• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xalqaro hisob-kitoblar qiroli. 6-iyul — AQSh dollarining “tug‘ilgan kuni”

    AQSh dollari dunyodagi eng mashhur valyutadir. Soya ostidagi iqtisodiyotni xush ko‘radigan yirik bines vakillaridan  tortib to ko‘cha-ko‘yda  “dollar oshibdi” deya vaj ko‘rsatadigan pistafurushlar orasida ma’lum va mashhur bo‘lgan, xalqaro moliyaviy hisob-kitoblarning asosiy qiymatini belgilaydigan AQSh dollarining tarixi, dollar atrofidagi qiziqarli va ba’zan noxush voqealar haqida hikoya qilamiz.

    Dollarning paydo bo‘lish tarixi

    AQSh dollarining paydo bo‘lishi Yevropa tarixi bilan chambarchas bog‘liq. XVI asr boshlarida Rim katolik cherkovining Bogemiya hududida avliyo Ioaxim tasviri tushirilgan tanga zarb qilinadi. Mazkur tanga xalq orasida “ioaxim taleri” nomi bilan el og‘ziga tushadi. Vaqt o‘tishi bilan xalq tangani sodda qilib “taler” deb atay boshlaydi. Ispaniyada “dalero”, Niderlandiyada “daldre”, Germaniyada “taler” deb nomlangan pul birligining nomi sifatida ishlatila boshlanadi.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia
    Taler kumush pullarning oltin pullardagi ekvivalenti sifatida o‘zaro oldi-sotdilarda ishlatila boshlaydi va xalqlar o‘rtasidagi savdo-sotiq aloqalarini kuchaytirishga xizmat qiladi. 1873-yilga kelib nemislar o‘zlari muomalaga kiritgan talerdan voz kechadi, markani muomalaga kiritadi. Ayrim lotin amerikalik numizmatlar nazarida dollar ispan tilidagi “dolor” — azob, qayg‘u kabi ma’nolarni bildiradigan so‘z bo‘lgan.

    AQSh tarixida dastlabki dollarning zarb qilinishi 1775-yilga borib taqaladi. AQSh tarixida ilk qog‘oz pullar kontinentalchilarning mustaqillik urushidagi xarajatlarini qoplash uchun bosib chiqariladi. Mazkur banknotalar soliq tushumlarining ehtimoliy miqdori bilan belgilanar, shu boisdan ular qisqa vaqt ichida qadrsizlanar hamda u banknotalarni soxtalashtirish nihoyatda oson edi.

    1781-yilda Kontinental Kongres a’zolari Filadelfiyada to‘planadi va shu majlisda Shimoliy Amerika banki nizomi tasdiqlanadi. Mazkur bank AQShning mustaqillik uchun kurashida eng asosiy moliyaviy vazifalarni bajarish vakolatiga ega bo‘ladi. 1785-yil 6-iyul sanasida dollar mamlakatning asosiy pul birligi deb e’lon qilinadi. Mazkur voqeagacha AQShdagi turli zarbxonalar ispan, ingliz va fransuz pul birliklarini zarb qilish ishlari bilan mashg‘ul edi.

    $ belgisining paydo bo‘lishi

    Dollar belgisining paydo bo‘lishi haqida ham bir qator rasmiy va norasmiy ma’lumotlar tarqalgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi biz bilgan $ belgisini kelib chiqishi irland bo‘lgan savdogar va plantator Oliver Pollok nomi bilan bog‘liq (Arthur Nusbaum A history of the dollar). Pollok AQShning mustaqillik uchun urushi davrida amerikalik vatanparvarlar armiyasining asosiy ta’minotchisi sifatida buxgalteriya hisob-kitoblariga berilgan yordamning miqdorini yozishda “$” belgisidan foydalanadi.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    Pollok o‘zining xarajatlarini amerikalik kongresmen Robert Morrisga taqdim qiladi va kongresmen mazkur belgini ishlatgan ilk amerikalik rasmiy sifatida tarixda qoladi. “$” belgisidagi ikki tayoqcha dollarga ispan pul birligi bo‘lmish pesoda tasvirlangan Gibraltardagi ikki ustunni ifodalagan. Keyinchalik amerikaliklar mazkur ikki tayoqchani bir tayoqchaga aylantirgan.

