• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropadagi niqob taqishning foydasi va AQSh-Xitoy munosabatlari. 2022-yilgi Olimpiada o‘yinlariga Xitoy mezbon bo‘la oladimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

    Ispanlar va niqob taqish haqida

    Sog‘liqni saqlash tizimi vakillari jamoat joylarida niqob taqish koronavirusdan himoya qiladi degan masalada  yakdil emas, garchi ijtimoiy masofalanish alohida diqqatga sazovar masala bo‘lsa-da, deb yozadi The El Pais nashri. Ispaniya ko‘chalarida ko‘plab ispanlarning niqob taqib yurganiga duch kelish mumin. Shunday bo‘lsa-da, restoran, pivo barlarda aksar yoshlarning niqobsiz yurgani kuzatiladi. Ispaniya Buyuk Britaniya, Fransiya kabi davlatlar COVID-19 pandemiyasidan ancha aziyat chekdi. Ko‘plab odamlar virusga chalindi, ko‘plab qurbonlar bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ispanlar italyanlar kabi virusdan himoya qiluvchi dastlabki chora sifatida niqob taqib yurishga odatlandi va tibbiyot mutaxassislarining fikrlariga amal qildi. Bir necha oy qattiq “lokdoun”ni kechirgan ispanlar yaponlar kabi jamoat joylarida gripp va virus keng yoyilgan paytida shaxsiy xavfsizlik eng asosiysi ekanligini tushunib yetdi. Mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda  ispanlarning 65 foizi niqob taqish bu pandemiya sharoitida eng to‘g‘ri  yo‘l ekanini qayd etdi. 28 mingga yaqin ispanlarning koronavirusdan vafot etishi ma’lum bir ma’noda ispanlarni sergak tortishga undadi.

    O‘tgan haftada koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan Ispaniyada lokdaun ancha yumshatilgan bo‘lishiga qaramasdan bir qator Ispaniya viloyatlari Kataloniya tatbiq qilgan ijtimoiy masofani saqlagan holda jamoat joylarida niqob taqish majburiyligi qoidasiga amal qila boshladi. Ispaniyadagi 17 viloyatni istisno etganda, faqat Kanar orollari va poytaxt Madridda niqob taqishga hojat yo‘q degan qaror qabul qilishdi.

    London qirollik kolleji va YouGoV sayti o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovlar natijasida ispanlar yevropaliklar orasida niqob taqish eng ko‘p uchraydigan mamlakat ekani aniqlandi. Ispanlarning oltmish foizi Osiyo mamlakatlaridagi aholi kabi niqob taqishni virusdan himoyalanishning maqbul yo‘li sifatida e’tirof etdi. 35 foiz finlar esa niqob taqish joiz emas degan javobni belgilagani uchun Yevropadagi karantin qoidalariga amal qimayotgan xalq sifatida tasavvur ham uyg‘otdi va xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiylarini nazardan qochirayotgani ham ma’lum bo‘lib qoldi.

    Ispaniya hukumati 2-maydan boshlab jamoat transportlarida niqob taqib yurish majbiruyligini, 22-may sanasidan ijtimoiy masofa saqlashga qat’iy amal qilishni belgiladi. Bundan ikki oy muqaddam Chexiya hukumati hattoki supermarketlarda ham niqob taqish majbirligini belgilagan edi.

    May va iyun oyi o‘rtalarida niqob taqish ortidan kasallanish kamayganini ko‘rsatuvchi makro tahlillar esa ispanlarni niqob taqishning foydasi borligiga ishontirdi. Tadqiqot boshlangan paytlarda 20 foiz ispanlar niqob taqmasligini bildirgan bo‘lsa, tadqiqot oxirlariga borib niqob taqmaydiganlar foizi ko‘rsatkichi 7,3 foizga tushdi. Badaxpz va Xaen viloyatlarida deyarli barcha ispanlar niqob taqayotgani ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, Bask o‘lkasining Gipiskoa viloyatida aholi e’tiborini xavfsizlik masalasiga qaratgani ma’lum bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Niqob taqish doim majburiy bo‘lishi odat tusiga kirishi kerakmi?

    Madriddagi Ramon I Kaxal shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh shifokori nazarida ijtimoiy masofa saqlansa-da, niqob taqish pandemiya sharoitida kasallikdan himoyalanishda o‘ta muhim. Uning nazarida, niqob taqmaydiganlarni jamiyat qonunlarini qo‘pol ravishda buzayotganlarga tenglashtirish mumkin. Ispaniya yuqumli kasalliklar va klinik mikrobiologiya uyushmasi matbuot kotibi Maria del Mar Tomas nazarida esa niqob taqish hozirgi sharoitda virusdan o‘zini himoya qilishning eng yaxshi vositasidir.

