• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda 39 yoshli xotinini notanish erkakdan rashk qilgan er uni urib o‘ldirib qo‘ydi

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 39 yoshli xotinini notanish erkakdan rashk qilgan er uni urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Dehqonobod tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Nodir Ismoilov ishtirokida bo‘lib o‘tgan qotillik jinoyati muhokamasida ma’lum qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, voqea 2020-yilning 3-iyul kuni kechki payt sodir bo‘lgan.

    Aniqlanishicha, marhum ayol R.N. 2020-yil 3-iyul kuni soat 18:00 da turmush o‘rtog‘i N.Sh. bilan o‘zaro tortishib qolgan. Turmush o‘rtog‘ining telefonda boshqa erkak bilan suhbatlashib turganini eshitgan N.Sh. xotiniga “Nima sababdan boshqa erkak kishi bilan telefon orqali gaplashyapsan?” deb janjal ko‘targan va turmush o‘rtog‘ini kaltaklagan. Kaltaklash oqibatida ayolining chap ko‘zi va orqa qismiga tan jarohati yetkazgan.

    Eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan R.N. o‘sha kuni og‘ir ahvolda tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Marhumning jasadi sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazilganda o‘lim bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to‘qimalariga qon quyilishi, bosh miya yumshoq, qattiq pardalariga qon quyilishi, bosh miya lat yeyishi, tanasida ko‘plab qon talashlar, shilinmalar orqali yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan.

    6-iyul, dushanba kuni tuman oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida bo‘lib o‘tgan qotillik jinoyati muhokamasida so‘z olgan Dehqonobod tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarov qotillik sodir etilishidan bir kun oldin ham er-xotin o‘rtasida mojaro kelib chiqqanini, ammo bundan MFY raisi va o‘rinbosari, hatto profilaktika inspektori ham bexabar qolganini tanqid qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bir kun oldin er-xotin janjal qilgan. Oilada o‘zaro kelishmovchilik bo‘lgan. Xo‘sh, nega o‘sha ayol mahalla raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga chiqib, voqeani aytmagan? Nega qo‘ni-qo‘shnilar bu haqda xabar bermagan? MFY raisi, uning o‘rinbosari va profiliktika inspektorining targ‘ibot tadbirlari shu darajada samarasizmi?”, — dedi G‘ayrat Haydarov.

    G‘ayrat Haydarovning ma’lumot berishicha, mazkur voqea sabab MFY raisi, uning xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari va profiliktika inspektorining e’tiborsizligi o‘rganilmoqda.

    “Profilaktika inspektorining e’tiborsizligi yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi, tez orada aybdorlarga qilmishiga yarasha chora ko‘riladi”, — deydi Dehqonobod tuman IIB boshlig‘i.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dehqonobod tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Nodir Ismoilov esa bu mudhish hodisa tumandagi mavjud 46 ta MFY raisi va mas’ullariga saboq bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

    Dehqonobod tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Marhumning turmush o‘rtog‘i Sh.N. esa shu kuni gumonlanuvchi tariqasida qamoqqa olingan.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 10-oktabrdan 11-oktabrga o‘tar kechasi soat 01:30 da dehqonobodlik Q.F. ismli shaxs shar’iy nikohidagi ayoli M.A.ni avval bo‘g‘ib, so‘ngra g‘isht bo‘lagi bilan urib o‘ldirgani, so‘ngra jasadini kul uyumiga ko‘mgani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Buxoroda yosh yigit 65 yoshli otaxon bilan janjalda uni armatura bilan urib o‘ldirib qo‘ydi
    • Andijonda aqli zaif ayolning 2 ming dollar pulini qaytarmaslik uchun uni o‘ldirgan fuqaro 17 yilga qamaldi
    • Jizzaxda mast holda 14 yoshli qizni so‘kib, uning otasi va ukasini tosh bilan urgan shaxs ushlandi

    06.07.2020, 16:39   Izoh (0)   60269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hafta oxirigacha havo quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda

    06.07.2020, 15:23

    Samarqandda “qizil” hududlar qolmadi, Farg‘ona “yashil”, Toshkent “sariq”ligicha qoldi. O‘zbekistondagi hududlar toifasi yangilandi

    06.07.2020, 14:38

    Samarqanddagi siam egizaklari vafot etdi

    06.07.2020, 14:23

    O‘zbekistonda sement “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilinishi mumkin

    06.07.2020, 12:41

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    06.07.2020, 11:11

    O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi

    06.07.2020, 10:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gentrani zinadan tushirib haydagan yigitga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:40

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    O‘zbekistonda maishiy chiqindilarning bor-yo‘g‘i 5 foizi qayta ishlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:30

    Belgiya qurollanish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari qurishga 7,3 mlrd yevro sarflaydi

    Dunyo | 14 avgust, 20:30

    Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonliklar AQSH va Turkiyadan topildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:20

    Euronews Chust pichoqlari haqidagi lavhani tasvirga oldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:10

    Toshkentda yo‘l taʼmirchilariga xavfsiz sharoit yaratilmagani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:01

    Nega Kerem Byursin va Hande Erchel endi hech qachon birga suratga tushmaydi va bunga kim aybdor?

    Kino | 14 avgust, 19:55

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.