    Boshqa tarixiy manbalarga ko‘ra, “S” belgisidagi ikki tayoqcha AQShning qisqartmasi (US) dan kelib chiqqan deyiladi va bunda S harfi ustiga U harfi tushiraladi va U harfining pastki qismi olib tashlanadi deyishadi.

    Nemis manbalariga ko‘ra, dollar belgisining kelib chiqishi Iso alayhissalomga borib taqaladi. Talerning old tomonida xochga mixlangan Iso payg‘ambar, tanga ortida esa xochni o‘rab olayotgan ilon aks ettirilgan. Keyinchalik bu ilon gravyurasi “$” belgisiga aylangan deyiladi. Boshqa bir manbalarda esa dollar belgisining kelib chiqishi shox Sulaymon ibodatxonasi bilan bog‘liq. “S” belgisi shox Sulaymonning ismi va uning ikki ustunidan kelib chiqqanligi aytiladi. AQShning asoschilarining aksari masonlar bo‘lganligi inobatga olinsa, bu ham haqiqat sifatida talqin etiladi.

    AQSh dollari evolyutsiyasi

    1792-yilda AQShning Filadelfiya shahrida mamlakatdagi birinchi zarbxona tashkil etiladi. 1793-yildan mazkur zarbxona AQShning dastlabki dollarlarini zarb qila boshlaydi, albatta, bu pullar hali biz bilgan dollardan ancha farq qiluvchi pul tangalar edi. Yana farq qiluvchi jihati, bu tanga dollarlarda AQSh prezidentlarining tasvirlari tushirilmagandi. AQShni asos qilgan millat otalari yangi mamlakatning pullarida monarxiyani eslatuvchi monarxlarning qiyofalari aks etishini istashmagandi. Dastlabki tangalarda Ozodlikning shaxs sifatida majozlantirilgan timsoli, boshqa tarafida esa burgut timsoli gavdalantirilgan edi.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    Oradan 30 yilcha vaqt o‘tib, 1836 yilda AQSh dollari tangalari qiyofasi o‘zgartiriladi. Endilikda tangalarda o‘tirgan holatda aks ettirilgan Ozodlikning timsoli tasviri tushirila boshlaydi. 1849-yildan boshlab Kaliforniya oltin jazavasi boshlangandan keyin har ikki tarafida parvoz qilayotgan burgut tasviri bor 20 dollarlik tangalar zarb qilinadi.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    Amerika qog‘oz “baks”lari. “Baks” inglizcha “buck” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu so‘z oq tanlilar va hindular o‘rtasidagi oldi-sotdi, asosan, kiyik terisi asosida yo‘lga qo‘yilgandi. Hindu oq tanlilarga o‘z mahsulotlarini tuz, qurol, “olovli suv”, o‘q-doriga almashtirib olgani kelardi. Oq tanlilar esa hinduga biror-bir narsa uch baks, ya’ni uchta kiyik terisi turishini aytardi.

    Yana boshqa manbalarda “baks” atamasining kelib chiqishi fuqarolar urushi davri va undan keyin zarb qilingan qog‘oz pullarning orqa fonidagi zangori rang bilan bog‘liqligi aytiladi. Natijada xalq orasida “Greenbacks” degan nom oladi va davr o‘tishi bilan qisqartirilib, “backs” deb atala boshlanadi.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    Fuqarolar urushi yoqasiga kelib qolgan ittifoqchilar hukumati bankrotlik xavfi ostida qoladi. Shunda Kongress Fuqarolik urushi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalash maqsadida moliya vazirligiga qog‘oz pullarni zarb qilishni topshiradi. Shunday qilib AQSh tarixidagi ilk qog‘oz pullar muomalaga kiritiladi.