    Biroq boshqa mutaxassislar nazarida bi inson huquqlarini cheklashdir. Ispaniya Aholi salomatligi va sog‘liqni saqlash uyushmasi epidemiologi Abdre Buron fikricha, niqob taqish faqat do‘konga kirganda, jamoat transportidan foydalanganda yoki boshqacha qilib aytganda virusni yuqtirish xavfi bo‘lgandagina o‘rinlidir. Boshqa holatlarda esa niqob taqishni majburlash agar ijtimoiy masofa saqlangan bo‘lsa, be’manilik.

    Boshqa mutaxassilar nazarida qat’iy joriy etilgan karantin ispanlarda niqob taqish borasida fikrlarni o‘zgartirishga sabab bo‘lgan va ispanlar bu orqali virusdan himoyalana olish mumkinligi haqida boshqa Yevropa mamlakatlaridagilardan farqli o‘laroq ancha yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lgan. Qattiq lokdaun ispanlarni pandemiya sharoitida niqob taqish borasida ancha sergak qilib qo‘ygani chin bo‘lsin.

    Xitoyda 2022-yil olimpiadasi qoldiriladimi?

    The Byline Times nashrining yozishicha, Xitoy uyg‘ur xalqiga nisbatan shafqatsiz genotsid siyosatini yurgizishdan, ularni ta’qib qilishdan tiyilmas ekan, 2022-yildagi Olimpiada o‘yinlariga Xitoy mezbonlik qilmasligi kerak.

    Nashr mualliflari Olimpiada o‘yinlari va siyosat borasida o‘xshashliklarga to‘xtalar ekan, Xitoy va natsist Gemaniyasining ichki va tashqi siyosatidagi o‘xshashliklarga urg‘u berdi. 1922-yilning boshlarida Adolf Gitler “hokimiyat tepasiga kelsam eng asosiy vazifam yahudiy millatini yer yuzidan yo‘q qilish bo‘ladi”, deb aytgandi. Oradan o‘n bir yil vaqt o‘tib Gitler rahbarligi ostida natsistlar Germaniyada hokimiyat tizginlarini o‘z qo‘liga oldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 1931-yilda yozgi olimpiada o‘yinlarini Berlinda o‘tkazilishini tasdiqladi. 1933-yilda esa hokimiyat tepasiga kelgan Gitler  Veymar Respublikasini qonga botirgan, natsistlarning “Feolkisher Beobaxter” gazetasida 1936-yildagi olimpiada o‘yinlarida yahudiylar ishtirok etmasligi haqida bayonot beriladi. Germaniya tashqi bosimlar natijasida keyinchalik olimpiada o‘yinlarida yahudiylar ham, qora tanlilar ham olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqiga egaligi haqida fikrlarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi. Oradan 10 yil o‘tib esa Gitler olti millionga yaqin yahudiylarni natsist lagerlarida qurbonlikka keltiradi, bu esa Xalqaro olimpiada o‘yinlari tarixida so‘nggi ikki ming yillikda kuzatilmagan voqea bo‘ldi.

    Xitoyda o‘tkazilishi belgilangan olimpiada so‘nggi 80 yillikda Xalqaro olimpiada qo‘mitasi oldida katta muammoga aylangan. 2015-yilda Xaqlaro olimpiada qo‘mitasi qishki olimpiada o‘yinlarini Pekinda o‘tkazilishini tasdiqlab qo‘ydi-yu, Shinjon uyg‘ur avtonom respublikasida uyg‘ur xalqi huquqlari kamsitilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilikka oshkor bo‘lib qoldi. Uyg‘ur xalqiga qarshi qaratilgan qiynoqlar, oilalarning bir-biridan ajratilishi, majburiy nikohlar, ommaviy qatllar, sterilizatsiya,  Shinjondagi masjidlarning buzlishi – diniy erkinlikkka qarshi tajovuzlar kabi ma’lumotlar sekin-asta OAVga sizib chiqa boshladi.

    Bunday qo‘rqinchli voqealar kuzatilayotgan Xitoyga olimpiada o‘yinlarini berish qanchalik to‘g‘ri, mazkur savol bugun Xalqaro olimpiada qo‘mitasi vakillari bilan birgalikda dunyo jamoatchiligini o‘ylantirib qo‘ydi. Nima bo‘lganda ham hozirda Xitoy kommunistik partiyasining uyg‘urlarga nisbatan olib borayotgan siyosati natsistlarning yahudiylarga nisbatan olib borgan siyosatidan keskin farq qilmaydi. Faqat vaqt va jo‘g‘rofiya bundan mustasno. Natsistlar Yevropaning yuragida, Xitoy esa Osiyoning bag‘rida joylashgan jog‘rofiy hudud.

    Olimpiada o‘yinlarining Xitoyda o‘tkazilishini qoldirish Xitoyning BMT xavfsizlik kengashining a’zosi bo‘lishi bilan ham izohlanadi, biroq Xalqaro olimpiada qo‘mitasi uchun xitoylik rasmiylarning uyg‘urlarga nisbatan mamlakatda yurgizayotgan siyosatni boshqatdan ko‘rib chiqishlariga zamin beruvchi pishang ham bo‘lishi mumkin. Sababi Xitoy o‘z iqtisodiy salohiyatini barchaga ko‘z-ko‘z qilishga Pekinda o‘tkaziladigan olimpiada o‘yinlaridan yaxshi qurol sifatida foydalanadi, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi shuning uchun ham o‘z qarori bilan bundan yaxshigina foydalanishi mumkin va shunday ham qilishi maqsadga muvofiq.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Biroq Xalqaro olimpiada qo‘mitasi Xitoyga Pekinda qishki olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga imkon bersa, bu faqat Xalqaro olimpiada qo‘mitasi o‘tmishdan kerakli saboq olmagani-yu, siyosiy iroda yetishmagan xalqaro tashkilot sifatida yana bir qora tarixni o‘z sahifasiga yozib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Oldinda esa ikki yil vaqt bor Xalqaro olimpiada qo‘mitasi hali hech narsani boy bergani yo‘q. Vaqt esa to‘xtab turmaydi.

    Xitoyning Xyustondagi konsulxonasi yopilishi qanday oqibatlarga olib keladi?

    AQSh hukumatining Xyustondagi Xitoy konsulxonasini yopishi ortidan AQSh Xitoy munosabatlari yanada keskinlashib ketishi mumkin, deb yozadi The Stratford nashri. Bunga qadar rasmiy Vashington va Xitoy o‘rtasida savdo urushlari, keyinchalik esa “Xitoy virusi” atrofidagi dahanaki janglar ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyatga ancha salbiy ta’sir qilib ulgurdi.

    21-iyul sanasida rasmiy Vashington Xitoy hukumatiga Texas shtati Xyuston shahridagi konsulxonasini yopish uchun 72 soat vaqt berganini ma’lum qiladi. AQSh davlat departamenti Xitoy konsulxonasini yopilishiga sabab sifatida konsulxona muntazam tarzda AQSh suverinitetiga xavf tug‘dirib kelganlik, aqliy mulk huquqlarini buzganlik va iqtisodiy josuslik harakatlarini dastaklaganlik ayblovlari bilan izohladi.

    So‘nggi paytlarda AQSh rasmiy doiralari Xitoy hukumatining Vashingtondagi elchixonasi va boshqa shtatlardagi konsulxonalarida josuslik xizmati yo‘lga qo‘yilgani va ular ortidan FQB bir necha yil mobaynida kuzatayotganini bildirdi. Sharqiy Osiyo va Tinch okeani hududi masalalari bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Devid Stiluel Xyustondagi Xitoy konsulxonasi AQShdagi ilmiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun harakat qilish holatlari sezilarli darajada ko‘payganini ta’kidladi. O‘z iddaolarini mustahkamlash uchun Devid Stiluel yaqinda Xyustondagi bosh konsul va yana ikki xitoylik diplomatlar soxta hujjatlar bilan qo‘lga tushganini ochiqladi.

    21-iyul sanasida AQSh adliya vazirligi ikki xitoylik shaxsni rasmiy Pekin ko‘rsatmalari asosida AQShda xakerlik bilan shug‘ullanib kelganlikda ayblab chiqdi. Hozirda xakerlarga nisbatan COVID-19 vaksinasini ishlab chiqarish jarayoniga aloqador ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinish ayblovlari e’lon qilingan. Ayblovlarda, shuningdek, xakerlar Xitoy xavfsizlik xizmati vazirligi topshiriqlariga binoan harakat qilgani ilgari suriladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rasmiy Vashingtonning bunday tadbirga qo‘l urishi, eng avvalo, Xitoyga nisbatan bosim qilish bilan izohlanadi. Shu bilan birga, AQSh Xitoy bilan savdo urushlaridan keyin erishilgan savdo bitimlarining birinchi bosqichi natijalarini xavf ostida qoldirishni istamaydi. Agar konsullik haqiqatdan ham josuslik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, u holda AQSh milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun Xitoy konsulxonasini yopishini oqlasa bo‘ladi, biroq bu ayblovlar o‘z tasdig‘ini topmaydigan bo‘lsa, Oq uy shunchaki noyabrda bo‘lishi kutilayotgan saylovlardan oldin rasmiy Pekinga nisbatan keskinroq siyosat yurgiza olishini namoyish qilishdir.

