Daryo

Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlari davlat-xususiy sheriklikka beriladi

Prezident bu borada texnik topshiriqlar ishlab chiqish vazifasini topshirdi

1 daqiqa o‘qish44 516 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlari zararga ishlayotgani uchun ular sheriklikka beriladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo”

Bu haqda 5-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishdа ma’lum qilindi. Yig‘ilishda energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Xalqaro ekspertlarning tahliliga ko‘ra, O‘zbekistondagi mavjud aeroportlarni modernizatsiya qilish uchun o‘rtacha 800 million dollar talab etiladi. Shu munosabat bilan Jahon banki bilan birgalikda Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarini “paket prinsipi” (zarar bilan ishlayotgan havo portlarini foyda keltirayotganlari bilan sheriklikka berish) asosida sheriklikka berish bo‘yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 25-may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda aeroportlarni modernizatsiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilangandi.

Shuningdek, raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, Uzbekistan Airways’ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqilgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar