“Liverpul” “Olimpiakos” himoyachisi Konstantinos Simikas bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, gretsiyalik 24 yoshli futbolchi Mersisayd klubi bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Simikas yangi jamoasida 21-raqam ostida harakat qiladi. Hozircha futbolchining transfer summasi oshkor etilmagan, biroq avvalroq futbolchi “Liverpul”ga 13 million yevroga tushishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Konstantinos Simikas “Olimpiakos” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda Gretsiya chempionatining 20 ta o‘yinida ishtirok etib, o‘z nomiga 5 ta gol va 4 ta sariq kartochkani rasmiylashtirib qo‘ygan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)