• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning “dala hovlisi”dagi Xitoy va Kreml to‘qnashuvi va Amerika fuqaroligi uchun kurashayotgan Puerto-Riko. Jahon matbuoti sharhi

    Avgust oyining ilk kunidanoq qiziqarli va muhokamabop mavzularni yana davom ettirmiz. Jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi tahlillarini havola etamiz.

    Xitoy AQSh o‘rtasidagi sovuq urush: kim g‘olib bo‘ladi?

    Bugungi Xitoy har tomonlama AQSh bilan jiddiy raqobatni yuzaga keltirgan. Sovuq urush davridagi AQSh va Sovet Ittifoqidan farqli ravishda, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar o‘ta bir-biriga bog‘liqligi sababli ikki mamlakat o‘rtasidagi sovuq urush faqat va faqat AQShga zarar keltiradi, deb yozadi The Washington Post nashri.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Bugun AQSh siyosiy davralarida Xitoy bilan munosabatlar eng yetakchi mavzu. Buni Xitoyning AQSh  milliy manfaatlariga jiddiy xavf solayotgani bilan izohlash mumkin. Tramp “Xitoy virusi”dan qayta saylanish uchun o‘ziga xos strategiya sifatida foydalanmoqda. Hozirda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar 1979-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan beri eng yomon davrlarni boshidan o‘tkazyapti. Iqtisodiy va siyosiy munosabatlar o‘ta yomonlashgan. Bu esa Vashingtondagi siyosatchilar orasida “AQSh va Xitoyning sovuq urushi” degan atamani ham yuzaga keltirdi. Ayrim amerikaliklar esa bunday munosabatlarni yoqlamoqda va Vashington bu siyosiy jangda g‘olib bo‘lishiga ishonadi.

    Biroq ko‘pchilik AQSh va Xitoy o‘rtasidagi sovuq urushda SSSRga qarshi qo‘llanilgan strategiyalar yana ish beradi deb o‘ylab xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Nega? Sovet Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar  Xitoy hamda AQSh o‘rtasidagi aloqalardan keskin farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, SSSR va AQShning iqtisodiy munosabatlari o‘ta darajada chambarchas bog‘liq bo‘lmagan. SSSR va AQSh iqtisodiy sohada raqobatlashmagan, ularning raqobati asosan mafkuraviy siyosiy maydonda yuz bergan. Oqibatda, AQSh bu raqobatda g‘olib bo‘lgan.

    Rasmiy Vashingtonning Pekinga qarshi “sovuq urush”da g‘olib bo‘lishi uchun esa iqtisodiy munosabatlar, bu munosabatlarga bosim o‘tkazuvchi pishanglarning qanday ishlashini tasavvur qilish muhim. Xitoyga ta’sir qilish vositalarini bilmasdan turib, g‘alaba qilish mumkin emas.

    Lekin bu Xitoyning AQShga nisbatan agressiv siyosatiga ko‘z yumish kerak degani ham emas. AQSh Xitoyning agressiv siyosatiga nisbatan xitoyliklar uchun ma’lum oqibatlar olib keladigan, izchil va keng qamrovli siyosat yuritilishi talab qilinadi. Sovuq urush esa ikki mamlakat o‘rtasida kutilmagan qurolli to‘qnashuvlarga  va ikki taraf uchun qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilishiga olib kelishi mumkin. Eng muhimi, AQSh Xitoyga hozirgi kunda ega bo‘lib turgan ta’sirini ham yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Unda nima qilish kerak?

    Avvalo, puxta strategiya o‘ylab toppish lozim. Bu strategiya esa ikki mamlakat o‘rtasidagi nizolarni tartibga solsin. Bu yerda asosiysi g‘alaba emas, asosiysi Xitoy ichida AQSh bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatishga intilayotgan kuchlar yordamida nizoli masalalarni harbiy to‘qnashuvlarga aylanib ketishini oldini olish bo‘lsin. Lekin hozirda amaldagi AQSh hukumati Xitoy  bilan munosabatlardan o‘ziga siyosiy obro‘ ortirish uchun foydalanmoqda va qisqa muddatli siyosat yuritmoqda. Xitoy tarafi esa hozirgi vaziyatda AQSh bilan uzoq muddatli istiqbolda manfaatli bo‘lgan siyosat uchun harakat qilmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Si Szinpinning markazlashgan totalitar tuzumga asoslangan siyosati “Bir kamar, bir yo‘l” rejasi orqali Xitoyni dunyoning iqtisodiy markaziga aylantirishni maqsad qilib olgan. Bu rasmiy Pekinning uzoq muddatli kuchli rejalaridan biri. Shu bilan birga Xitoy hukumati ayrim hududlarga egalik qilishdek agressiv iddaolar bilan chiqmoqda. Ular hattoki Tayvanni ham materik Xitoyning tarkibida ko‘rishni istamoqda. Bunday murakkab vaziyatda AQSh uchun Xitoy bilan munosabatlarini muvofiqlashtirishi borgan sari qiyinlashib bormoqda.

    Xitoy g‘arb jamiyatini texnologiyalar sohasida qaram qilishga bel bog‘lagani ham rasmiy Pekinning uzoq muddatli strategiyalaridan biri. Xitoy eng ilg‘or texnologiyalarni yaratishga kirishgan. Sun’iy intellekt, robototexnika, dasturiy ta’minot, kosmos va kvant fizikasi sohalarida Xitoy yetakchilik uchun harakat qilmoqda va bu sohalarni harbiy sohaga ham qaratgani muhim jihat. Xitoy bugungi xalqaro munosabatlarda texnologiyalar g‘alaba olib kelishini yaxshi tushunib olgan. Aynan shuning uchun ham rasmiy Pekin peshqadam bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda.

    Shunday ekan, AQShning Xitoyga birdan bir javobi uzoqni ko‘ra bilishlik bilan ish tutishidir. Konsulxonalarni yopish, boj ta’riflarini oshirish, xitoylik amaldorlarga sanksiyalar joriy qilish kabi chorlar AQSh va Xitoy o‘rtasidagi keskinlikni oshishiga olib keladi. Natijada, katta va og‘riqli muammolarni hal qilish imkonsiz bo‘lib qoladi.

    Puerto-Rikoning mavhum siyosiy maqomi qachon aniq bo‘ladi?

    Karib dengizi havzasida joylashgan Puerto-Riko bir asrdan beri muxtoriyat va Amerika fuqaroligi uchun kurashib kelmoqda deb yozadi The National Geographic nashri.

    Karib dengizida joylashgan hudud Florida shtatidan minglab chaqirim uzoqlikda joylashgan AQShning federal qonunchiligi amal qiladigan hudud bo‘lsa-da, ammo hozirga qadar Purto Riko aholisi AQSh prezidentligi saylovlarida ishtirok eta olmaydi. Bu esa shu kunga qadar puerto-rikoliklar orasida ayrim siyosiy norozilikka ham sabab bo‘lib keladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qisqacha tarixi

    Puerto-Riko XVI asrda ispan konkistadorlari tomonidan bosib olingan va yuz yillar mobaynida repressiv siyosat, og‘ir soliqlar hudud aholisini qashshoqlikka botirgan. XIX asrga kelib orol aholisi mustaqillik uchun kurash boshlagan. Ispanlar 1868-yilda qurolli qo‘zg‘alonni bostirishga erishgan bo‘lsa-da, orolliklarga ko‘proq erkinlik berishga va shu orqali kelajakdagi nizolarni oldini olishga qaror qiladi.

    Bir nech o‘n yil mobaynida amal qilgan muxtoriyat maqomi 1898-yilda AQSh va Ispaniya o‘rtasidagi urush natijasida yana to‘xtatib qo‘yilgan. 1898-yilning 25-iyul sanasida AQSh Puerto-Rikoni bosib oladi. AQSh va Ispaniya hukumati 1898-yilning dekabr oyida sulh tuzadi va sulhga binoan ispanlar Puerto-Riko ustidan AQSh nazorati o‘rnatilishini e’tirof etadi.

