O‘zbekistonda 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 281 taga ko‘payib, jami 13 872 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, yangi kasallanish holatlarining

  • 201 tasi Toshkent shahrida (shundan 50 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 151 tasi aholi orasida),
  • 21 tasi Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
  • 20 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
  • 15 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
  • 6 tasi Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
  • 15 tasi Namangan viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida),
  • 3 tasi Jizzax viloyatida aholi orasida

aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalingan shaxslarning 8030 nafari sog‘aygan, 64 nafari esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.