• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Janubiy Koreya va BAA bilan iqtisodiy hamkorlik haqida videoanjuman tarzida yig‘ilish o‘tkazdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-iyul, payshanba kuni O‘zbekistonning investitsion va tashqi savdo faoliyati prognoz ko‘rsatkichlarining 2020-yil I yarmidagi ijrosini muhokama qilish, shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ustuvor qo‘shma loyihalarning borishi hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan videoanjuman tarzidagi yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shu jumladan, investitsiyalarni jalb etish va eksport bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni hamda xorijiy sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga doir takliflar eshitilgan.

    Yig‘ilishda global miqyosdagi epidemiologik vaziyat va undan kelib chiqayotgan cheklovlar O‘zbekistonning investitsion va tashqi savdo faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, tadbirkorlar uchun moliyalashtirish, qurilish, ishlab chiqarishda zarur xomashyo va uskunalarni yetkazib berish masalalarida ma’lum to‘siqlar yaratayotgani ta’kidlandi. Jumladan, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va eksportchilarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘rilgani, tijorat banklarini yetarli resurslar bilan ta’minlash maqsadida xalqaro moliyaviy institutlarning 1,2 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lari jalb etilgani, hisobot davrida umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik 28 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 3,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishilgani aytib o‘tildi.

    2020-yilning I yarim yilligi hisobotiga ko‘ra, hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy qiymati 9,5 trillion so‘mlik 2049 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 27 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.

    Bugungi kunda qator tarmoqlarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq xatarlar ta’siri ostida investitsiyalarni o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish kechikayotgani ta’kidlandi. Prezident tomonidan 2020-yil yakuniga ko‘ra ko‘zlangan natijalarga so‘zsiz erishish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining ko‘rsatkichlari va ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan.

    “Yil yakuniga kelib O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 9,9 milliard dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar — 6,8 milliard, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari — 3,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotning muhim drayverlaridan biri sifatida eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratildi.

    2020-yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz korxonalari tomonidan 6,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ayni paytda eksport faoliyatiga 950 ta yangi korxona jalb etildi, xorijga yangi 85 ta nomdagi mahsulot yetkazib berish o‘zlashtirildi, shuningdek, qo‘shimcha 4 ta davlat bozoriga chiqildi”, — deyiladi xabarda.

    Yig‘ilishda Respublika komissiyasiga jahondagi iqtisodiy vaziyatning beqarorligi hamda global bozordagi talab va taklifning pasayishini e’tiborga olib, 2020-yilning ikkinchi yarmida eksport salohiyatini oshirish maqsadida pandemiya oqibatidagi tashqi omillar O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

    Chora-tadbirlar majmui ijrosi ta’minlansa, O‘zbekiston eksporti yil yakuniga borib 17,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari muttasil oshib borayotgani, oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan “yo‘l xarita”lari doirasida turli tarmoqlarda yangi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani, investitsion hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

    O‘zbekistonda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda geologiya, kimyo va neft-kimyo, bank-moliya, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarda umumiy qiymati 5,6 milliard dollarlik 48 ta loyiha amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

    Xususan, HIS kompaniyasi bilan mehmonxona majmualarini qurish, Isuzu va Itochu kompaniyalari bilan SamAvto qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida energetik bloklar barpo etish bo‘yicha va ko‘plab boshqa loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

    Shavkat Mirziyoyev aniq iqtisodiy dastur va loyihalarni ilgari surish orqali O‘zbekiston—Yaponiya amaliy hamkorligini kengaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlik ham keyingi yillarda ijobiy sur’at bilan rivojlanayotgani, 2020-yilning boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 1 milliard dollarga yetgani, O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokida 60 ta yangi korxona tashkil etilib, ularning umumiy soni esa 855 tani tashkil qilayotgani aytildi.

    2020-yilda Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi hamda Farg‘ona shahrida O‘zbekiston—Koreya xalqaro universitetini tashkil etish bo‘yicha loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani, ular doirasida mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgani ta’kidlandi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 17-aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini qurish ishlari jadal davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida Farmatsevtika texnika universiteti hamda dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

    Qishloq xo‘jaligi, AKT, sog‘liqni saqlash, kimyo, yengil, elektrotexnika, farmatsevtika va zargarlik sanoati, ta’lim va innovatsiyalar kabi sohalar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

    Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Iqtisodiy taraqqiyot fondi orqali moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlari doirasida umumiy qiymati 750 million dollardan ortiq bo‘lgan 17 ta loyiha, jumladan, Kimyoviy texnologiyalar markazi, yoshi kattalar uchun klinika tashkil etish, yurtimiz tibbiyot va ta’lim muassasalarini jihozlash loyihalari amalga oshirilmoqda.