    Puerto-rikoliklar esa muxtoriyatni talab qilishda davom etadi. Shunda AQSh hukumati 1900-yildagi Foraker qonuniga muvofiq puerto-rikoliklarga cheklangan huquqlar berishga majbur bo‘ladi. Huquqshunos olim Xose Kabranes nazarida,  agarda oq tanli amerikalik qonunchilar Puerto-Rikoga shtat maqomini beradigan bo‘lsa, bu o‘z navbatida o‘sha paytlarda AQSh koloniyasi bo‘lgan Filippinga ham bunday huquqni berishga to‘g‘ri kelishini ta’kidlaydi. Bu esa shundoq ham irqchilik kuchayib borayotgan AQShga ijtimoiy va irqiy vaziyatni keskinlashtirib yuborishi mumkin edi. Shu sababdan yuzaga kelgan muammoni AQSh hukumati Puerto-Rikoga cheklangan o‘zini o‘zi boshqarish vakolatini berish orqali hal qiladi. Biroq puerto-rikoliklarga fuqarolik bermaydi.

    1917-yilga kelib, Foraker qonuni Jon-Shafrot qonuni bilan o‘zgartiriladi. Bu qonunga ko‘ra, ko‘plab puerto-rikoliklar AQSh fuqaroligiga ega bo‘ladi, biroq AQSh prezidenti va kongressi Puerto-Riko muxtoriyati qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Jon–Shafrot qonuni, shuningdek, puerto-rikoliklarni harbiy xizmatga jalb etish imkonini ham bergani bois, 20 mingga yaqin puerto-rikoliklar Birinchi jahon urushi davrida AQSh qo‘shinlari tarkibida xizmat qiladi.

    1940-yilga kelib Vatandoshlik haqidagi qonunga binoan puerto-rikoliklarga Puerto-Rikoda tug‘ilganiga qarab vatandoshlik berish masalasi hal qilinadi. Keyinroq, 1950-yilda AQSh hukumati Puerto-Rikoga hududning maqomini o‘zgartirmagan holda konstitutsiya va o‘z inson huquqlari qonuniga ega bo‘lishiga rozilik beradi. Natijada, Puerto-Riko hududi hukumati tuziladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1952-yilga kelib Puerto-Riko Hamdo‘stlik mamlakati degan rasmiy nomga ega bo‘ladi. Aynan shu davrdan beri “hamdo‘stlik” Puerto-Rikoga nima beryapti degan bahs munozaralar yana avj ola boshladi. Ayrim puerto-rikolik qonunshunoslar “biz Pensilvaniya yoki Kaliforniya kabi shtat bo‘lishimiz kerak”, deb iddao qilayotgan bo‘lsa, ayrimlari esa “hozirgi maqom o‘ziga xos ekanini” iddao qiladi.

    Kim haq bo‘lishidan qat’iy nazar, hozirda puerto-rikoliklarda AQSh fuqarolarida bo‘lgan huquq va vakolatlar mavjud emas. Puerto-Riko o‘z vakillarini AQSh prezidentligiga nomzod tanlanadigan majlislarga vakil sifatida yuborishiga qaramasdan, ular ovoz berish huquqidan mahrum. AQSh federal qonunchiligi Puerto-Rikoda amal qilsa-da, puerto-rikoliklar kongresning vakillar palatasida o‘z nomzodiga ega bo‘lsa-da, ular biror bir qonunni qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas. Ular faqatgina vakillar palatasida ma’lum bir qonunlarni ishlab chiqish yoki tahlillarida ishtirok etishlari mumkin. Qiziq jihat shuki, puerto-rikoliklar ijtimoiy xavfsizlik va Medicair nomi bilan mashhur bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasiga pul o‘tkazib keladi.

    Aksar huquqshunoslar nazarida puerto-rikoliklar AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan 14-o‘zgartirishga qaramasdan, AQShning to‘la qonli fuqarolari sanalmasligi bosh qonunning buzlishidir, degan fikrda. Chunki 14-tuzatishda AQSh hududida yoki AQSh federal qonunchiligi amal qiladigan hududlarda tug‘ilganlar avtomatik tarzda AQSh fuqarolari sifatida ko‘rilishi belgilangan. Nazariya va amaliyotning bir-biridan farq qilishi shu yerda aniq ko‘rinib qoladi.

