• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kommunistlar va dindorlarning to‘qnashuvi. Afg‘oniston qirolligini respublikaga aylantirgan davlat to‘ntarishiga 47 yil to‘ldi

    1973-yil 17-iyul kuni Afg‘onistonda davlat to‘ntarishi amalga oshirildi. Ushbu to‘ntarish natijasida Afg‘onistondagi monarxiya rejimi tugatildi va Afg‘oniston respublika deb e’lon qilindi. “Daryo” bugungi maqolada Afg‘onistonda barqarorlikni izdan chiqargan ushbu hodisa tafsilotlari haqida so‘z yuritadi.

    Mavzuga doir:

    • Biz bilmagan Afg‘oniston. Amir Omonullaxonning liberal islohotlari tarixi

    Tarixga nazar

    Afg‘oniston haqida gap ketganda ko‘pchilik ushbu davlatda har doim hozirgidek beqaror vaziyat hukm surgan, doimiy urushlar girdobida bo‘lgan davlat sifatida qaraydi. Aslida ham shunday bo‘lganmi? Umuman Afg‘oniston tarixda qanday davlat bo‘lgan? Uning bugungi beqarorligi qachon boshlangan? Bularni bilish uchun tarixiy faktlarni izlab o‘rganish kerak bo‘ladi.

    Foto: Wikipedia

    Afg‘oniston davlatiga XVIII asrda Ahmad Shoh Durroniy tomonidan asos solingan. Pashtunlardan bo‘lgan Durroniy barcha qabilalarni mustaqil Afg‘oniston davlatiga birlashtirgan. Uning chegaralari Dehliga yetib bordi. Bu Markaziy Osiyodagi turkiy bo‘lmagan ilk davlat edi.

    Afg‘onistonni 1880-yildan 1978-yilgacha oltita hukmdor boshqargan bo‘lsa, ulardan beshtasi amir, bittasi prezident edi. Ular orasida faqatgina Amir Abdurahmon (1880–1901) hali taxtda ekanida o‘z ajali bilan o‘lgan bo‘lsa, qolganlari davlat to‘ntarishi oqibatida taxtdan tushirilgan. Habibulloxon, Nodir Xon va Muhammad Dovudxonlar to‘ntarishdan keyin o‘ldirilgan bo‘lsa, Omonullaxon va Muhammad Zohirshohlar surgun qilingan.

    XIX asrdan boshlab mamlakat geosiyosiy manfaatlar to‘qnashgan nuqtaga aylandi. Dastlab, Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyasi hudud uchun qiziqish bildirgan bo‘lsa, XX asrga kelib, AQSh va SSSR o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashgan nuqta bo‘lib qoldi. Bu, ayniqsa, XX asrning 50–60-yillari ancha kuchaydi. Shu yillardagi hukmdor mamlakatning so‘nggi monarxi bo‘lgan Muhammad Zohirshoh edi.

    Muhammad Zohirshoh boshqaruvi

    Muhammad Zohirshohning 40 yillik boshqaruv davri Zamonaviy Ag‘oniston tarixida eng barqaror va rivojlanish davri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U taxtga 1933-yilda otasining o‘ldirilishidan keyin chiqdi. Dastlabki ta’limni Kobuldagi fransuz litseyida, keyin esa Parijda davom ettirdi. 1932–1933-yillarda Urush vaziri, 1933-yilda Ta’lim vaziri bo‘lgan. Taxtga o‘tirganidan keyin esa 1934-yilda Afg‘oniston Millatlar ligasiga a’zo bo‘ldi. 1936-yilda SSSR bilan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi. 1937-yilda esa Turkiya, Eron, Iroq kabi davlatlar bilan bir qator paktlar imzolandi.

    Ma’lumki, Afg‘oniston turli millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va qabilalardan tashkil topgan davlat. Ularning barchasini jamlaydigan maxsus majlis Loya Jirg‘a deb ataladi. Zohirshoh 1940-yilda davlatning Ikkinchi jahon urushidagi betaraflik maqomini muhokama qilish maqsadida Loya Jirg‘ani chaqirdi. Mamlakatda asosiy kuch Pashtunlar qo‘lida edi va ular qolgan barcha guruhlar ustidan nazorat qilar edi. Davlatning pashtunlashishiga qarshi 1950-yillarda hazoralar qurolli qo‘zg‘alon ko‘tardi.

