Germaniyaning Der Spiegel nashri “Manchester Siti”ni Sport arbitraj sudida (CAS) ko‘rilgan masala vaqtida yolg‘on dalillarni taqdim etganlikda aybladi.
Avvalroq UEFA “Manchester Siti”ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi sabab ikki yil muddatga Yevrokuboklardan chetlatgan va 30 million yevro miqdorida jarimaga tortgandi. Klub CAS’ga apellyatsiya berdi va sud diskvalifikatsiya bekor qildi, shuningdek, jarima miqdorini 10 million yevroga tushirdi.
Nemis nashrining xabariga ko‘ra, “shaharliklar” direktori Saymon Pirs sud jarayonida homiylik pullari o‘tkazmasi bilan shug‘ullanmaganini aytib, yolg‘on ko‘rsatma bergan. Nashr ushbu ayblovga Pirs va “Manchester Siti”ning titul homiysi Etihad Airways tijoriy direktori Piter Baumgartner bilan yozishmalarini ilova qilgan.
Mavzuga doir: Mourinyo “Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasidan chetlatilmagani haqida: “Bu sharmandali qaror”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)