    14-iyul sanasida Donald Tramp Gongkong muxtoriyati haqidagi qonunga imzo chekkan va bu qonun bir qator xitoylik va gongkonglik amaldorlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga yo‘l ochgandi. Biroq Vashington Xitoy bilan erishilgan AQSh uchun manfaatli bo‘lgan savdo bitimlaridan voz kechmoqchi emas, shu sababdan ham Oq uy keskin harakatlarni boshlashdan o‘zini tiyib turmoqda.

    Yana bir misol, Xitoy hukumati Janubiy Xitoy dengizidagi bir qator hududlarga da’vogarlik qila boshlashi ortidan AQSh davlat departamenti 13-iyul sanasida keskin bayonot bilan chiqqan bo‘lsa-da, rasmiy Vashington Xitoy harakatlariga nisbatan hech narsa qilmadi va ko‘z yumib qo‘ya qoldi.  Bunday xatti-harakatlar esa so‘nggi bir necha oy davomida ko‘p takrorlanmoqda. May oyida Vashington mamlakatdagi Xitoy OAVlariga nisbatan cheklovlar tatbiq qildi, o‘z navbatida, rasmiy Pekin ham Xitoydagi bir qator OAV vakillarini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bunday siyosat esa har ikki taraf ham mavjud vaziyatni o‘ta keskinlashtirmoqchi emasligiga ishora.

    Xyustondagi konsulxonaning yopilishi ortidan Xitoy qanday choralar ko‘rishi mumkin? Birinchidan, Xitoy hukumati AQSh xalqaro huquq normalarini va ikki tomonlama elchixona va konsulxonalar ochish haqidagi bitimni qo‘pol ravishda buzganlikda ayblab chiqadi va Xitoydagi dipmissiyalarni mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkin. 22-iyul sanasida Xitoydan nashr qilinadigan The Global Times nashri xitoyliklar AQShning Gongkong va Makaodagi konsulxonalarini yopilishi haqida fikr sizdirdi. Pekin esa hozirda Uxandagi AQSh konsulxonasini yopishga urinayotganini ma’lum qildi. Agarda Xitoy hukumati Gongkongdagi AQSh konsulxonalarini yopadigan bo‘lsa, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar ancha jiddiy tus oladi. Xitoy hukumati shundoq ham Gongkong atrofidagi mashmashalarni yanada kuchaytirib yuboradi.

    Yoki Xitoy hukumati AQShning Chendu, Shenyandagi konsulliklarini yopishni boshlaydi. Ayniqsa, Shenyandagi konsulxonaning yopilishi AQShnig Shimoliy Koreya bilan ishlash rejalariga ancha halaqit beradi. Shuningdek, Xitoy rasmiylari AQShning diplomatik korpus vakillariga koronavirus inqirozini vaj qilib, mamlakatga kirishida byurokratik to‘siqlar qo‘yib qo‘yishi mumkin.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    26.07.2020, 14:25   Izoh (0)   72794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Somalida gumanitar yuklarni olib kelgan samolyot qo‘rqib ketgan eshaklar sabab falokatga uchradi

    26.07.2020, 13:16

    Pandemiya tufayli dunyoda xususiy orollarga talab ortib borayotgani ma'lum qilindi

    26.07.2020, 11:23

    KXDR birinchi marta COVID-19’ga gumonlanish holati haqida xabar berdi, Keson shahri karantinga to‘liq yopildi

    26.07.2020, 09:36

    Koronavirusni sezuvchi itlar, yonayotgan samolyot, niqobli modellar. Hafta suratlari

    25.07.2020, 22:32

    Tojikiston strategik tadqiqotlar markazi direktori koronavirus infeksiyasi mamlakat uchun fojiali bo‘lmagani sabablarini ma’lum qildi

    25.07.2020, 21:50

    Moskvada Qurbon hayiti namozi tashrif buyuruvchilarsiz faqat jome masjidida o‘qiladi

    25.07.2020, 20:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.