Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Arsenal” klubi Angliya chempionatining 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra 8-o‘rinni egalladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bu londonliklar uchun 1994/95-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natija hisoblanadi. O‘shanda jamoa mavsumni 12-o‘rinda yakunlagandi.

1996-yilda Arsen Venger “Arsenal” boshqaruviga kelgan va 2018-yilga qadar jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning davrida “kanonirlar” 6-o‘rindan quyiga tushmagan edi.

2019/20-yilgi mavsum Mikel Artetagacha London klubini Unai Emeri va Fredrik Yungberg boshqarib borgandi.

Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni “Arsenal” Angliya Kubogi finalida “Chelsi” bilan bahs yuritadi. Undagi g‘oliblik jamoaga Yevropa Ligasi yo‘llanmasini taqdim etishi mumkin.

12 ta gol urilgan “Reding”—“Arsenal” o‘yini yodingizdami? Uni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi