Turkiyaning Istanbul shahri prokuraturasida sevgilisi Deniz Bulusuzni kaltaklagan turk aktyori Ozan Gyuvenning ishi ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi “Rusturkey.com”.
Gyuvenga qarshi ochilgan oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha ishda Gyuvenning haqorat qilganlik, qasddan badanga jarohat yetkazganlik, birovning ozodligini cheklaganlikda ayblanayotgani aytiladi.
Agar sudda Gyuvenning aybi tasdiqlansa, u 13,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Ozan Gyuvenning o‘zi esa unga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ozan Gyuven 1975-yilda Germaniyaning Berlin shahrida tug‘ilgan. U Istanbuldagi Milliy konservatoriya universitetining zamonaviy raqslar fakultetini tugatgan.
O‘zbek tomoshabinlariga Ozan Gyuven “Muhtasham yuz yil” serialidagi Rustam poshsha obrazi orqali yaxshi tanish.
Izoh (0)