• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonovga hayfsan berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul, chorshanba kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, koronavirus kasalligi O‘zbekistonda kirib kelganidan beri davlat rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yig‘ilishda bu masalaga to‘xtalib o‘tmoqda. 14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan selektorda ham joylarda bu boradagi ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti eshitilgan edi. Ularning hozirgi murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmayotgani, xavfni tushunib yetmayotgani ayonlashdi.

    Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hokimlar va sektorlar rahbarlari ishonib topshirilgan hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganmagan. “Tibbiyot muassasalaridagi real vaziyatni bilmaydi. Aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash uchun mas’uliyatni his qilmagan”, — dedi davlat rahbari.

    Prezident matbuot xizmatining bildirishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham, keyingi bir oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi keskin buzilgan, real holatdan kelib chiqib, davolash amaliyoti o‘zgartirilmagan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Toshkent shahrida kasallikni aniqlaydigan testlar va zarur tibbiyot vositalari yetishmayapti. Dorixonalarda virus va isitmaga qarshi preparatlar narxi asossiz, bir necha barobar oshirib yuborilgan, bu esa aholi orasida ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

    Qayd etilishicha, ayni paytda Toshkent shahri shifoxonalarida 418 ta, Toshkent viloyatida esa 816 ta shtat birliklari bo‘sh turgani vazirlik va hokimiyat tomonidan joriy vaziyat o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan dalolat beradi.

    Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, aholi koronavirus va boshqa kasalliklar bo‘yicha qayerga borib murojaat qilishni va davolanishni bilmay, sarson bo‘lmoqda. Shoshilinch tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilib tushish qiyinlashib ketgan.

    Virus yuqtirganlar soni poytaxtda 4092 kishini va Toshkent viloyatida 1498 kishini tashkil etmoqda. Bu butun mamlakat bo‘yicha kasallarning 40 foizi deganidir. Toshkent shahrida koronavirusdan o‘lim soni ham keskin ko‘payib, 45 taga yetgan.

    Prezident bunday achinarli holatlar aholining haqli shikoyat va e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ta’kidladi.

    Koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e’lon qilindi. Shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Respublika maxsus komissiyasiga bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko‘rsatmasi berildi. Ushbu shtablar vaziyatni real vaqt rejimida nazorat qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish choralarini ko‘radi.

    Shuningdek, Toshkent shahri va viloyatidagi poliklinikalar huzuridagi mobil guruhlar sonini uch barobar ko‘paytirish vazifasi yuklatildi.

    Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy sonini yana 1000 o‘ringa ko‘paytirish topshirig‘i berildi.

    Poytaxtda dori-darmon yetkazilishi va narxi barqarorligini ta’minlash, shoshilinch tibbiy yordam xizmati va Call-markazlar ishini samarali tashkil etish, COVID-19 bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, kasallar uchun qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etish, shuningdek, karantin hududlaridagi shaxslarni uy karantiniga bosqichma-bosqich o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi, zarur choralar belgilandi.

    Aholidan murojaatlar soni keskin ortib borayotganini hisobga olib, Call-markazlar aloqa vositalari va operatorlari sonini kamida ikki barobarga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

    Toshkent shahar hokimligiga kamida 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

    Hozirgi sinovli vaziyatda kundalik ehtiyoj mollari va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli bo‘lishi, narxlari asossiz oshib ketmasligi juda muhim. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga bu masalani qat’iy nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Pandemiyaga qarshi kurashish, karantin qoidalariga amal qilish, ijtimoiy masofani saqlashning ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bu borada qilinayotgan kundalik ishlarni xolis va tezkor yoritish muhimligi ta’kidlandi.

    Koronavirus kasalligini davolash bilan bog‘liq barcha jarayonlarga, jumladan, Toshkent shahridagi ishlarga mas’ullar biriktirildi.

    “Yana bir bor ta’kidlayman. Ayni paytda butun dunyo, shu jumladan, biz ham ko‘rinmas dushman bilan chin ma’noda urush olib boryapmiz. Bu virusning barcha xavf va xatarini to‘g‘ri baholab, har tomonlama tayyorgarlik ko‘rib kurashsak, uni albatta yengamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakatda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi, biroq hozirda epidemiologik vaziyat juda og‘irligini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusni aniqlash uchun test topshirish jarayonini soddalashtirish, hududlarda uch oylik dori zaxirasini yaratish hamda dorixonalarda va bozorlarda narxlar oshishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, zarur joylarda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib, joylarda belgilangan qoidalarga amal qilish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganini ta’kidlagandi hamda 10-iyuldan boshlab karantin cheklovlari kuchaytirilishi munosabati bilan viloyat rahbarlariga aholiga murojaat qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

    Shundan so‘ng Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt aholisiga murojaat qilgandi hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etishga, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka va onlayn xizmatlardan ko‘proq foydalanishga chaqirgandi.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkinligini ta’kidlagandi. Shuningdek, vazir O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmaganini aytgandi.

    15.07.2020, 21:43   Izoh (0)   126683
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 million nafardan oshdi

    15.07.2020, 21:21

    O‘zbekistonda muomaladan chiqarilgan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullarni almashtirish muddati uzaytirildi

    15.07.2020, 21:09

    “O‘zgidromet” 16-iyul kuni 42 darajagacha issiq bo‘lishini ma’lum qildi

    15.07.2020, 20:20

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatida koronavirus bemorlari va qurbonlari ko‘payayotgani sababli yig‘ilish o‘tkazmoqda

    15.07.2020, 20:07

    Sirdaryoda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan sudya tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagani ma’lum bo‘ldi (video)

    15.07.2020, 19:43

    Jarqo‘rg‘onda sud xodimlari obro‘sizlantirilgani ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    15.07.2020, 19:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.