• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    9-iyul – Nobeliy kimyoviy elementi ochilgan kun

    Davriy jadvalga razm solsangiz, aktinoidlar qatorida 92-raqamli element – urandan keyin bir talay sun’iy radioaktiv elementlar mavjudligini ko‘rasiz. Bugun ana shunday elementlardan biri – nobeliy kimyoviy elementi ochilgan kun. 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aslida, tabiatda mavjud kimyoviy elementlar qatori shu joyda, ya’ni uran bilan tugaydi. Uran o‘zi ham radioaktiv element bo‘lib, yadroviy parchalanish reaksiyalari uchun asosiy element-baza, xomashyo hisoblanadi. Davriy jadvalda urandan keyin keladigan elementlar esa transuran elementlar deyiladi va yuqorida ham aytganimizdek, ularning barchasi sun’iy olingan bo‘lib, qolaversa, hammasi radioaktivdir.

    Hozirda urandan keyingi elementlardan yana 26-tasi kashf qilingan bo‘lib, zamonaviy ko‘rinishidagi Mendeleyev jadvalida 118-raqamli katakchagacha bo‘lgan o‘rinlar to‘lgan. Hozircha davriy jadvalda oxirgi katakni to‘ldirib turgan element rus kimyogari Oganesyan sharafiga oganesson deb nomlangan va Og formulasi bilan belgilangan.

    Bugun 9-iyul, shu singari, o‘zi tabiatda mavjud bo‘lmagan transuran radioaktiv kimyoviy elementlardan biri – nobeliy kashf qilingan sana. Nomidan ham yaqqol ko‘rinib turibdiki, u o‘sha mashhur ilmiy mukofot ta’sischisi, shved kimyogari Alfred Nobel sharafiga qo‘yilgan. Kimyoviy formulasi No bo‘lgan bu element davriy jadvalda 102-joyni egallagan.

    102-raqamli elementning sintez qilingani haqidagi dastlabki xabar 1957-yilda Stokgolmdan tarqalgan edi. (Element nomini Nobel sharafiga qo‘yilishiga asosiy sabab ham shu aslida). Keyinchalik, Stokgolm guruhining natijalari yanglish ekani ma’lum bo‘ldi. Mazkur elementning haqiqatan ham sintez qilinishi esa 1966-yilda Dubnada, kimyogar olim Flerov boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan amalga oshirildi. Aslida, haqiqatan ham nobeliy sintez qilinganining ilk isboti laboratoriyadagi 1963-yilning 9-iyulida o‘tkazilgan tajribalarda olingan bo‘lgan. Shu sababli ham 9-iyul nobeliy kashf etilgan sana sifatida qayd etiladi.

    Flerov ilmiy guruhi 102-elementni Frederik Jolio-Kyuri sharafiga joliotiy deb atashni taklif qilgan edi. Shuningdek, yana bir taklifga ko‘ra uni fleroviy deb ham nomlash ko‘zda tutilgan edi (Flerov keyinchalik davriy jadvalda o‘z nomidagi elementga ega bo‘ldi). Taxminan o‘sha paytning o‘zida sovet olimlari bilan deyarli bir xil uslubda ish olib borgan AQShning Berkli universiteti kimyogarlari ham 102-raqamli elementni olishga muvaffaq bo‘lgan. AQSh olimlari ham kashfiyot haqidagi o‘z maqolalarida elementga nisbatan nobeliy nomini qo‘llab kelgan.

    Natijada, dastlabki yillarda bu borada yakdillikka kelinmadi va savol ochiq qolib ketdi. Keyingi bir necha o‘n yillar ichida nashr etilgan kimyo darsliklari va ayniqsa davriy jadvallarda 102-elementning turli nomlar bilan keltirilgan talqinlari paydo bo‘ldi. Bu esa kimyo singari aniq fan uchun nobop narsa bo‘lib, ayniqsa, o‘quvchi-talabalarda chalkash tushunchalarni keltirib chiqara boshladi.

    Umuman olganda, transuran elementlarning nomlanishi borasidagi bahs-munozaralar ancha yillar davom etgan. 102-dan tortib 109-raqamligacha bo‘lgan kimyoviy elementlarning nomlari faqat 1997-yilda, xalqaro amaliy va nazariy kimyo ittifoqi (IUPAC)ning maxsus qat’iy qaror qabul qilingunicha davom etgan. 102-elementga nom berish bo‘yicha huquq uning birinchi kashfiyotchisi bo‘lgan Dubna olimlariga berilganiga qaramay, 1997-yilning 30-avgustida bu elementga nobeliy nomi rasman biriktirildi.

    Nobeliyni Dubnada maxsus tezlatkich uskunada, U-300 deb nomlangan siklotronda qo‘rg‘oshin, uran yoki boshqa transuran elementlarni kislorod, neon yoki uglerod ionlari bilan bombardimon qilish usulidan foydalanib sintez qilingan. Berklida ham xuddi shunga o‘xshash siklotron – HILAC (Heavy Ion Linear Accelerator) qo‘llangan. Germaniyaning Darmshtadt shahridagi Gelmgolts nomli og‘ir ionlar laboratoriyasida ham UNILAC (Universal Linear Accelerator) nomli siklotron 1975-yildan ishga tushirilgan bo‘lib, unda ham 102-elemnent izotoplari olingan.

    Hozirda nobeliy elementining massa soni 248 dan 264 gacha bo‘lgan 16 xil izotopi ma’lum bo‘lib, ularning birortasi barqaror emas. Eng uzoq yashaydigan nobeliy izotopining yarim yemirilish davri 58 daqiqani tashkil qiladi (shu muddat ichida nobeliy parchalanib ketadi). Shu sababli ham bu elementning biror tayinli amaliy qo‘llash sohasini aytish mushkul. Odatda, u yuqorida nomi eslab o‘tilgan yirik ilmiy kimyo laboratoriyalarida boshqa radioaktiv elementlarni olish jarayonida qo‘llanadi xolos. Ushbu elementning kimyoviy va fizik xossalari ham juda kam o‘rganilgan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    10.07.2020, 11:06   Izoh (0)   16582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarishning asosiy sababi ma’lum qilindi

    10.07.2020, 09:37

    Olimlar koronavirusni yo‘q qilishga qodir havo filtrini yaratdi

    09.07.2020, 17:03

    Olimlar koronavirus miyaga zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirdi

    08.07.2020, 19:31

    Ispaniya aholisida koronavirusga qarshi immunitet deyarli hosil bo‘lmayotgani aniqlandi

    08.07.2020, 11:58

    Olimlar yaqin yillar ichida yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda

    07.07.2020, 17:54

    Stomatologlar koronavirus bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishini ma’lum qildi

    07.07.2020, 12:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.