Toshkent shahrida 26-avgust, chorshanba kuni yog‘gan yomg‘ir oqibatida ba’zi ko‘chalar suv ostida qoldi. Ko‘chalardan to‘plangan suv Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Bugun 26-avgust kuni kuzatilgan yog‘ingarchilik natijasida poytaxtimizning ayrim hududlarida suvlarning yig‘ilib qolishi bilan bog‘liq vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining kuch va vositalari jalb qilinib, yuzaga kelgan noqulayliklar bartaraf etildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 26-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mimkinligi haqida xabar bergandi.
Izoh (0)