    1862-yilda muomalaga kiritilgan 1 AQSh dollarida moliya vaziri Salmon P.Chezning portreti tasviri tushiriladi. Shu bilan birgalikda prezident Aleksandr tasviri tushirilgan 2 va 5 dollarlik nominallar, Avraam Linkoln tasviri ishlangan 10 dollarlik nominal, ayol qiyofasida tasvirlangan Ozodlik ramzi tushirilgan 20 dollarlik nominal bilan birgalikda general Uinfild Skott tasviri tushirilgan 50 va 100 dollarlik nominallar ham muomalaga kiritiladi. Bundan tashqari, o‘sha kezlarda 500 va 1000 dollarlik nominallar ham zarb qilinadi.

    Fuqarolik urushlaridan so‘ng mamlakat moliya vazirligi dollarni isloh qila boshladi. 1865-yilda Moliya vazirligi oltin sertifikatlarini muomalaga tatbiq qildi va bu sertifikatlar 1933-yilgacha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qildi. Fuqarolar urushi tugaganidan so‘ng AQSh Moliya vazirligi soxta pullarni zarb qilishga qarshi kurashadigan maxsus xizmatni tashkil qiladi. Bu tashkilot esa AQSh dollarining qalbakilashtirilishiga qarshi kurashda samarali ishlar olib bordi.

    Noqonuniy zarbxonalar yopildi. Mamlakatda yagona pul zarb qiladigan muassasaga yo‘l ochdi. 1877-yil 1-oktabrdan boshlab to hozirgi kungacha Amerika dollarini bosish Gravirovka va bosma byurosi zimmasiga yuklatiladi. O‘sha paytlarda byuro atigi 6 nafar ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, hozirda Vashingtondagi bu byuroda 1800 xodim mehnat qiladi. Byuro 50 dona pul bosuvchi stanoklarda dollarni zarb qilish bilan birga mamlakatning turli ko‘rinishdagi pochta markalarini ham bosish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Mazkur byuro, shuningdek, AQSh davlat tashkilotlari, xususan, Oq uy uchun ham hujjatlar, taklifnomalar, fuqarolikka qabul qilish borasidagi sertifikatlar-u hujjatlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    1893-yilda ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi, Charlz Xoffman nazarida moliyaviy inqirozga sabab bo‘ldi. Natijada AQShdagi temiryo‘l kompaniyalari, 15 mingga yaqin xususiy kompaniyalar va 500 ga yaqin banklar aksiyalari keskin tushib ketishi, ularni bankrot qildi. Ishsizlik darajasi esa misli ko‘rilmagan 17-19 foizlik rekord darajaga yetdi. Natijada AQSh hukumati 1913-yilda o‘tmishdagi muammolar qayta yuz bermasligi uchun AQSh Federal zaxira tizimi haqidagi qonunni qabul qildi. Qonunga binoan, Federal zaxira tizimiga mamlakat iqtisodiyotining barqaror ishlashi uchun pul va kredit siyosatini nazorat qilishi vazifasi yuklatiladi. Bugungi kunda Federal zaxira tizimi AQSh va uning tashqarisida muomalada bo‘lgan AQSh valyutasi oqimining 99 foizini nazorat qiladi.

    1929-yilda AQSh dollari bir qator o‘zgarishlarga uchraydi va bugungi kunda biz bilgan ko‘rinishga keladi. O‘zgarishlar, avvalo, dollar hajmining 25 foizga qisqarishida, yuzasidagi portretlarning yagonaligini ta’minlashda o‘z ifodasini topadi. 1957-yilda AQSh dollarida In God We Trust (“Xudo biz bilan”) yozuvi bosila boshlaydi va bu 1963-yildan boshlab barcha banknotalarda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

    1990-yillardan boshlab AQSh dollarining qalbakilashtirilishining oldini olish uchun 50 va 100 dollarlik kupyuralarda himoya ipi va mikro tamg‘a elementlari joriy etiladi. 1993-yildan boshlab esa mazkur himoya vositalari bir dollarlik banknotadan tashqari barcha banknotalarga kiritiladi.