    Foto: Google Photos

    Mamlakat 1946-yilda BMTga a’zo bo‘ldi. 1947-yilgi Hindiston va Pokistonning bo‘linishi, Zohirshohga Pashtuniston g‘oyasini ilgari surishga imkon berdi. U Abdurahmonxon hukmronligi davrida Afg‘onistondan tortib olingan pushtunlar yashaydigan hududlarni qaytarilishini talab qildi va 1893-yilgi Hindiston va Afg‘oniston chegaralarini belgilagan Dyurand chizig‘iga doir barcha kelishuvlarni tan olmasligini e’lon qildi. Pokiston bilan mavjud taranglik va 1950-yilgi Afg‘oniston tovarlariga qo‘yilgan blokada sababidan Zohirshoh Sovet Ittifoqiga yuzlana boshladi.

    1953-yilda mamlakatda Muhammad Dovudxon bosh vazir etib tayinlandi. U amirning jiyani edi. Dovudxon, shuningdek, SSSR bilan munosabatlarda ko‘prik vazifasini ham o‘tardi. 50-yillarda Afg‘onistonga Amerika va SSSR ko‘plab investitsiyalar kirita boshladi. Mamlakat janubiga Amerika kompaniyalari kirib kelgan bo‘lsa, shimolda SSSR bir qator loyihalarda ishtirok etdi.

    Shuningdek, AQSh Afg‘onistonning Pokiston bilan munosabatlarida mudofaa masalalarida ham harbiy jihatdan ko‘mak berayotgan edi. SSSR esa asosan iqtisodiy loyihalarda qatnashdi. Jumladan, suv to‘g‘onlari, elektrostansiyalar, zavodlar qurish ishlarida qatnashdi. Shu bilan birgalikda, harbiy tomondan ham o‘z rejalarini amalga oshirishga ham beparvo bo‘lmadi. Afg‘on harbiylariga asosan Sovet ofitserlari ta’lim berardi.

    Zohirshoh 50-yillar oxiridan boshlab mamlakatni demokratlashtirishga bel bog‘ladi. 1959-yilda ayollarga ta’lim olish va ularga paranjida yurmaslik huquqini berdi. 1963-yilda Dovudxon bosh vazir lavozimidan ozod etildi. 1964-yilga kelib Zohirshoh yangi konstitutsiya ishlab chiqishni buyurdi va Parlament buni tasdiqladi. 1964-yil 9-sentyabrda qabul qilingan konsitutsiya Fransiyada V Respublika konstitutsiyasidan ilhomlangan edi. Konstitutsiyaga ko‘ra, so‘z va matbuot erkinligi, ayollarga ovoz berish huquqi berildi. Qirol oilasi a’zolariga hukumat ishlarida ishlash taqiqlab qo‘yildi. Mamlakat 1931-yili e’lon qilingan parlamentar monarxiyadan konstitutsiyaviy monarxiyaga o‘zgardi.

    Muhammad Zohirshoh Yevropa davlatlari bo‘ylab ko‘plab safarlarga chiqdi. Bir  qator nufuzli davlat rahbarlari bilan uchrashib ulardan ilhom olishga qaror qildi. Qirolning ayoli esa mamlakatda paranjisiz ko‘rinish bergan ilk ayol bo‘ldi. Mamlakatda muxolif partiyalar tashkil qildi. Jumladan, kommunistik partiya va islomiy partiyalar ham shu davrda tashkil etildi. 1963-yildan 1973-yilgacha bo‘lgan davr Afg‘oniston tarixida “demokratik o‘n yillik” yoki “oltin davr” deb nomlandi. Mamlakat turistlarning eng sevimli yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Sababi, mamlakat juda boy tarixiy obyektlarga ega edi.

    Foto: Google Photos

    Mazkur o‘zgarishlar katta shaharlar, jumladan, poytaxt Kobulda kechayotgan bo‘lsa, mamlakatning qolgan qismi – qishloq joylar hamon an’anaviy jamiyatda istiqomat qilar edi. Mazkur o‘zgarishlar ularni bir muncha shoshirib qo‘ydi. Hatto ular o‘zlarini ajratib qo‘yilgandek his qildi.

