• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘limlar statistikasi yangi tartibda yuritilishi mumkin

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanib vafot etayotgan bemorlarda COVID-19 laboratoriya tahlillarida tasdiqlansagina ular rasmiy statistikaga qo‘shilmoqda. COVID-19 kasalligining klinik belgilari kuzatilgan, ammo kasallik laboratoriya tahlilida tasdiqlanmagan o‘limlar ayni paytda rasmiy statistikaga qo‘shilmayapti. Bu haqda 30-iyul kuni o‘tkazilgan brifingda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zolari Habibulla Oqilov va Anvar Alimov ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Anvar Alimovning aytishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi bir qator mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston bilan koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘limlarni hisobga olish bo‘yicha muhokamalar olib borgan. Muhokamalarga ikkita masala qo‘yilgan.

    Birinchi masala — COVID-19 tasdiqlangan bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichi. Ikkinchi masala esa kasallik tashxisi laborator jihatdan qo‘yilmagan, ammo klinik belgilar mavjudligi natijasida kelib chiqadigan o‘limlarni COVID-19 natijasida yuzaga keladigan o‘limlar soniga qo‘shish hisoblanadi.

    “Hozir Rossiya buni qabul qila boshladi, Qozog‘iston avgust oyidan boshlab o‘tishga kelishdi. Biz ham keyingi yig‘ilishda ko‘rib chiqmoqchimiz. Komissiyaga tavsiya beramiz. Komissiya tavsiyamizni qabul qilsa, unda COVID-19 tashxisi laboratoriyada PZR tahlili bilan qo‘yilgan qatorida shu tashxis qo‘yilmagan, ammo klinik belgilari bo‘lgan, o‘pka zotiljami yoki boshqa holatlar bilan vafot etganlarni ham shu guruhga qo‘shish masalasini keyingi yig‘ilishlarga qo‘yamiz. Shu asosda Yevropa bergan tavsiyaga biz o‘z munosabatimizni bildiramiz”, — dedi Anvar Alimov.

    Shtab vakilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus o‘limlari bilan bog‘liq chalkash holatning sababi shundaki, COVID-19’ga mo‘ljallangan shifoxonalarda vafot etayotganlar haqidagi ma’lumotlar o‘sha kuni yoki keyinroq berilmoqda, biroq COVID-19’ga mo‘ljallanmagan kasalxonada koronavirusning klinik belgilari bilan vafot etgan bemorlar COVID-19 qurbonlari guruhiga qo‘shilmayapti.

    Habibulla Oqilovning qayd etishicha, koronavirus belgilari bilan uy sharoitida davolanib, ahvoli og‘irlashgach kasalxonaga olib kelingan, ammo koronavirusga tahlil olishga ulgurmay vafot etgan bemorlar COVID-19 qurbonlari qatoriga qo‘shilmagan. Shuning hisobiga chalkashliklar bo‘lishi mumkin.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning klinik belgilari bilan vafot etgan, ammo kasallik laborator tahlilda aniqlanmagan bemorlarni COVID-19 qurbonlari soniga qo‘shish haqidagi taklif ma’qullansa, raqamlardagi chalkashliklar yo‘qoladi.

    Shu paytga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 134 kishining koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 140 nafarni tashkil etmoqda.

    Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan.

    Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq ushbu olti holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Bundan tashqari, taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    30.07.2020, 22:13   Izoh (0)   48499
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Paxtaobodliklar elektr tokidagi muammo sabab “Daryo”ga shikoyat qildi. Mas’ullar esa jurnalistga murojaat qilgan aholini jazolashga urinmoqda

    30.07.2020, 21:58

    Yaponiya Markaziy Osiyoda chigirtkalar bilan kurashish uchun 7,25 million dollar mablag‘ ajratadi

    30.07.2020, 21:27

    Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistondagi 652 ming oilaga moddiy yordam ko‘rsatiladi

    30.07.2020, 21:12

    Behzod Musayevga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi

    30.07.2020, 20:51

    Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi jurnalistga xususiy ajrim chiqarganini aytdi, ko‘p o‘tmay aytgan gapidan ham qaytdi

    30.07.2020, 20:41

    Shahrisabz tumani hokimi ehtiyojmand oilalarga pul tarqatmagani sababli ishdan olindi

    30.07.2020, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20

    “Qizil iplar”: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” yana bir koreys doramasi haqida

    Kino | 9 avgust, 11:00

    Keniyada avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 9 avgust, 10:40

    O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 10:25

    “Tottenhem” Rafael Leau uchun 100 mln yevro to‘laydi

    Sport | 9 avgust, 10:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.