“Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligt yelkasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga rozi bo‘ldi. Bu jarohat futbolchini noyabr oyidan beri bezovta qilib kelardi.
“Hozir yelkamni operatsiya qilishlari kerak. Jarrohlik amaliyotisiz bo‘lmadi, endi bor e’tiborimni shunga qarataman”, — deydi futbolchi.
Football Italia nashrining xabar qilishicha, futbolchi operatsiyadan keyin noyabr oyiga qadar maydonga tusha olmaydi.
20 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum A Seriya 29 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Turinliklar niderlandiyalik futbolchini 2019-yilning yozida 75 million yevro (yana 10 million bonus) evaziga “Ayaks”dan sotib olgandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)