    2017-yilda AQShda o‘tkazilgan saylovlarda asosiy materikda yashovchi amerikaliklarning 54 foizi puerto-rikoliklarni AQSh fuqarolari sifatida ko‘rishini ma’lum qildi va hattoki BMT ham AQSh hukumatiga Puerto-Rikoni koloniya maqomidan chiqarish borasida takliflar kiritdi. Natijada, AQSh hukumati 2017-yilning o‘zida Puerto-Rikoda “Sizlarning koloniyangiz AQShning shtati bo‘lishni istaysizmi?” nomi ostida so‘rov o‘tkazdi. Natijalar esa kutilmagan bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Saylovga puerto-rikoliklarning bor yog‘i 23 foizi keldi. Bu esa shtat maqomini olish uchun kamlik qildi.  Puerto-rikolik muxolifatchilar nazarida esa Puerto-Rikoning shtat yoki mustaqil orol davlat bo‘lishi uchun AQShda referendum o‘tkazilishi kerak, aynan shu referendum qashshoq, AQSh subsidiyalariga yashaydigan orol uchun muhimdir. Sababi esa qashshoq Puerto-rikoliklarning AQShdan keladigan yordami xolis saylovlar yoki referendumlar o‘tkazilishi uchun to‘siq.

    Pandemiyadan keyingi Markaziy Osiyo Xitoy ta’sirida bo‘ladimi?

    Rasmiy Pekin geosiyosiy, etnik qiyinchiliklarga qaramasdan Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qiladi, deb yozadi The Diplomat nashri jurnalisti Aleksey Asiryan.

    So‘nggi o‘n yillikda Xitoy o‘zini Markaziy Osiyodagi eng asosiy o‘yinchi sifatida namoyish qilib kelmoqda. Mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish, energiya zaxiralari importi sohasini zamonaviylashtirish va o‘zining g‘arbiy chegaraoldi hududlarini mustahkamlash uchun Xitoy hukumati Markaziy Osiyodagi infratuzilmalarga yirik sarmoyalar kiritib kelmoqda. “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi esa Xitoyning mintaqadagi nufuzi oshib borayotgan siyosiy loyihalaridan biri sanaladi.

    Koronainqiroz sababli to‘xtab qo‘lgan iqtisodiy munosabatlar Xitoy hukumati uchun o‘zining Markaziy Osiyodagi siyosati haqida chuqurroq mushohada qilishga imkon berdi. Xitoyning koronainqirozdan keyingi Markzaiy Osiyo xususidagi rejalari mintaqa mamlakatlarini nafaqat “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasiga tortish, balki bu yo‘lda  mushkullik tug‘diradigan to‘siqlarni ham bartaraf qilishdan iborat bo‘ladi.

    Post pandemiya davrida Markaziy Osiyo uchun kurash asosan Xitoy va Rossiya o‘rtasida kechsa-da, bu kurashga AQSh va Yevropa Ittifoqi qiziqishi ham kam emas. Lekin Xitoyning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu kurashda Xitoy sarmoyalari Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchun katta tuzoq bo‘lishi bilan birga, mintaqa mamlakatlarini Xitoy ta’siriga ostiga tushishi uchun yaxshi imkoniyat.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Lekin shu bilan birga, Markaziy Osiyo respublikalarida Xitoyga qarshi kayfiyat ham o‘sib bormoqda. Bu, eng avvalo, Xitoyning musulmon uyg‘urlariga nisbatan yurgizayotgan siyosati bilan izohlanadi. Xitoy esa Shinjon Uyg‘ur muxtor viloyatidagi siyosatini qayta ko‘rib chiqishi orqali  markaziy osiyoliklarni fikrlarini o‘zgartirishi ham mumkin. Lekin, ammo, biroq kabi masalalari pandemiyadan aziyat chekayotgan Markaziy Osiyo rahbarlari uchun uyg‘urlar masalasiga ko‘z yumishga ham majbur qilishi mumkin. Va nihoyat, rasmiy Kreml ham Markaziy Osiyodagi ta’sirini yo‘qotishni istamasligi tabiiy. Xitoy Markaziy Osiyo tomon intilar ekan,  bu o‘z navbatida rasmiy Kreml va rasmiy Pekin rahbariyatini six ham, kabob ham kuymaydigan ora siyosatni tanlashga majbur qiladi.

