O‘zbekistonda 4-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95 kishiga ko‘payib, 9500 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 27 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida,
- 35 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida),
- 25 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida),
- 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 3220 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash bo‘yicha umumiy hisobda 1 246 691 ta test o‘tkazildi.
Izoh (0)