• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yangi inspeksiya tashkil etildi

    Prezident “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarning cheklangan soni 18 nafar bo‘lgan Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi tashkil etildi.

    Inspeksiya zimmasiga Hisob palatasining:

    • O‘zbekiston Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
    • strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
    • mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish, budjet tashkilotlari, budjet mablag‘larini oluvchilar va monitoring yuritiladigan korxonalar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini o‘rganish bo‘yicha funksiyalari yuklandi.
    Belgilanishicha:
    • inspeksiya shtat birliklari O‘zbekiston Hisob palatasi tuzilmasidagi Strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish sho‘basining 7 ta hamda Oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va unga ko‘maklashish sho‘basining 11 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
    • inspeksiya faoliyati mazkur farmonga muvofiq tasdiqlanayotgan Hukumat komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
    • Hisob palatasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish doirasida inspeksiyaning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan foydalanishi imkoniyatini yaratadi.
    Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
    • Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni;
    • Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni hamda uning tuzilmasini tasdiqlaydi.
    Quyidagilarga bir qator topshiriqlar yuklandi:
    • investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosarlari A.Voitov va L.Qudratov zimmasiga — Hukumat komissiyasining faoliyatini samarali tashkil etish, eksport prognoz ko‘rsatkichlari, Investitsiya dasturlarining umumiy parametrlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish;
    • iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari O.Rustamov zimmasiga — ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning elektron kooperatsiya portaliga to‘liq joylashtirib borilishini ta’minlash, mazkur portalda savdo hajmlarini keskin oshirish choralarini ko‘rish;
    • bosh prokurorning o‘rinbosari S.Saidkarimov zimmasiga — Hukumat komissiyasi tomonidan berilgan topshiriqlarning mas’ul vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qilish;
    • moliya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxo‘jayev zimmasiga — Hukumat komissiyasi faoliyati doirasida mahalliy eksport qiluvchi korxonalar va loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini ta’minlash;
    • tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.Arziyev zimmasiga — xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari tomonidan mamlakatning eksport va investitsiya salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
    • Markaziy bank raisining o‘rinbosari B.Abubakirov zimmasiga — tijorat banklari tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablag‘larni shakllantirish bo‘yicha zarur kredit mablag‘larini ajratish, shuningdek, investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”da belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni muvofiqlashtirish;
    • Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Saliyev zimmasiga — mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirishda bojxona tartib-taomillarini yana-da soddalashtirish, ushbu yo‘nalishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish;
    • Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayziboyev zimmasiga — eksport qiluvchi korxonalar, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga taqdim etilgan soliq imtiyozlarini samarali qo‘llanilishini ta’minlash, shuningdek, mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovlarini o‘z vaqtida qaytarilishini tashkil etish;
    • “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.Sattorov zimmasiga — mahalliy eksport qiluvchi korxonalar hamda investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda ko‘maklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish;
    • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i I.Ergashev zimmasiga — mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlardagi fitosanitariya cheklovlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
    • “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi A.Mirsoatov, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi S.Annaklichev va “Asaka” ATB boshqaruvi raisi N.Saydullayev zimmasiga — mamlakatning eksport va investitsiya salohiyatini yana-da kengaytirishga qaratilgan tadbirlar hamda raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklandi.
    Avvalroq ushbu farmon yuzasidan bosh vazir o‘rinbosarlari Sardor Umrzoqov va Jamshid Qo‘chqorovga sanoatdagi ishlar holati bo‘yicha yangi topshiriqlar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Jahon bankidan ajratilgan 500 million dollar kreditni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi
    • O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil qilinishi mumkin

    27.08.2020, 22:20   Izoh (0)   16282
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

    27.08.2020, 22:14

    O‘zbekiston maktablarida pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi

    27.08.2020, 21:58

    Habibullo Oqilov o‘qish boshlansa, farzandini maktabga yuborishga xavfsirayotgan ota-onalarga tavsiya berdi

    27.08.2020, 21:56

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan 113 nafar mahkumni afv etdi

    27.08.2020, 21:18

    Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    27.08.2020, 20:55

    Habibullo Oqilov: Grippga qarshi mavsumiy emlanishning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘q

    27.08.2020, 20:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.