• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Litsenziyalar bekor bo‘lyapti: bu bizga nima beradi?

    Litsenziya — litsenziyalanayotgan faoliyat turi bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi hujjat. Ushbu hujjat, albatta, bekorga joriy etilmagan. U ma’lum soha faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va shu faoliyat yuzasidan fuqarolar, iste’molchilar, foydalanuvchilar manfaatlarini ko‘zlagan kafolatlarni berish deganidir.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Lekin bunda ham me’yor va adolat mezonlari bo‘lishi lozimki, aks holda ortiqcha byurokratiya va boshqa to‘siqlar sabab tadbirkorlik faoliyati rivojlanmaydi, bu iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, turli suiiste’molliklar, ortiqcha bosim yuzaga keladi.

    Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan erkinliklarni ko‘paytirish, iqtisodiyotga davlat aralashuvini minimallashtirish va bu borada qonunchilikni liberallashtirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha shu masala yuzasidan “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

    Farmon nimasi bilan ahamiyatli?

    Hujjat loyihasini ishlab chiqish jarayonida tadbirkorlik subyektlari ishtirokida 20 dan ortiq uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilgan, 10 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari bilan anonim so‘rovlar olib borilgan va jamoatchilik orasida muhokama qilinganda, 300 ga yaqin taklif kelib tushgan.

    Litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilishda quyidagi omillarga e’tibor qaratilgan:

    1. faoliyat turining inson sog‘lig‘i va jamiyatga ziyon yetkazilmasligi;
    2. faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar hisobini yuritish imkoniyati mavjudligi;
    3. davlat idoralari tomonidan qo‘shimcha daromad manbai yaratish maqsadi ko‘zlanganligi.
    Litsenziya va ruxsatnomalarning bekor qilinishi natijasida boj to‘lovlarining o‘zidan 45 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qolishi kutilmoqda.

    Farmon bilan nimalar o‘zgarmoqda?

    2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar belgilanmoqda:
    • 53 ta litsenziyalanadigan faoliyat va 21 ta ruxsatnoma bekor qilinmoqda (xususan, auditorlik, baholovchi, rieltor, yuklarni avtotransportida respublika hududida tashish faoliyati uchun litsenziya hamda xorijiy ishchini jalb qilishga ruxsatnomalar bekor bo‘lyapti);
    • 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma to‘liq bekor qilinmoqda hamda 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma boshqa hujjatlar bilan birlashtirish orqali qisqartirilmoqda.
    Bu, albatta, tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirishga katta yordam beradi. Chunki bekor bo‘layotgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan 20 mingga yaqin, xabardor etish tartibiga o‘tkazilayotgan faoliyat turlari bilan 7 mingdan ortiq tadbirkorlar shug‘ullanmoqda.

    Bu bizga nima beradi?

    Qator litsenziya va ruxsatnomalarning xabardor qilish tartibiga o‘tkazilishi quyidagi qulayliklarni yaratadi:
    1. faoliyatni boshlashdagi byurokratik to‘siqlarning oldi olinadi (o‘tkazilgan so‘rovlarda litsenziya va ruxsatnomalarni berish rad etilgan holatlarning 43,5 foizida og‘zaki va 16,4 foizida asoslantirilmagan javob berilganligi, 10,6 foizida esa umuman javob berilmaganligi ma’lum qilingan);
    2. faoliyatni boshlashdagi vaqt litsenziyalar uchun 30 kungacha, ruxsatnomalar uchun 20 kungacha qisqaradi;
    3. faoliyatni boshlashdagi boj to‘lovlari 35,2 milliard so‘mga qisqaradi (lombard faoliyatini boshlaganligi uchun ilgari 1,2 million so‘m to‘lagan bo‘lsa, endi xabarnoma yuborish uchun 111,5 ming so‘m (11 baravar kam) to‘lov amalga oshiradi);
    4. xufyona iqtisodiyotning kamayishiga xizmat qiladi (2019-yilda kadrlar malakasini oshirish uchun kelib tushgan arizalarning 67 foizi rad etilgan, chet tillari o‘quv kurslari ochish uchun umuman berilmagan. Biroq joylarda hech qanday litsenziyasiz o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda va mazkur faoliyat bugungi kunda o‘qituvchilarning asosiy daromad manbai hisoblanadi).