    Markaziy Osiyoning iqtisodiy qaramligi

    Koronavirus pandemiyasi Xitoy iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir qilmoqda, lekin shunday bo‘lsa-da, Xitoy hozirda Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy baquvvat hamkor sifatidagi ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Pandemiyadan so‘ng Xitoy virus bilan bog‘liq inqirozdan oqilona foydalangan holda Markaziy Osiyo respublikalarini o‘z o‘qi atrofida aylanishga undashi hamda ularni “Bir kamar, bir yo‘l” iqtisodiy rejalarini amalga oshirishda yaxshi imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligi ham aniq.

    Koronavirus inqirozi Markaziy Osiyo mamlakatlarida sog‘liqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni, davlat boshqaruvidagi uquvsizlikni va tizimda korrupsiya avj olganini ko‘rsatib qo‘ymoqda. Natijada, Markaziy Osiyo respubliklari virusga qarshi kurashish uchun xorij davlatlaridan virusga qarshi kurashishda yordam so‘ramoqda. Bu esa Markaziy Osiyo respublikalaridagi iqtisodiy vaziyat tang ahvolda qolganidan ham darak bermoqda.

    Xalqaro tashkilotlar Markaziy Osiyo respublikalariga koronainqirozni bartaraf qilish uchun moliyaviy ko‘mak bermoqda. Yevropa Ittifoqi mintaqa mamlakatlariga yordam dasturi doirasida 3,4 million dollar ajratgan. Yanvar oyidagi O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi qarzi 2020-yilning birinchi choragida (yanvar oyi) 24,4 milliard dollarni tashkil qilib turibdi.  Xitoy esa mintaqa mamlakatlariga qo‘lidan kelgan yordamni berishdan bosh tortayotgani yo‘q.

    Mahalliy hokimiyatlar esa markaziy osiyoliklar Xitoyning mintaqadagi ta’siriga qarshi bo‘lmasin, Xitoy sarmoyalarini qabul qilishdan boshqa imkoni yo‘q. AQSh Yevropadagi Ittifoqchilaridan yuz o‘girayotgan bir paytda Markaziy Osiyoda nima bo‘lishi bilan qiziqayotgani yoq, Yevropa Ittifoqining esa Xitoy bilan mintaqada raqobatlashishga imoniyatlari cheklangan, Rossiya mintaqa uchun Xitoy bilan raqobatlashayotgan bo‘lsa-da, ichki muammolar girdobiga tushib qolgan. Xitoy esa buni yaxshi anglagan holda harakat qilmoqda va allaqachon Tojikiston va Qirg‘izistonni Xitoyga iqtisodiy qaram qilib bo‘lgan, Turkmaniston o‘z gazini Xitoydan boshqa davlatga sota olmayotganidan Xitoy sanoatining panjalari ostida qolmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Markaziy Osiyodagi xitoyliklarga qarshi kayfiyat (xitoyliklarning markaziy osiyolik ayollarga uylanish holatini ko‘paygani, xitoyliklarning mintaqadagi sanoat zonalarida ko‘payib qolgani, dunganlar va qozoqlar o‘rtasidagi ixtiloflar) yuzaga kelganiga qaramasdan, aksarlar  Xitoy mintaqa aholisining tijorati uchun yaxshi hamkor bo‘layotganini iddao qilmoqda. Mahalliy hukumatlar esa hozirda kelajakda xitoy va mahalliy aholi o‘rtasida nizo kelib chiqmasligi haqida bosh qotirishiga ham to‘g‘ri kelmoqda.

    Qirg‘iziston hukumati katta hajmdagi nizolarning oldini olish uchun xitoyliklar sarmoyasi bilan qurilgan  qirg‘iz neftni tozalash zavodi loyihasini to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Bu esa Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarda qayd etilgan paradoks. Shinjon qayta tarbiyalash lagerlarida qozoq va qirg‘iz aholisi ham borligi inobatga olinsa, Xitoy va Markaziy Osiyo aloqalaridagi yana bir g‘ov. Shunga qaramasdan, ayrim Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Shinjondagi uyg‘urlar masalasiga ko‘z yummoqda. Lekin markaziy osiyolik huquq faollari Xitoyning uyg‘urlar borasidagi siyosatiga ko‘z yumayotgani yo‘q. Xitoy Markaziy Osiyo bilan barqaror munosabatlarga erishmoqchi ekan uyg‘urlar masalasini qayta ko‘rib chiqishi kerak.

