• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tibbiyot, kasalxonalar, amaldorlarimiz tayyor emas ekan”. O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tanqid ostiga olindi

    O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Birgina 13-iyul kuni 594 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 322 tasi aholi orasida qayd etildi. Bular misli ko‘rilmagan antirekord bo‘lib, ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 13872 nafarga, undan vafot etganlar 64 nafarga yetdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yuzaga kelgan shunday sharoitda ijtimoiy tarmoqlarda turli tanqidiy fikrlar avj oldi. Jumladan, Facebook foydalanuvchi Akmal Tursunov o‘z sahifasida quyidagicha fikr bildirdi:

    Lentamda g‘aroyib narsalarni o‘qiyapman. Go‘yoki virusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda xalqning o‘zi aybdor ekan!

    Aqllilarga eslatib qo‘yay: karantin — bu COVID-19’ning dorisi emas, kasallikning qochib bo‘lmas tarqalishini cho‘zish va sekinlashtirish vositasi.

    Siz qanday bo‘ladi deb o‘ylovdingiz? Karantinda picha o‘tirsak, virus “musaffo osmonimiz”ni ko‘rib, yo‘q bo‘lib ketadi, deganmidingiz?

    Virusli kasalliklarni tarqalish qonuni, havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan viruslar pandemiyasining matematik formulalari, “plato” bosqichiga chiqish, so‘ngra barqarorlashuv va pasayish, “kollektiv” immunitetning shakllanishi-chi?

    Siz tabiat qonunlari navbatdagi selektor yig‘ilishi va qaror bilan bekor qilinadi, deb o‘ylaganmidingiz?

    Qanday bo‘ladi deb o‘ylagandingiz? 34 million aholi uchun zarur koykalar va suniy nafas oldirish apparatlar sonini qanday hisoblagandingiz?

    Barcha mamlakatlar kasallar soni o‘sishi, sog‘liqni saqlash tizimi ishining favqulodda murakkablashuvini boshdan kechirdi. Chunki balo ularning ustiga yopirilib keldi.

    Biz, xalqimiz virus balosiga mamlakatimizga to‘satdan “yopirilish” imkonini bermadik. Biz hukumatga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berdik.

    Men xalqimiz bu ishni ajoyib tarzda, a’lo darajada uddaladi, deb hisoblayman. Biz hukumatga pandemiyaga tayyorlanish uchun 4 oy vaqt yutib berdik. O‘z hisobimizdan, davlatning ko‘magisiz uyda o‘tirdik, zoriqib qolganlarni ham “opichlab” oldik!

    Hattoki keyin ham, choralar yumshatilgach faqat ruxsat etilgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldik. Qoidalarni bitta-ikkitalar buzib turishdi.

    Hattoki hozir ham zararlanish dinamikasidan kelib chiqsak (boshqa mamlakatlarga taqqoslanganda), ko‘rsatkichlarimiz dunyodagi eng yaxshisi ekanini aytish mumkin.

    Lekin kimdir “o‘tirib” qo‘ydi. O‘marish mumkin bo‘lgan hamma narsani o‘g‘irlashdi. Tibbiyot, kasalxonalar, amaldorlarimiz tayyor emas ekan. Vrachlarimiz holdan toyib bo‘lishdi. Pullar allaqachon cho‘ntaklarga joylangan, resurslar qolmagan, hamma sarosimada. Xalq esa g‘azabda.

    Shundayam xalq aybdormi?

    Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi 10-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning mavjud sog‘liqni saqlash muassasalari quvvati koronavirusga chalingan yangi bemorlarni qabul qilish uchun yetarli emasligi, “tizimni qayta tiklash” uchun 1-avgustgacha kuchaytirilgan karantin tartibi qaytadan joriy etilganini ma’lum qilgan edi. O‘sha vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni rasman 3986 nafar edi.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning fikricha, O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmagan, O‘zbekistonda koronavirus avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkin.

    Professor Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar O‘zbekistonda kuniga 1-1,5 mingta kasallanish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi qo‘shni mamlakatlarniki kabi qulaydi.

    E’tiborga molik tomoni, professor Oqilov 8-iyul kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar “poyoniga yetgani”, bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgan edi. 9-iyuldagi brifingda esa Oqilov koyka-o‘rinlar, dori zaxirasi mavjudligini, tizim har qancha bemorni qabul qila olishini ta’kidladi.

    Shuningdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov O‘zbekistonda karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkinligini ma’lum qildi.

    Avvalroq Twitter foydalanuvchilardan biri O‘rtasaroyda o‘tgan 15 kunini hikoya qilgan edi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “vaqtida murojaat qilmay, uyida davolangan” deb aytilgan bemorning yaqini kasalxonalar COVID-19’dan vafot etgan marhum bemorni bir necha bor qabul qilmaganini so‘zlab berdi.

    Mavzuga doir: 

    • Tibbiyot fanlari doktori O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi qancha koronavirus bemorini qabul qilsa, inqirozga uchrashini aniq ayta olmadi
    • Nurmat Otabekov: Balki biz koronavirus kasalligi bilan birga yashashga majbur bo‘larmiz
    • O‘zbekistonda nima sababdan hali ham favqulodda holat o‘rnatilmayotganiga izoh berildi

    14.07.2020, 10:54   Izoh (0)   54205
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda homiylik yordamlarini muvofiqlashtiruvchi markaz ishga tushdi

    14.07.2020, 10:51

    Farg‘onada 42 yoshli fermer o‘zini osdi

    14.07.2020, 10:27

    O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mobil guruhlar tarkibidan kimlar joy olishi ma’lum qilindi

    14.07.2020, 10:15

    O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni rasman 5700 dan oshdi. Ularning qanchasi kasalxonalarda davolanmoqda — noma’lum

    14.07.2020, 10:06

    Toshkentda bir kechada 201 kishida koronavirus aniqlandi

    14.07.2020, 10:03

    Qashqadaryoda koronavirusga chalingan 56 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 64 nafarga yetdi

    14.07.2020, 09:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

    17 iyul, 15:05

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada erkak ta’tilga ketayotib, benzin quyish shoxobchasida xotinini unutib qoldirdi

    Layfstayl | 17 iyul, 16:55

    “Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayev transferi borasida izoh berdi

    Sport | 17 iyul, 16:51

    Bahrayn AQSH iqtisodiyotiga 17 mlrd dollar sarmoya kiritadi

    Dunyo | 17 iyul, 16:45

    O‘zbekistonda istiqbolli tashabbuslar rag‘batlantiriladi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 16:30

    Druzlar aslida kim va Isroil nima uchun Suriyaga hujum qilmoqda?

    Dunyo | 17 iyul, 16:20

    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

    Reklama | 17 iyul, 15:05

    Beyonsening chop etilmagan musiqasi bor fleshkasi o‘g‘irlandi

    Musiqa | 17 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda dollar kursi 100 so‘mdan ortiq pasaydi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.