Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 15-turida “Sonnam” jamoasi 9-avgust, yakshanba kuni “Inchhon Yunayted” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 58-daqiqasida Na San Ho sonnamliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 88-daqiqada futbolchi dublini nishonlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jamshid Iskandarov asosiy tarkibda maydonga tushib, 67-daqiqada zaxiraga olindi.
Parallel kechgan bahsda “Sangju Sangmu” va “Pusan Ay Park” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Unda “armiyachilar” Doston Tursunov jamoasidan ustun keldi. O‘zbekistonlik markaziy himoyachi uchrashuvda to‘liq harakat qildi.
Key-Liga
15-tur bahslari
9-avgust, yakshanba
“Inchhon Yunayted” — “Sonnam” 0:2
Gollar: 0:1 – 58 Na San Ho, 0:2 – 88 Na San Ho“Inchhon Yunayted”: Kim Don Hon, Chon Don Yun, Pak Te Han, Kim Chon Ho, O Ban Sok, Chi On Hak, Agilyar, Kim Do Hyok, Mahazi (Lim In Su, 90), Li Jun Sok, Mugosha.
“Sonnam”: Kim Yon Gvan, Lim Shin Gyom, Li Te Hi, Yon Je Un, Yu In Su, Kim Don Hyon, Iskandarov (Yun Yon Ho, 67), Li Chhan Yon, Pak Te Jun, Na San Ho, Kim Hyon Son.
Ogohlantirishlar: Kim Chon Ho (24), Yu In Su (26), O Ban Sok (57).
“Sangju Sangmu” — “Pusan Ay Park” 2:0
Gollar: 1:0 – 74 Mun Son Min, 2:0 – 90 Mun Son Min.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)