• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Paxtaobodliklar elektr tokidagi muammo sabab “Daryo”ga shikoyat qildi. Mas’ullar esa jurnalistga murojaat qilgan aholini jazolashga urinmoqda

    Andijon viloyatining Paxtaobod tumani “Qayir” mahallasida yashovchi aholi hududda elektr ta’minotida muammo borligini, mazkur masala uch yildan buyon yechimini topmayotganini aytib, shikoyat qildi. “Daryo”ga murojaat qilgan aholining aytishicha, mas’ullar aholini uch yildan beri aldab keladi.

    Mutalibjon Abdukarimov

    Mutalibjon Abdukarimov
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi.

    Aytilishicha, aholi yashovchi hudud Prezidentning 2016-yil 23-noyabrdagi qaroriga asosan tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan 2017—2021-yillarda aholi turar joy massivlarida yangi elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturga kiritilgan. Shunga ko‘ra, Miyanda ko‘chasiga 2019-yilning avgust—sentabr oylarida bir dona transformator o‘rnatish va yangi tarmoq tortish belgilangan. Biroq bu ish qog‘ozda yozilganicha qolgan. Fuqarolar bu haqda barcha tashkilotlarga murojaat qilgan. Ammo natija yo‘q.

    “2018-yil mahallamizda joylashgan 39-maktabda sobiq prokuror ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgandi. Ko‘chamizdagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo bir necha marotaba ko‘tarilgan. O‘shanda tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Ismoiljon 2018-yilning ikkinchi choragida ko‘chamizda nafaqat transformator, simyog‘ochlar ham o‘rnatilib, tomma-tom ulangan simlar qolmasligini va’da bergandi. ‘Katta’larning oldida og‘zini ko‘pirtirib gapirgani uchun so‘zlariga ishonganmiz. Afsuski, 2018-yil tugul 2020-yilda ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Keyin bilsak, ko‘chamizning dasturga kiritilgani yolg‘on ekan”, — deydi mahalla faollari.

    Aholi vakillaridan Mutalibjon Abdukarimovning aytishicha, mavjud elektr toki orqali faqat chiroqni yoqish hamda televizor ko‘rish imkoniyati bor xolos.

    “Olti yildan buyon elektr toki masalasida qiyinchiliklarga duch kelamiz. Qish kelishi bilan yuragimiz bezillaydi. Sababi tokning pastligi, tez-tez bo‘ladigan uzilishlardan charchaganmiz. Ko‘rgan bo‘lsangiz ko‘cha boshida bitta yog‘och ustun bor. U ham talabga javob bermaydi. O‘sha ‘stolba’dan bir qo‘shnimiz o‘ziga sim tortgan. Qolganlar esa qo‘shni xonadonning tomlari orqali ulama tarzda olib kelganmiz. Natijada tokning quvvati oxirgi uyga yetib bormaydi. Bunday holatda tokdan unumli foydalanishning imkoniyati yo‘q. Uyimizga kirsangiz, o‘zingiz guvohi bo‘lasiz. Shu tok orqali bitta lampochka yoqishimiz va xira bo‘lsa ham televizor ko‘rishimiz mumkin. Qo‘shimcha boshqa biror texnikani ishlatolmaymiz. Negaki 220 voltdagi kuchlanish borib-borib, 160 ga yoki undan ham pastga tushib ketadi. Elektr orqali foydalaniladigan maishiy jihozlarning yangisini olamiz, desak bunaqa holatda mablag‘imizga kuyishimiz aniqligini o‘ylab, eski texnikalarni ishlatishda davom etyapmiz”, — deydi Mutalibjon Abdukarimov.

    “Kuz kelishi bilan kunning qisqarishi natijasida kechga yaqin ‘svet’ nuri ham pasayadi. Tabiiyki bu paytda farzandlarimiz dars qilishi kerak. Tok past bo‘lishiga qaramay ular uy vazifalarini bajarishga harakat qilishadi. O‘qitmay desangiz, kelajak shularniki. Sharoit yaratib beray desangiz, shu muammo necha yildirki hal bo‘lmaydi. Biz kattalar-ku mayli yoshimiz o‘tib boryapti, deymiz, lekin bolalarimizning salomatligiga putur yetayotganini ko‘rib achinasan”, — deydi Mutalibjon Abdukarimov.

    “Qayir” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ulug‘bek Bekboyevning aytishicha, aholini qiynayotgan eng katta muammo — shu. Ushbu muammodan sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilarning ham xabari bor.

    Ulug‘bek Bekboyev

    Ulug‘bek Bekboyev
    Foto: “Daryo”

    “To‘rt yildan buyon shu mahallada rais sifatida mehnat qilib kelaman. Nolimaymiz, sekin-astalik bilan bo‘lsa ham mavjud muammolar birin-ketin hal qilinmoqda. Biroq bizni qiynayotgan eng katta muammo — beton ‘stolba’larni o‘rnatish hamda yangi elektr tarmoq liniyalarini tortish bo‘lib qolgan. Ko‘rib turganingizdek, talabga javob bermasa-da, aholi o‘zining moliyaviy sharoitidan kelib chiqib, yog‘och ustunlar o‘rnatib, simlar tortib olgan. Aksariyat xonadonlarga razm solsangiz, tomma-tom o‘zlariga sim tortib olishganini ham ko‘rishingiz mumkin. Bu talab javob bermaydi. Ushbu muammodan sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilarning ham xabari bor”, — deydi Ulug‘bek Bekboyev.

    Bekboyevning qo‘shimcha qilishicha, yuqori tashkilotlar tomonidan har oyda mavjud muammo va kamchiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar so‘raladi. Shunday bo‘lsa-da, kutilgan natijadan hech qanday darak yo‘q.