    Davlat to‘natirishi

    60-yillarning oxiriga kelib vaziyat og‘irlasha boshladi. Mamlakatdagi qurg‘oqchilik olib kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar qarshisida qirolning obro‘si pasaya boshladi. Bunga qo‘shimcha ravishda yangi g‘oya – kommunizm g‘oyasi mamlakat yoshlari ongini egallay boshladi. Ko‘plab yoshlar Sovet universitetlarida tahsil olib qaytgan edi. Aynan mazkur yoshlar kommunizm g‘oyasi tashuvchilari bo‘lib qoldi.

    Mamlakatda teng huquqlilik, ayollar huquqlari kabi masalalar ko‘tarila boshladi. 1968-yilgi Parijda va ko‘plab boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tgan talabalarning isyoni Afg‘oniston yoshlariga ham ta’sirini ko‘rsatdi. Mamlakat kommunistlari SSSR va Kubadagi kabi inqilob orzusida yona boshladi.

    Bu haqda Fransiyaning ARTE telekanaliga bergan intervyusida Afg‘oniston kommunistlarining yetakchilaridan biri Farid Mazdak shunday deydi: “O‘sha vaqtlarda biz juda xayollarga beriluvchan edik. Mamlakat va dunyo haqida fantastik qarashlarni ilgari surishni istardik. Biz ko‘proq realist emas, balki idealist edik. Men so‘l partiya bo‘lgan Afg‘oniston Xalq Demokratik partiyasiga a’zo bo‘ldim. Mening tengdoshlarim uchun mamlakat o‘zgarishi muhim edi. Bu bizning orzumiz edi. Biz, shuningdek, diniy sohada ham o‘zgarishlar bo‘lishi istardik”.

    Kommunistik g‘oya Xudoga ishonishni inkor etishi sababli, kommunizm Afg‘onistonda qattiq qarshilikka uchradi. Xalqning asosiy qismi musulmon bo‘lgan jamiyat uchun bu qabul qilib bo‘lmas g‘oya edi. Mamlakat, xususan, universitetlar yoshlari ikki lagerga bo‘linib qoldi. Universitet haqiqiy porox solingan bochka edi. Ikki tomon ham o‘z tarafdorlarini yig‘ib turli xil namoyishlar, yig‘inlar ma’ruzalar qilardi. Shu paytlarda Hizbi islom partiyasi lideri mamlakatning 1993–1994-yillardagi bosh vaziri Gulbuddin Hikmatyor musulmon qadriyatlarni himoya qilib chiqdi.

    Qirol Zohirshoh.

    Qirol Zohirshoh.
    Foto: Google Photos

    70-yillarning boshida yuz bergan qurg‘oqchilik va ochlik oqibatida minglab odamlar halok bo‘ldi. Qirolning reytingi pastga sho‘ng‘idi. Bu paytda  lavozimidan ayrilgan va buni ko‘ngliga qattiq olgan sobiq bosh vazir Muhammad Dovudxon davlat to‘natirishi tayyorlay boshladi. Bu maqsadda u armiya ofitserlari va muxolifat qarashidagi qurolli kuchlar bilan hamkorlik qildi. Bu harbiylarning aksariyati Sovet Ittifoqida tahsil olgan harbiylar edi. 1973-yil 25-iyun kuni qirol Zohirshoh davolanish va dam olish maqsadida Angliyaga va Italiya safariga uchib ketdi.

    Bundan foydalangan bir guruh Dovudxon boshliq harbiylar inqilob vaqti yetganini payqadi va 16-iyul kuni qirol saroyini egallab oldi. Qirol oila a’zolari, jumladan, valiahd Ahmad Shox va marshal Shoh Valilar ham hibsga olindi. Qurolli kuchlar va hukumat a’zolari o‘rtasidagi barcha aloqa kanllari va liniyalari to‘sib qo‘yildi. Shuningdek, hukumatning bosh vazir Musa Shafiq boshliq a’zolari ham hibsga olindi. Barcha hukumat binolari va strategik ahamiyatga ega obyektlar, pochta, telegraf, telefon, bank, aerodromlar ham inqilobchilar tomonidan egallab olindi (The New York Times (July 18, 1973): Afghan King Overthrown; A Republic Is Proclaimed).