    Yaponiya va Janubiy Koreya bilan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi natijasida jami 1 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

    Umuman, erishilgan kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmlarini 4,1 milliard dollarga, eksport hajmini esa 1,14 milliard dollarga oshirish imkonini beradi”, — deyilgan Prezident matbuot xizmati axborotida.

    Shuningdek, matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolangan. Energetika, infratuzilma, kimyo va neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

    Bugungi kunda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq aniq loyihalar ishlab chiqilib, BAA sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 141 tani tashkil etmoqda.

    Prezident Amirliklar kompaniyalari bilan kelishuvlar o‘z natijasini berayotganini ta’kidladi.

    Xususan, Masdar kompaniyasi Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatiga ega shamol elektr stansiyasi qurilishiga investitsiya kiritayotgani, sarmoyalarning umumiy hajmi esa 500 million dollardan oshishi, Abu-Dabi taraqqiyot fondi ishtirokida e’lon qilingan kapitali 1 milliard dollar bo‘lgan qo‘shma investitsiya kompaniyasi ta’sis etilgani, kompaniya ilk loyihalarni moliyalashtirishni boshlagani, shuningdek, Abu-Dabi taraqqiyot fondi Samarqand shahrining infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ishtirok etayotgani, BAAning Mubadala davlat investitsion kompaniyasi bilan energetika sohasida hamda uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish va ularni chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqayotgani qayd etildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Koreya Respublikasi va BAA bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning 2020-yil uchun belgilangan chora-tadbirlarini to‘liq va sifatli bajarish zarurligini ta’kidladi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, aniq vazifa va chora-tadbirlar belgilab berildi.

    Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi prezident Mun Chje In 2019-yil aprel oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi.

    2019-yil mart oyida Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga borgan, Abu-Dabi shahrida mazkur amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zayd Ol Nahayon, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.

    Shavkat Mirziyoyev 2019-yil dekabr oyida rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga borgan. Prezident u yerda Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan Nagoya universitetida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashgan, mazkur universitetning faxriy doktori bo‘lgan,  JETRO, JICA, JABIC, NEDO, JOGMEC, Mitsubishi, Itochu, Sumitomo, Marubeni, Isuzu kabi korporatsiya va kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif etgan, Yaponiya parlamenti vakillar palatasi raisi, Yaponiya Maslahatchilar palatasi prezidenti va mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe bilan suhbatlar qurgan. Shuningdek, Yaponiya imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

    2020-yil 13-aprelda esa Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga safar qilishi rejalashtirilgani xabar qilingan. Avval prezident 2020-yilning fevral oyida Yaponiya va Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgandi.

    03.07.2020, 01:32   Izoh (0)   18839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2-iyul kuni 297 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 113 tasi aholi orasida qayd etildi

    02.07.2020, 23:59

    O‘zbekistonda yana 82 nafar odamda koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 9000 nafardan oshdi

    02.07.2020, 23:55

    “Qo‘qon superfosfat zavodi”ni modernizatsiya qilishga 25 mln dollar sarmoya kiritiladi

    02.07.2020, 23:46

    O‘zbekistonda aholi tomorqalariga oid yangi qaror imzolandi

    02.07.2020, 23:34

    Toshkentda 130 nafar, Navoiyda 12 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 6000 nafardan oshdi

    02.07.2020, 23:22

    O‘zbekistonda qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqi bekor qilinishi mumkin

    02.07.2020, 22:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi

    O‘zbekiston | 12 may, 13:12

    Marvel’ning yovuz qahramonlari grim va kompyuter grafikasisiz qanday ko‘rinishga ega?

    Kino | 12 may, 13:01

    AQSH va Xitoy bojlarni 90 kunga pasaytiradi

    Dunyo | 12 may, 12:58

    Munosib qarshilik, asabiy kechgan o‘yin va bahs taqdirini hal qilgan penalti: “Navbahor” va “Xorazm” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 12 may, 12:32

    O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘laydi

    O‘zbekiston | 12 may, 12:29

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30

    BAAda ajrashish uchun rekord miqdorda tovon puli belgilandi

    Dunyo | 12 may, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.