• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri O‘zbekistondagi ishsizlarga nimalarni va’da qilmoqda?

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri muhokama qilindi. Unda Oliy Majlis Senati qo‘mitalari a’zolari va vazirlik vakillari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, 1998-yilda qabul qilingan amaldagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun bugungi mehnat bozorining ko‘plab talablariga mos kelmaydi. Avvalo, u tadbirkorlikni rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi band qilish, ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va axborot tizimlaridan samarali foydalanishni o‘zida aks ettirmaydi. Shu bilan birga hozirgi mehnat bozori va bandlik sohasidagi mavjud muammolarni tizimli hal qilishga huquqiy imkon yaratmaydi.

    Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyevning so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun loyihasida amaldagi hujjatda ishlamagan me’yorlar chiqarib tashlangan va ularning o‘rniga yangilari joriy etilmoqda.

    Erkin Gadoyev.

    Erkin Gadoyev.
    Foto: “Daryo”

    “Mazkur qonun bugungi zamon talabiga javob beradigan darajada ishlab chiqilganligi bois uning nomi ham, mazmuni ham butunlay o‘zgartirildi. Xalqaro nuqtayi nazardan kelib chiqib, eskirgan terminlarni ham yangisiga almashtirdik.

    Asosiy yangiliklardan yana biri — qonunning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilish prinsipi joriy etilyapti. Chunki amaldagi qonun hajman juda kichkina edi va asosiy masalalar qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinardi. Qonunosti hujjatlar ijro etuvchi organlar — vazirlik va idoralar uchungina qabul qilinadi. Aslida qonun barcha uchun barobar va ochiq-oshkora bo‘lishi lozim. Avvalgi qonunda ishlamagan me’yorlar chiqarib tashlanib, o‘rniga yangilari joriy qilinyapti va to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, yangi qonunda o‘zini o‘zi band qilgan aholini soliq va imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda. Endi o‘zini o‘zi band qilgan aholi onlayn tarzda soliq idoralarini xabardor qilib faoliyatini davom ettiraverishi mumkin. Bu kabi faoliyat turlari hozir 67 ta va u yana kengayishi kutilyapti. Navbatdagi muhim jihati — o‘zini o‘zi band qilgan aholiga ish staji yozib boriladi”, — dedi senator.

    Gadoyevning qo‘shimcha qilishicha, 22 yil avval qabul qilingan qonun 35 moddadan iborat, yangi qonun esa 129 moddani o‘z ichiga oladi. “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga uchta qonun, O‘zbekiston Prezidentining 12 ta farmon va qarori hamda Vazirlar Mahkamasining bandlik, mehnat bozorini tartibga solish, mehnat migratsiyasiga taalluqli 41 ta me’yoriy hujjati kiritilgan.

    Amaldagi qonunda ishsizlik nafaqalari eng kam ish haqidan iborat bo‘lsa, yangi qonunda esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan boshlanmoqda. Bu hozirgi vaqtda 634 880 so‘mdan ko‘proqni tashkil etadi.

    Robaxon Mahmudova.

    Robaxon Mahmudova.
    Foto: “Daryo”

    Senator Robaxon Mahmudova qonun loyihasidagi ayrim yangiliklarga to‘xtalarkan, qonunda bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya ajratishdan tashqari quyidagilarga grantlar berish ham nazarda tutilayotganini ta’kidlab o‘tdi:

    • kasbga o‘qitish markazlari va kasb-hunar ta’limi muassasalariga — ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni, kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun;
    • kasbga o‘qitish markazlari va kasb-hunar ta’limi muassasalarida fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va xodimlarini, dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va a’zolarini, tomorqa yer uchastkalari egalarini agrotexnologiyalar, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasida kasbga qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun.
    Qonun loyihasini tayyorlashda Xalqaro Mehnat tashkilotining bandlik sohasidagi siyosat to‘g‘risidagi 122-sonli konvensiyasi, Ishchi joylari haqidagi xalqaro pakt, Xalqaro mehnat tashkilotining 2013-yilda 102-sessiyasida qabul qilingan yangi demografik konteksti, 1999-yilda MDHga a’zo davlatlar parlamentlararo assambleyasi tomonidan qabul qilingan mehnat to‘g‘risidagi namunaviy qonun kabi xalqaro hujjatlar o‘rganib chiqilgan.

    06.07.2020, 19:40   Izoh (0)   33193
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni 80 yoshi bilan tabrikladi

    06.07.2020, 17:43

    Rossiyadan yana 2087 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

    06.07.2020, 17:31

    Koronavirus Farg‘onaga qaytdi. O‘zbekistonda COVID-19’dan xoli hududlar qolmadi

    06.07.2020, 17:05

    Toshkentning Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklandi

    06.07.2020, 16:55

    Toshkentda 43 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 36 nafarga yetdi

    06.07.2020, 16:41

    Qashqadaryoda 39 yoshli xotinini notanish erkakdan rashk qilgan er uni urib o‘ldirib qo‘ydi

    06.07.2020, 16:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.