• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Jahon bankidan ajratilgan 500 million dollar kreditni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi

    Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni Jahon banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Yig‘ilishda Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2020-yilning 23-iyulida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari agrar tarmoqqa ajratilayotgan investitsiyalardan to‘g‘ri foydalanish, yuqori natija beradigan loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

    Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablag‘ning 87 million dollari qishloq xo‘jaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi.

    Shuningdek, 70 million dollar ko‘chatlar yetkazib berish, fitosanitariya, geoaxborot va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatadigan agroxizmat markazlarini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun berilayotgan 10 million dollar hisobiga yerlarning hosildorligi, tuproq tarkibi tahlili, zarur mineral o‘g‘itlar turi va miqdori, soliq, transport-logistika va mahsulotlar bozorlari haqida ma’lumotlar olish imkoni yaratiladi.

    Yig‘ilishda suv xo‘jaligi, chorvachilik, karantin, kadastr, moliya, soliq va boshqa tegishli idoralar ma’lumotlar bazasini ushbu tizimga integratsiya qilish muhimligi ta’kidlandi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ilmiy-tadqiqot muassasalari va ixtisoslashgan markazlarni Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida joylashtirib, laboratoriya uskunalari va texnikalar bilan ta’minlash, viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi kollejlari negizida ularning filiallarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Ushbu muassasalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, xorijdan konsultantlar jalb qilib, ularni o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari har bir ilmiy-tadqiqot muassasasi va markaz ilmiy ishlanmalarini sotadigan tijorat tashkilotiga aylanishi zarurligini ta’kidladi.

    “Qishloq xo‘jaligini ilm bilan qilmasak, xarajatlarimiz natija bermaydi. Har bir loyiha manfaatdorlikni ta’minlash, rentabellikni oshirishga xizmat qilishi kerak. Pirovard marramiz – eksport. Ilmiy asoslangan, standartlarga mos mahsulot chiqarilsa, bozor topiladi”, – degan Shavkat Mirziyoyev.

    Kooperativlar va klasterlarni rivojlantirishga mo‘ljallangan 200 million dollar hududlar o‘rtasida taqsimlangan. Bundan tashqari, xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan Farg‘ona vodiysi uchun qo‘shimcha 54 million dollar hamda Xorazm viloyatiga 100 million dollar mablag‘ ajratilgan.

    Prezident ajratilayotgan har bir dollarni uch dollarga aylantirish, imtiyozli kreditlarni qaytarish bo‘yicha aniq hisob-kitob asosida ishlash zarurligini ta’kidladi.

    Intensiv bog‘ maydonlarini kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltirish belgilangan. Xususan, buning hisobidan Toshkent viloyatida 500 gektar, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Samarqandda 300 gektardan, Jizzaxda 250 gektar, Qashqadaryo hamda Surxondaryoda 200 gektardan, Qoraqalpog‘istonda 100 gektar maydonda yangi usuldagi intensiv bog‘lar yaratilishi rejalashtirilgan.

    Xabarda aytilishicha, mutasaddilarga qisqa muddatda yerlarni ajratib, kelgusi yil bahorda bog‘larni foydalanishga topshirish vazifasi yuklatildi. Yana 65 million dollar evaziga zamonaviy agrologistika markazlari va komplekslarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati va Jahon banki mamlakat qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 500 million dollarlik qarz bitimini imzolagandi. Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan tegishli ravishda 276 million dollar va 224 million dollar miqdorida moliyalashtiriladi.

    06.08.2020, 20:42   Izoh (0)   40735
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda nochor ahvolda qolgan farg‘onalik ayol o‘zini elektr uzatish ustunidan tashlamoqchi bo‘ldi

    06.08.2020, 20:12

    Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi

    06.08.2020, 19:58

    O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari kuzatilmagani ma’lum qilindi

    06.08.2020, 18:35

    Termiz shahar hokimligi xodimlarining 70 foizidan ortig‘i koronavirusga chalingani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik bunga munosabat bildirdi

    06.08.2020, 18:11

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    06.08.2020, 18:03

    Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi avgust oyida xorijiy davlatlarga rejalashtirilgan reyslarni bekor qildi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

    06.08.2020, 17:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.