• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini kechayotgani rasman tan olindi

    Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga “hayfsan” e’lon qilish haqidagi farmoyishida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini ketayotgani ta’kidlangan. O‘zbekiston hukumatining 329-sonli farmoyishi 16-iyul kuni e’lon qilindi.

    “Jahon miqyosida koronavirus pandemiyasi tarqalishi tufayli O‘zbekistonda ham ushbu infeksiyaga qarshi kurashish, uning aholi orasida keng tarqalib ketmasligining oldini olish, samarali karantin va davolash tizimini yaratish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, epidemiyaning ikkinchi to‘lqini natijasida Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar va u bilan bog‘liq o‘limlar soni keskin oshib ketdi. So‘nggi uch hafta davomida respublikada aniqlangan 7700 bemorning 2800 nafari Toshkent shahri aholisi o‘rtasida aniqlandi hamda respublika bo‘yicha ushbu kasallikdan bevaqt vafot etgan jami 50 kishidan 32 tasi Toshkent shahrida qayd etilganligi ham poytaxtdagi epidemiologik vaziyat izdan chiqqanligini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi farmoyishda.

    Skrinshot: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

    Skrinshot: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

    Oxirgi 10 kun ichida Sog‘liqni saqlash vazirligi amaldorlari O‘zbekistonda birinchi to‘lqin davom etayotgani haqida fikr yuritgandi. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov bilan “Sputnik O‘zbekiston”da 6-iyul kuni e’lon qilingan intervyuda ikkinchi to‘lqin haqida savol berilgandi.

    Muxbir savoli: Ma’lumki, chegaralar ochilmoqda va ma’lum bo‘lishicha, biz hozirda birinchi to‘lqinning ikkinchi cho‘qqisidamiz. Hamma gapirayotgan ikkinchi to‘lqin chegaralar ochilishi bilan sodir bo‘lishi mumkin emasmi?

    Botirjon Qurbonov javobi: Ayni paytda biz bu haqda ko‘p o‘ylamoqdamiz: ya’ni qanday mexanizm ishlab chiqish va amalga oshirish mumkinligi haqida. Chegaralarni ochmaslik iqtisodiy holatni tang ahvolga keltirishi mumkin. Demak, eng yaxshi sinalgan chora — bu kasallik ko‘p aniqlangan joylarda karantin choralarini kuchaytirish. Shuningdek, bizda ushbu infeksiyani tartibga solish va o‘z vaqtida aniqlash, unga qarshi turish bo‘yicha imkoniyat bor.

    Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda kasallikning birinchi to‘lqini davom etayotganini bildirgandi.

    “Har qanaqa turdagi yuqumli kasallik tarqalishi uchun epidemik jarayon bo‘lishi kerak. Epidemik jarayonning esa uchta bo‘g‘ini bor. Bu kasallik manbayi, yuqish yo‘li va yuqtirib oluvchi shaxs. Mana shu uchta bo‘g‘inning birontasi bo‘lmasa, kasallik bir odamdan ikkinchi odamga yuqmaydi. Demak, biz olib borayotgan harakatlarimizning negizi mana shu uchta bo‘g‘inning qaysi biriga qaratilishidan qat’i nazar, bitta bo‘g‘inni uzishga qaratilishi kerak.

    Juda ko‘p fikrlar bo‘lyapti, kasallikning birinchi to‘lqini, ikkinchi to‘lqini, uchinchi to‘lqini… Kimlardir juda ko‘p to‘lqinlarni sanab yubordi. Lekin bitta narsani aniq bilaylik, biz hali birinchi to‘lqinni uzganimiz yo‘q. Qachonki, kasallik qayd etilishi umuman to‘xtasa va bitta kasallikning yashirin davri muddati ichida bironta ham bemor qayd etilmasa, O‘zbekistondagi kasallikka chalinganlarning manbayi hammasi jilovlangan bo‘lsa, biz birinchi to‘lqinni sal surib qo‘ydik, degan fikrga borishimiz mumkin bo‘ladi. Shuning uchun, keling, biz ikkinchi, uchinchi, yigirmanchi to‘lqinlar haqida hozir qayg‘urib o‘tirishimizga, tashvish qilishimizga, motam qilishimizga hech ham asos yo‘q”, — degandi Nurmat Otabekov.

    O‘zbekiston 15-mart kuni birinchi marta koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor qayd etilgandi. Shundan so‘ng kasallik birontayam odamda aniqlanmagan kun bo‘lmadi. Iyun oyiga kelib koronavirus tarqalishi tezlashib ketdi. 23-iyundan so‘ng kasallangan bemorlar soni 200 nafardan kamaymadi, 8-iyuldan beri esa kuniga 400 dan ortiq bemorda koronavirus aniqlanmoqda. 13-iyul kuni 594 kishida kasallik aniqlanishi O‘zbekistonning antirekordi bo‘lib turibdi. 16-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, kasallanganlarning umumiy soni 14 991 nafarni tashkil etmoqda.

    16.07.2020, 21:14   Izoh (0)   133340
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 10 ming dollar pora olgan institut o‘qituvchisi qo‘lga tushdi

    16.07.2020, 20:44

    Navoiy viloyati hokimi koronavirus masalasida aholiga murojaat qilib, hududdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi

    16.07.2020, 20:20

    O‘zbekistonda 17-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

    16.07.2020, 20:08

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bilan yaqin masofada bo‘lganlarni ogohlantiruvchi mobil dastur yaratildi

    16.07.2020, 19:19

    Nurmat Otabekov ba’zi sog‘ odamlarga qilinmagan muolajalar uchun katta xarajatlar yozilayotganiga oid xabarlarga munosabat bildirdi

    16.07.2020, 19:07

    Toshkentning 50 ta mahallasida fermerlarga mulk qilib beriladigan “yashil bozor” dala do‘konlari tashkil etiladi

    16.07.2020, 18:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.