    1994-yilda AQSh Moliya vazirligi yangi himoya bilan ta’minlanishi uchun 20, 50 va 100 dollar nominalidagi banknotalarning dizaynini o‘zgartirishini e’lon qildi va bu o‘zgarishlar 1996-yildan amalga kiritildi.

    Foto: Wikimedia

    Foto: Wikimedia

    Bugungi kunda AQSh dollarining 1, 2, 5, 20, 50 va 100 dollar nominalidagi banknotalari ko‘proq amal qiladi. Ikki dollar nominalidagi banknotalar so‘nggi marta 1970-yillarda zarb qilingan va hozirda ikki dollarlik banknota AQSh ichkarisidan boshqa hududda kamroq uchraydi. Mamlakatda choy-chaqa, qaytim uchun eng ko‘p ishlatiladigan AQSh tangasi “daym” deb etaladi va bu 25 sentlik qiymatga ega.

    Daymning old tarafida Jorj Vashington, orqa tarafida esa AQSh gerbi va “One Dime” — 25 sent degan yozuv mavjud bo‘lgan. Lekin hozirda 25 sentlik tanganing old tarafida Franklin Delano Ruzveltning tasviri va orqa tarafida mash’alani qurshab olgan zaytun va eman daraxtlari quyi qismida “E Pluribus Unum” yozuvi ostida esa “One Dime” yozuvi joy olgan. (6 Surat)

    Dollar haqidagi qiziqarli faktlar:

    • Amerika dollarini zarb qilishda qog‘oz bilan birgalikda 25 foiz zig‘ir va 75 foiz paxta tolasi ham ishlatiladi. Banknotaning taxminiy og‘irligi bir grammni tashkil qiladi;
    • eng ko‘p zarb qilingan banknota 1 $ qiymatidagi banknota hisoblanadi;
    • har bir tanga va qog‘oz pulda “In God We Trust” yozuvi majud va bu qonun bilan 1960-yillarning o‘rtalarida mustahkamlab qo‘yilgan;
    • har kuni 35 million dona turli nominaldagi AQSh dollari muomalaga kiritiladi;
    • bugungi dollarlar 4 ming martagacha buklanib ezilishlarga dosh beroladi va har bir kupyuraning o‘z amal qilish muddati bor. Masalan, 100 AQSh dollari 5 yil muddatga, 20 AQSh dollari esa atigi 25 oyga bardosh bera olishi kafolatlangan. Past nominaldagi banknotalar ko‘proq muomalada bo‘lishi bilan qisqa davr ichida yaroqsiz holga kelishi aytiladi;
    • 1969-yilgacha AQShda hattoki 100 ming dollar nominalidagi banktolar ham zarb qilingan. Bu qiymatdagi banknotalar, asosan, mamlakat ichidagi banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalanilgan;
    • 2015-yilda o‘tkazilgan “20 dollarlik banknotada kimning suratini ko‘rishni istaysiz?” degan ijtimoiy so‘rovlarda amerikaliklar Garriyet Tabmen, Barak Obama, Roza Parks kabi shaxslarning tasviri tushirilishi uchun ovoz bergan.
    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    06.07.2020, 18:42   Izoh (0)   41113
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 4 kishiga, Janubiy Koreyada esa 48 kishiga oshdi

    06.07.2020, 18:06

    Turkmanistonda joriy etilishi mumkin bo‘lgan taqiqlar sabab och kulrang va sarg‘ish rangli avtomobillarni sotish boshlandi

    06.07.2020, 16:10

    “Iltimos, qurilmalarni sotib olishga yordam bering”. Bishkek meri qirg‘izistonlik biznesmenlardan pnevmoniyaga qarshi kurashda yordam so‘radi

    06.07.2020, 15:08

    Afg‘oniston prezidentining homiysi bo‘lgan o‘zbek biznesmeni Turkiyada koronavirusdan vafot etdi

    06.07.2020, 14:10

    Boliviya sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi

    06.07.2020, 13:49

    Putin Sovet ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarning mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqishida SSSR konstitutsiyasini aybladi

    06.07.2020, 13:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.