Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Takefusa Kubo faoliyatini “Vilyarreal”da davom ettiradi. Bu haqda “qaymoqranglilar” rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Yapon Messisi” laqabini olgan 19 yoshli futbolchi 20220/21-yilgi mavsumni “Vilyarreal” safida ijarada o‘tkazadi. “Sariq suv osti kemasi”da futbolchini sotib olish huquqi bo‘lmaydi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, Madrid klubi mazkur ijaradan 2,5 million yevro ishlab oladi.
2019/20-yilgi mavsumda Kubo “Malyorka” safida ijarada o‘ynadi. U La Ligadagi 35 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rttadan gol va golli uzatmaga muallif bo‘ldi.
Kubo 2011—2015-yillar mobaynida “Barselona” tizimida to‘p tepgan. Professional futbolga Yaponiyada qadam qo‘ygan Takefusa 2019-yilda “Real” a’zosiga aylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)