    Avtomatlashtirish, raqamlashtirish, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurash

    Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-yanvarga qadar “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi belgilanmoqda.

    “Litsenziya” axborot tizimi BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining grant mablag‘larini jalb qilgan holda ochiq tender asosida ishlab chiqiladi.

    Amaldagi 80 foiz litsenziya va ruxsat berish jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmagan va natijada sohada qonunbuzilishlar uchramoqda. Masalan, ulgurji savdo uchun litsenziya 2019-yildan bekor qilingan bo‘lsa-da, Surxondaryoda 10 ta va Xorazmda 22 ta holatda tadbirkorlardan asossiz yig‘im va davlat bojlari undirilgan.

    2021-yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar o‘rnatilmoqda:

    • litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish;
    • tartib-taomillari to‘liq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
    • vakolatli organlar tomonidan litsenziat faoliyatini nazorat qilishning aniq mezonlari belgilangan holda “xavfni tahlil etish” tizimi joriy qilinadi;
    • litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlar QR-kod qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi va ularni maxsus blankalarda berish tartibi bekor qilinadi;
    • qo‘shimcha hujjatlar tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz “Litsenziya” axborot tizimi orqali mustaqil ravishda olinadi;
    • vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish faqat sud tartibida elektron tizim orqali amalga oshiriladi;
    • faoliyatni litsenziyasiz, ruxsatnomasiz yoki xabarnoma yubormasdan amalga oshirganlik fakti haqida xabar bergan jismoniy shaxslar undiriladigan jarimaning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
    Jarayonlarni raqamlashtirish bir qator ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, jumladan:
    • barcha jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi;
    • davlatning ma’muriy xarajatlari qisqartiriladi (litsenziya va ruxsatnomalarning maxsus qog‘oz blankalarida berilishi uchun 2019-yilda 13 milliard so‘m mablag‘ sarflangan);
    • vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga rioya etilishining samarali monitoring tizimi shakllanadi (Qurilish vazirligi 2019-yilda 454 ta litsenziya bergan bo‘lsa-da, mazkur yilda amaldagi litsenziatlarning atigi ikkitasida litsenziya talab va shartlarining bajarilishi tekshirilgan);
    • litsenziatlar faoliyatini nazorat qilishning mutlaqo yangi va yuqori samarali bo‘lgan usuli — jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi;
    • vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi (soliq, kadastr hujjati, boj to‘lovini amalga oshirganlik to‘g‘risida ma’lumotlarni qog‘oz shaklida taqdim etilishi natijasida litsenziyaga ariza topshirishdan oldingi hujjat yig‘ish jarayonlari 20 kungacha cho‘zilib ketmoqda).
    Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi bekor qilinmoqda.

    Mazkur toifadagi tashkilotlar tomonidan tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oshirishi bir qator salbiy holatlarga olib kelmoqda. Xususan, raqobatda ushbu toifadagi korxonalarga boshqa tadbirkorlarga nisbatan ustunlik bermoqda.

    Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini loyihalash sohasida davlat korxonalari 30 tani tashkil etib, ular 287 million so‘mdan ortiq davlat bojini to‘lamasdan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

    Quyidagilar taqiqlanmoqda:

    • litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni shartnomalarga almashtirish;
    • litsenziyalar berishda maishiy kommunal xizmatlardan qarzdorligi mavjudligi sababli davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish;
    • litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni berishda tadbirkorlik subyektini haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga bevosita yoki bilvosita majburlash.
    • litsenziya talab va shartlarini chetlab o‘tish imkoniyati (ko‘chma savdo bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma olish bekor qilinib, o‘rniga mahalliy hokimliklar bilan shartnoma tuzish tartibi joriy etilgan bo‘lsa-da, amalda bu holat mohiyatan ruxsat berish tartibiga aylanib qolgan).
    Shuningdek, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tayotgan tadbirkorlar ayrim hollarda turli nashrlarga obuna bo‘lishi, aksariyat xususiy shaxslarning “servis” xizmatlaridan foydalanishi lozimligi talab qilinmoqda (anonim so‘rovlarda ishtirok etganlarning 12,3 foizi litsenziya va ruxsatnomalarni olishda gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish talab qilinganligini ta’kidlagan).

    Qonunchilikdagi tarqoqlik va ziddiyatlarni bartaraf etish

    Litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari sohasida 130 ga yaqin qonun hujjatlari mavjud. Jumladan:
    • qonunlar — 10 ta;
    • Oliy Majlis qarori — 1 ta;
    • Prezident hujjatlari — 7 ta;
    • Vazirlar Mahkamasi qarorlari — 100 ga yaqin;
    • idoraviy qonun hujjatlari — 10 dan ortiq.
    Masalan, taksi faoliyatini litsenziyalash yo‘nalishi oltita normativ-huquqiy xujjat bilan tartibga solingan.

    Ushbu qonun hujjatlari bazasini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettirish kelgusida huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilda va izchil bo‘lishiga ko‘maklashadi.

    Shuni e’tiborga olib “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish va quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilanmoqda.

    Taksilar masalasi kun tartibidan olib tashlanmagan

    So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda xususiy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishni litsenziyalash nima uchun bekor qilinmadi, degan savol ko‘p muhokama qilinmoqda.

    Avvalo, ta’kidlash joizki, ushbu masala eng yuqori darajada kun tartibiga qo‘yilgan va e’tibor markazida turibdi. Xususan, Harakatlar strategiyasining 2020-yilda amalga oshirishga doir Davlat dasturida ham bu masala alohida qayd etilgan. Transport vazirligi va Adliya vazirligiga jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflarni kiritish vazifasi topshirilgan. Bugungi kunda ushbu takliflar kiritilgan va o‘rganish jarayonida.

    Gap shundaki, ushbu soha fuqarolarning xavfsizligi, salomatligi, mulk va boshqa huquqlari daxlsizligiga doir masalalarni chuqurroq o‘rganishni talab qiladi. Biroq tahlillar va o‘rganishlar natijalari umumlashtirilib, takliflar tayyorlangan. Yaqin orada bu sohada ham yengilliklar bo‘lishi kutilmoqda.

    Shahnoza Soatova, Adliya vazirligi mas’ul xodimi

    26.08.2020, 17:16   Izoh (0)   38876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonda qimor o‘ynayotgan 14 nafar shaxs qo‘lga olindi

    26.08.2020, 17:10

    O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

    26.08.2020, 16:59

    Namanganda 6-avgustda bedarak yo‘qolgan qiz oradan 18 kun o‘tib topildi

    26.08.2020, 16:29

    Buxoroda chaqmoq urishi natijasida 800 gektar to‘qayzor yonib ketdi

    26.08.2020, 16:09

    Namanganda avtomobil faralari ishlab chiqaradigan yana bir zavod ishga tushdi

    26.08.2020, 15:28

    O‘zbekistonda akademik litseylarga saralash imtihonlari 7-sentabrdan 15-sentabrgacha o‘tkazilishi mumkin

    26.08.2020, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xiaomi o‘ta yupqa va magnit bilan yopishadigan yangi poverbank taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 may, 16:55

    Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 31 may, 16:45

    Samarqandda “tomosha ko‘rsatgan” qozog‘istonliklar xalqdan uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 16:20

    Mashhur rassom Benksi Fransiyada yangi graffiti chizib qoldirdi

    Qo‘ziqorin | 31 may, 15:44

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.