Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi tibbiyot xodimida koronavirus infeksiyasi tahliliga topshirilgan test musbat natija berdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi rahbari Farrux Musayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 3-iyul kuni Olmaliq shahridagi bir nafar tibbiyot xodimi va bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tahliliga topshirilgan test natijasi musbat chiqqan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu fuqarolardan yana qaytadan test tahlillari olindi.
Ayni vaqtda shahar IIB tomonidan Olmaliq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxonasi profilaktika maqsadida yopilib, tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9500 ga yetgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)