Telegram’da Belarus bayrog‘ining emojisi endi odatdagidek qizil-yashil emas, oq-qizil-oq rangli bayroqqa almashtirilgan. Belarusdagi muxolifat mamlakatda 9-avgustdan beri davom etayotgan norozilik namoyishlarida aynan oq-qizil-oq rangdagi bayroqdan foydalanmoqda. Bu haqda Meduza xabar qildi.
Oq-qizil-oq rangdagi bayroqni faollashtirish uchun messenjerda “Katta emoji” bandini faollashtirish lozim (ingliz tilida Large emoji).
Biroq xabarda emojidan boshqa yana matn bo‘lsa, u holda bayroq qizil-yashil rangdagi odatiy holida qoladi.
Belarusning “Mir” radiosi o‘z Telegram kanalida emojining almashtirilishini fitna deb atadi, shuningdek, bu kabi holatlarga tushmaslik yo‘llarini ham tushuntirdi. Postga Gitlerning natsistlar ramzi bilan birga tushgan surati ilova qilingan. “Belta” agentligi mazkur xabarni qayta ko‘chirib e’lon qilgan.
Mavzuga doir: Belarusda nima gap? 25-avgustning asosiy voqealari
Izoh (0)