    Markaziy Osiyodagi Rossiya va Xitoy manfaatlari to‘qnashuvi

    Rasmiy Pekinning Markaziy Osiyodagi siyosati Rossiyaga ham bog‘liq. Putin so‘nggi intervyusida Markaziy Osiyoga o‘zining dala hovlisidek munosabatda ekanini bildirib qo‘ydi. Xitoy bu “rus dala hovlisida” ehtiyotkor bo‘lib harakatlanishiga to‘g‘ri keladi. Ammo ikki yirik davlat so‘nggi yillarda yuzaga kelgan siyosiy ixtiloflarni diplomatiya orqali hal qilishga qodir ekanini ko‘rsata oldi. Xitoy iqtisodiy jihatdan Rossiyaga nisbatan kuchli mamlakat ekanini anglagan bo‘lsa-da, ruslar bilan Markaziy Osiyodagi vaziyat masalasida munosabatlarni keskinlashtirmaslikni to‘g‘ri yo‘l deb topdi.

    Kim ham o‘zi obod qilmoqchi bo‘lgan makonda janjal chiqishini istaydi deysiz?! Rossiyaning iqtisodiy jihatdan  Markaziy Osiyoga ta’siri zaiflashib borar ekan, Rossiya va Xitoy hozircha murosa qilib turibdi. Shanxay Hamkorlik tashkiloti esa Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan platforma sifatida yaxshi natija bermoqda. Shunga qaramasdan xitoylik harbiylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi Kreml uchun xavfli signal, ikki mamlakat hozirda bir-biriga qarshi chiqishini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

    Qolaversa, Kreml hozirgi iqtisodiy tanglik sharoitida Pekinga qarshi ham turolmaydi. Xitoy esa Rossiyaning iqtisodiy, harbiy qudratidan oqilona foydalanish ilinjida ekan, Kremlning Markaiy Osiyodagi intilishlariga xalaqit ham qilmoqchi emas. Rasmiy Pekin muvozanat saqlanishi tarafdori.

    Xulosa o‘rnida: Xitoy iqtisodiy salohiyati orqali Markaziy Osiyoning yaxshi biznes hamkori. Biroq Markaziy Osiyodagi xitoy fobiya aloqalarni barqarorlashtirish uchun jiddiy to‘siq. Markaziy Osiyoning Xitoyga nisbatan munosabati esa doim o‘zgarmasdan qoladi degan fikrga uchmaslik ham talab qilinadi. Chunki Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan siyosati Markaziy Osiyoda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Lekin hozircha Rossiya va Xitoy mintaqa borasida kelishyapti ekan, Markaziy Osiyoda hammayoq tinch deyish mumkin.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    01.08.2020, 13:48   Izoh (0)   42389
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Meksika koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqib oldi

    01.08.2020, 11:40

    JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekordni qayd etdi

    01.08.2020, 11:05

    Turkmanistonda hududlararo avtobuslar qatnovi to‘xtatildi, poyezdlar qatnoviga qo‘yilgan cheklov uzaytirildi

    31.07.2020, 22:43

    Buyuk Britaniya hukumati “xavotirli signallar” sabab COVID-19 tufayli joriy qilingan cheklovlarni yumshatmoqchi emas

    31.07.2020, 22:28

    Belarusda prezidentlikka nomzod ayolni qo‘llab-quvvatlash maqsadida so‘nggi 10 yil ichidagi eng yirik miting o‘tkazildi (video)

    31.07.2020, 21:42

    Fotoreportaj: Rossiyada pandemiya vaqtida o‘qilgan Qurbon hayiti namozi

    31.07.2020, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29

    Luka Modrich “Real” bilan rasman xayrlashdi: “Yakunlangani uchun yig‘lama, sodir bo‘lganidan quvon”

    Sport | 25 may, 10:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.