    17-iyul kuni erta tongda Muhammad Dovudxon Kobul radiosi orqali chiqish qilib, monarxiyaning tugatilganini va respublika e’lon qilinganini ma’lum qildi. U o‘z nutqida so‘nggi o‘n yillikda demokratiya anarxiyaga, konstitutsion monarxiya esa mustabid tuzumga aylanganini qayd etdi. Boshqaruv to‘liq izdan chiqib, mamlakat iqtisodiy jihatdan inqirozga yuz tutganini aytdi. “Tizim va davlat apparati shunchalik parchalanib ketdiki, ular endi biron-bir islohotga ahamiyat qilmay qo‘yishdi... Barcha vatanparvarlar, ayniqsa, Afg‘onistonning vatanparvar armiyasi bu chirigan tizimni to‘xtatishga va mamlakatni baxtsizlik tubidan olib chiqishga qaror qilishdi” (President and Prime Minister M.Daoud’s Speeches of July 17 and August 23, 1973. — Kabul: Government Printing Press, 1973. — P.1-3.).

    Shunday qilib, 1747-yilda tashkil topgan Afg‘onistondagi monarxiya tugadi va Respublika tuzumi o‘rnatildi. Bu paytda Italiyada bo‘lgan qirol Zohirshoh qon to‘kilishini istamay, taxtdan voz kechganini e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Inqilobdan keyin

    Muhammad Dovudxon respublikaning birinchi prezidenti bo‘ldi. Uning hukmronligi davrida kommunistlar hukumat tepasiga keldi. Afg‘on kommunistlarining orqasida esa Moskva turdi. Afg‘on armiyasi Sovet harbiy qurollari bilan qurollantirildi. Davlat to‘ntarishining guvohi bo‘lgan Kobul yuqori doiralaridan chiqqan jurnalist Zuhra Yusuf inqilobning ilk kunlari haqida shunday hikoya qiladi: “Davlat to‘ntarishining ertasi kuni odamlar xursand edi. Ular yangi prezident bilan hammasi yaxshi bo‘lib ketishi, mamlakat rivojlanishi, barchasi boshqacha bo‘lishi haqida suhbatlashishardi”.

    Dovudxon islohotlar o‘tkazishga va’da berdi. Katta yer egaligi tugatilib, yerlar dehqonlarga bo‘lib berilishi e’lon qilindi. Mamlakatdagi o‘zgarishlarni ko‘rsatish maqsadida ilk filmlar ishlandi. Dovuxon tez orada avtoritar rahbarga aylandi. Musulmon qatlamga nisbatan qo‘rquv va paranoya uni barcha dindorlarni tazyiq ostiga olishga undadi. Chunki diniy qatlam uning ba’zi bir islohotlari va kommunistlar bilan aloqasidan norozi edi. Ko‘plab dindorlar qamoqqa olindi, qamoqqa tushishni istamaganlar esa Pokiston va Eronga qarab qochdi.

    Dovudxon Moskvadan buyruq olishni istamasligi ortidan va berilgan va’dalar bajarilmagani tufayli 1978-yilda davlat to‘ntarishi oqibatida ag‘darib tashlandi va o‘ldirildi. Mamlakat prezidenti etib Nur Muhammad Taraqiy saylandi. U ham mamlakatda dindorlarga qarshi tazyiqni kuchaytirib yubordi. Islohotlar xalq hazm qila olmaydigan darajada tezlashib ketdi. Afg‘oniston olov ichra ketib borardi. Mamlakatda kommunistlar va dindorlar to‘qnashuvi muqarrar bo‘lib qoldi. Bunisi endi boshqa mavzu.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    17.07.2020, 08:05   Izoh (0)   90440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron portida 7 ta harbiy kema yonib ketdi. AQSh hamda Isroil ushbu hodisani ham uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi gumon qilinmoqda

    17.07.2020, 07:13

    Buyuk Britaniya, AQSh va Kanada rossiyalik xakerlarni COVID-19 vaksinasi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringanlikda aybladi

    17.07.2020, 07:00

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uzoq muddatli karantinga qarshi ekanini ma’lum qildi

    17.07.2020, 06:17

    JSST missiyasi Turkmaniston hukumatiga mamlakatda koronavirus bordek ish tutishni tavsiya qildi

    17.07.2020, 06:01

    Ozarbayjon Armanistondagi AESni portlatib yuborish bilan tahdid qildi

    17.07.2020, 02:12

    Aleksandr Lukashenko koronavirusni chalg‘io‘roq yordamida davolash mumkinligini aytdi

    16.07.2020, 21:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.