Illinoys universiteti mutaxassislari tajriba doirasida, kelajakda tishlarni kariyesdan himoyalovchi tish yuvish pastasi yaratish imkonini beradigan kimyoviy asosni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tish kariyesining rivojlanishiga og‘iz bo‘shlig‘idagi Streptococcus mutans bakteriyalar sabab bo‘ladi. Avvallari ushbu bakteriyalarni yo‘q qilish uchun rux, mis oksidi yoki kumush ishlatilgan, ammo ushbu birikmalar zararli bakteriyalar bilan birga foydalilarini ham yo‘q qilgan.
Olimlar yechim sifatida tseriy oksidi nanozarrachalari tarkibiga e’tibor qaratgan.Avvaliga ular mikroblarda qanday o‘zgarish bo‘lishini kuzatish uchun, ozuqa eritmali polistrol plastinkalarini, S.mutans bakteriyalari bilan qoplagan keyin tseriy oksidi nanozarrachalarini qo‘shgan. Kuzatish davomida nanozarrachalar bioplyonkaning paydo bo‘lishini 40 foizga kamaytirishi hamda og‘iz bo‘shlig‘i hujayralari uchun kam toksinli ekani aniqlangan.
Mutaxassislar, mazkur zarrachalarni, emalni mustahkamlaydigan ftor bilan qo‘shib, tishlarni kariyesdan himoya qiluvchi pasta yaratishni mo‘ljallagan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)