    “Mahallamizda to‘rtta asosiy ko‘cha bor. Har bir ko‘chaning hisob-kitobini chiqarib, jami 210 ta ‘stolba’ zarurligini bildirganmiz. Har oyda yuqori tashkilotlar tomonidan aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklar so‘raladi. Ishonasizmi, mahalla uchun nima kerakligi yod bo‘lib ketgan. Yo‘llarni asfaltlash, elektr energiyasi, ichimlik suvidagi muammolar yetarlicha. Shunga asosan har safar ma’lumot beramiz. Tegishli tashkilotlar tez orada hal bo‘lishini aytishsa-da, lekin shu kungacha hech qanday natijadan darak yo‘q. Saylovda bizga ishonch bildirgan mahalladoshlarimiz hattoki bugungi kunga kelib hech qaysi so‘zimizga ishonishmay qo‘yishgan”, — deydi Ulug‘bek Bekboyev.

    Raisning ta’kidlashicha, transformator mart oylarida olib kelingan bo‘lsa-da, o‘rnatilmagan.

    Paxtaobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Ismoil Usmonovning aytishicha, transformator ishlar boshlanganini bildirish hamda murojaatchilarning vaqtincha bo‘lsa-da, “tilini tiyish” uchun olib kelingan.

    “Ushbu hududdagi muammo aholining e’tirozlaridan kelib chiqib o‘rganilgan. Shunga asosan 2020-yil uchun manzilli dasturga kiritilgan. Transformator haqida gapiradigan bo‘lsak, aslida buni omborimizga tushirishimiz kerak edi. Aholining e’tirozi va talabini inobatga olgan holda murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmayapmiz, degan ma’noda shu yerga tushirganmiz. Bundan tashqari shu orqali fuqarolarga ishlar boshlanganini ham bildirmoqchi bo‘lganmiz. O‘zi tartib bo‘yicha esa tuman omborimizda saqlashimiz kerak. Transformator bilan birga 10 ta ustun ham olib kelingan. Ustunlar faqat ushbu ko‘cha uchun emas, aksincha ushbu mahalla hududini elektrlashtirish maqsadida keltirilgan. Kengroq joy, deb shu transformatorning oldiga tushirganmiz”, — deydi Ismoil Usmonov.

    Ismoil Usmonovning ma’lum qilishicha, mahallada ishlar dastur bo‘yicha uchinchi chorakda amalga oshiriladi.

    “Ushbu mahallaga dastur doirasida 1,5 kilometr uzunlikdagi 0,4 tarmoq tortiladi. Bundan tashqari 300 metr uzunlikdagi 10 kilovolt kuchlanishdagi tarmoq quriladi. Shuning ichida tarmoq uchun tayanch ustunlar, sim kabeli, ochiq simi – umumiy olganda, noldan boshlab hammasi bajariladi. ‘Stolba’lar belgilangan tartiblar doirasida bir kilometrga qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘yiladi. Hozirda tumandagi boshqa hududlarda barcha ishlar dastur doirasida bosqichma-bosqich qilib borilmoqda. Hech qanday muammosiz uchinchi chorakda dasturdagi ishlar amalga oshiriladi”, — deydi Ismoil Usmonov.

    Ikkinchi sektor kotibi Bobirmirzo Ibrohimovning aytishicha, ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida sektor rahbari – tuman prokurori viloyat elektr tarmoqlari korxonasi bosh direktoriga xat bilan murojaat qilgan.

    “Fuqarolar tomonidan ushbu masala bir necha marotaba ko‘tarilgan. Muammo ikki yildan buyon hal bo‘lmagan. Shundan keyin 2019-yilning noyabr oyida vakolatimiz doirasida viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga amaliy yordam so‘rab, murojaat qilganmiz. O‘shanda ulardan ushbu hudud 2020-yilga mo‘ljallangan manzilli dasturga kiritilganligi aytilib, birinchi chorak davomida amalga oshirish choralari ko‘riladi, degan mazmundagi javob xati olingan”, — deydi Bobirmirzo Ibrohimov.

    Anvar Umaraliyev

    Anvar Umaraliyev
    Foto: “Daryo”

    Paxtaobod tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Anvar Umaraliyevning aytishicha, birinchi chorakda qilinishi belgilangan ishlar karantin tufayli to‘xtab qolgan. Bundan tashqari mana shu sabab bo‘lib, zarur xomashyolarning ham kelishi to‘xtagan.

    Murojaatchilarning xabar berishicha, jurnalistik surishtiruvdan so‘ng tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuv mobaynida mazkur muammo yuzasidan jurnalistlarga murojaat qilingani sabab qilinishi kerak bo‘lgan ishlar 2020-yil davomida ham, undan keyingi yillarda ham hal qilinmasligi aytilgan. Aholini shu tarzda jazolashga qaror qilingani bildirilgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    30.07.2020, 21:58   Izoh (0)   28584
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiya Markaziy Osiyoda chigirtkalar bilan kurashish uchun 7,25 million dollar mablag‘ ajratadi

    30.07.2020, 21:27

    Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistondagi 652 ming oilaga moddiy yordam ko‘rsatiladi

    30.07.2020, 21:12

    Behzod Musayevga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi

    30.07.2020, 20:51

    Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi jurnalistga xususiy ajrim chiqarganini aytdi, ko‘p o‘tmay aytgan gapidan ham qaytdi

    30.07.2020, 20:41

    Shahrisabz tumani hokimi ehtiyojmand oilalarga pul tarqatmagani sababli ishdan olindi

    30.07.2020, 20:26

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    30.07.2020, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi

    Dunyo | 22 iyun, 20:44

    “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar nomi o‘zgardi — TNT Sports

    Sport | 22 iyun, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.