Yaponiya hukumati bu hafta yangi kuchli tayfun yaqinlashayotgani sababli bedarak ketgan dengizchilar va yuk tashuvchi kemani qidirishni vaqtincha to‘xtatdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” mahalliy OAVga tayanib.
Yaponiyaning NHK telekanali xabar berishicha, 5-sentabr kuni kechqurun Hayshen deb nomlangan yangi tayfun urilishi kutilmoqda. Yaqinlashayotgan yangi tayfun avvalgi Maysak tayfuniga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Meteorologlar yangi tayfun o‘zi bilan sunami ham olib kelishini taxmin qildi.
Okinava prefekturasi rasmiylari orollarda yashovchi 1,3 mingga yaqin aholini evakuatsiya qilishni buyurdi. Shuningdek, aholi tayfun oqibatida kelib chiqadigan toshqin va misli ko‘rilmagan kuchli yog‘ingarchilikdan ogohlantirilgan.
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi 8-sentabrgacha Kyusyu shahridagi uchta fabrikasi faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. Canon va Mitsubishi Electric kompaniyalari ham ba’zi joylardagi zavodlarini vaqtincha yopishgan. Mamlakatda 100 ga yaqin ichki reyslar bekor qilingan.
Maysak tayfuni oqibatida bir kema yo‘qolgan. Kemaning ekipaji 39 nafar filippinlik, ikkita yangi zelandiyalik va ikki avstraliyalikdan iborat edi. Omon qolganlardan biri 2-sentabr kuni kechqurun topilgan. Kema Yangi Zelandiyadan Xitoyga 6 mingga yaqin sigirni olib ketayotgan bo‘lgan.
Mavzuga doir:
- Tobut maketi, suv bosgan shahar, iste’foga chiqqan Yaponiya bosh vaziri. 28-avgust suratlari
- Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe sog‘lig‘i yomonlashgani sabab iste’foga chiqadi
- Komada ekani aytilgan Kim Chen In koronavirusga qarshi kurash va tayfun oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
Izoh (0)