Ma’lumot uchun, Eronda koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk kasallanish qayd etilgan 19-fevraldan buyon koronavirusga chalinish bo‘yicha 382 mingta holat aniqlangan, taxminan 22 ming kishi COVID-19 qurboniga aylangan.
Izoh (0)